• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Islomobodda Pokistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Islomobod shahrida Pokistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda Nishat Grupp, Getz Farma, Piramid Lojistiks, Ejaz Grup, AKD Grup, Vax Nobel Grupp, Najib Fayber, Sapfir Grup kabi ko‘plab kompaniyalar rahbarlari ishtirok etgan.

    Ushbu shirkatlarning umumiy aktivlari 40 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

    “Davlatimiz rahbari xorijiy tashriflari chog‘ida bunday uchrashuvlar o‘tkazishga alohida vaqt ajratadi. Bu O‘zbekistonning hamkorlikka intilishi yuqori ekanini namoyon etib, ishbilarmonlarning ishonchini oshirmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bozor mexanizmlari joriy qilinayotgani, biznes rivojini cheklaydigan to‘siqlar bartaraf etilgani ta’kidlangan. Taraqqiyot strategiyasi asosida xorijiy biznes ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 5 barobar oshgan. Pandemiya cheklovlariga qaramay yil boshidan beri ushbu ko‘rsatkich yana 70 foiz o‘sgan.

    Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida Pokiston bosh vaziri bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalariga to‘xtalgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Tarixiy tashrifimiz davomida ilk bor Imtiyozli savdo bitimini imzoladik. Transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni alohida nazoratga olishga kelishib oldik. Asosiy maqsadimiz – mahsulotlarni davlatlarimiz o‘rtasida to‘siqsiz va eng qisqa muddatlarda yetkazib berish tizimini yaratishdan iborat”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Bunday e’tibor va sharoitlar o‘zaro aloqalarni faollashtirib, yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollarga, kelgusida esa 1 milliard dollarga yetkazish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirilgan.

    O‘zbekiston prezidentining tashrifi arafasida Islomobodda o‘tgan biznes forumda to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari, bank-moliya, kimyo sanoati va boshqa yo‘nalishlarda umumiy qiymati 800 million dollarlik savdo va investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Bu loyihalarning barchasi sanoat kooperatsiyasi dasturiga kiritilib, qat’iy nazoratga olinishi qayd etilgan.

    O‘zbekiston prezidenti Pokiston kompaniyalarini birgalikdagi loyihalarni ko‘paytirishga chaqirgan.

    “Bugun sizlarning aniq takliflaringizni eshitmoqchiman. Bu yerda hukumat a’zolari, sanoat tarmoqlari mas’ullari yig‘ilgan. O‘zbekistonda biznesingiz uchun qanday sharoit, nima kafolat kerak bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyormiz”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, turli sohalarda mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashilgan. Istiqbolli loyihalar muhokama qilingan.

    Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlarning rejalarini ma’qullab, barcha tashabbus va shartnomalarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergan.

    3-mart kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokistonga bordi. Pokiston bosh vaziri qarorgohida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan tor doirada muzokara o‘tkazdi va strategik sheriklikka oid qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon OAV vakillari uchun brifing o‘tkazdi

    04.03.2022, 15:10   Izoh (0)   19178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning S7 Airlines kompaniyasi O‘zbekistonga barcha reyslarni may oyigacha bekor qildi

    04.03.2022, 14:51

    O‘zbekistonliklar bir kunda 60 milliondan ortiq Rossiya rubli sotib olishdi

    04.03.2022, 14:24

    O‘zbekistonda tovarlarni hudud bo‘yicha identifikatsiyalash tartibi belgilandi

    04.03.2022, 13:42

    Navoiyda kuyovini pichoqlab o‘ldirgan qaynota 10 yilga qamaldi

    04.03.2022, 13:30

    UzAuto Motors sotuvlarni qayta boshlaganidan so‘ng bir necha soat ichida 13 mingdan ortiq avtomobilga shartnoma tuzdi

    04.03.2022, 13:04

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, shimolda qorga aylanishi mumkin

    04.03.2022, 12:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.