Yashil rangli quymoqlar har qanday insonni hayratda qoldirishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- ismaloq – 70 gramm;
- sut – 500 gramm;
- tuxum – 2 dona;
- un – 140 gramm;
- o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
- tuz – bir chimdim.
- Ismaloq mayda to‘g‘raladi. Ustidan sutning yarmi quyiladi va blenderda yaxshilab aralashtiriladi.
- Tuxum, tuz va un qo‘shiladi, silliq bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Sutning qolgan qismi va yog‘ qo‘shiladi, yana aralashtiriladi.
- Tovaga quymoqlar bir xil miqdorda quyiladi va ikki tomoni qizargunga qadar pishiriladi.
Izoh (0)