• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilariga qator taqiqlar belgilangan qonun loyihasi qabul qilindi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda ma’qullanib, Senatga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning yozishicha, qonun loyihasi bilan O‘zbekiston davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat idoralarida mehnat qilayotgan 120 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati, ularning maqomi hamda huquq va majburiyatlari, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga kirish hamda ushbu tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid munosabatlarni tartibga solish ko‘zda tutilmoqda.

    Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda vakolatli organ (Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yoki xalq tilida “Argos”) tomonidan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi hamda reyestrga kiritilgan lavozimlarga davlat xizmatchilari ochiq tanlov asosida tayinlanadi.

    Reyestrga kiritilgan davlat fuqarolik lavozimlari guruh va toifalarga ajratilib, davlat xizmatchisiga uning lavozim guruhi va toifasidan kelib chiqib, malaka darajalari (chin) beriladi.

    Vakolatli davlat organi tomonidan davlat xizmatchisi faoliyatini baholashning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi hamda davlat xizmatchisining munosib rag‘batlantirilishi va xizmat pog‘onasida ko‘tarilishi ana shu baholash tizimi natijalari asosida ta’minlanadi.

    Shuningdek, qonun bilan davlat xizmatchisiga o‘zining daromadi va mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya topshirish (deklaratsiya topshirish tartibi va muddati alohida qonun bilan belgilanadi), o‘z xizmat faoliyatiga tashqi ta’sirlar oldini olish hamda o‘z vakolatidan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatiga noqonuniy ta’sir o‘tkazmaslik majburiyatlarii yuklanmoqda.

    Bundan tashqari, qabul qilingan qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagilar taqiqlanmoqda:

    • o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo‘lgan shaxslar bevosita bo‘ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash;
    • pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish;
    • tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yoki tadbirkorlik faoliyati tashkil etib, uning muassisi bo‘lish;
    • o‘z mavqeyidan foydalanib yoki o‘z xizmat vazifasini bajarish evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday turdagi mukofot yoki sovg‘a olish;
    • chet el fuqaroligiga ega bo‘lish;
    • respublika hududidan tashqarida bank hisobvaraqlari ochish, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka egalik qilish.
    G‘aniyevning ta’kidlashicha, qonun loyihasi ahamiyatidan kelib chiqib, uni takomillashtirish va ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida ko‘plab deputatlar faol ishtirok etib, o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surgan.

    “Umid qilamanki, mazkur qonunning qabul qilinib, ijroga qaratilishi mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmatlari sifatini tubdan isloh qilishga, tizimda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini kamaytirishga, shuningdek, aholi orasida davlat xizmatchisi lavozimining jozibasini oshirib, iste’dodli va munosib fuqarolarga davlat xizmatchisi lavozimlariga kirish uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi”, — deydi deputat.

    Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2020-yil 22-maydan 6-iyungacha umumxalq muhokamasiga qo‘yilgandi. Loyiha bo‘yicha mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ushbu loyihasi aynan davlat fuqarolik xizmatchilari orasida korrupsiyani tag-tugi bilan yo‘q qilishga qaratilganini ta’kidlagandi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021—2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturida 2021-yil 1-sentabrgacha “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi loyihasini xorijiy ekspertlarning tavsiyalari va keng jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish va hukumatga kiritish vazifasi qo‘yilgandi. 2021-yilning dekabrida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Qonunchilik palatasiga “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kiritilganini ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi

    02.03.2022, 15:12   Izoh (0)   24962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonning ‘Mehr’ maxsus operatsiyalari tajribasi ko‘plab mamlakatlar uchun foydali bo‘ladi deb hisoblaymiz” — Abdulaziz Komilov

    02.03.2022, 14:27

    O‘zbekistondagi mahallalarda joriy qilinadigan xotin-qizlar faoli lavozimi uchun ish haqi belgilandi

    02.03.2022, 13:59

    “Reklama to‘lovdan qat’i nazar joylashtiriladi”. “Kundalik” platformasida ayollar gigiyenik vositasi reklama qilinganiga izoh berildi

    02.03.2022, 13:46

    Shavkat Mirziyoyev jahondagi vaziyat tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi

    02.03.2022, 13:31

    O‘zbekistondagi har bir oliy ta’lim muassasasida kuzatuv kengashi tashkil etilishi mumkin

    02.03.2022, 13:20

    O‘zbekistonda mahalla raislariga qo‘shimcha huquqlar berildi

    02.03.2022, 12:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.