25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston–Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqdilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Bundan avval O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qilishi hamda Ukrainada ayni vaqtda qancha O‘zbekiston fuqarosi borligi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)