Telegram ilovasida butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilyapti. Bu haqda Downdetector ko‘rsatkichlaridan ma’lum bo‘ldi.
Turli mamlakatlardagi bir qancha uyali aloqa operatorlarining ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Telegram’da foydalanuvchilar soni kechagi ko‘rsatkichlarga nisbatan ikki baravar ko‘paygan.
Shunday qilib, gap infratuzilma va serverlardagi muammolar haqida emas, balki messenjer foydalanuvchilarining yuqori faolligi haqida ketmoqda.
Bu jarayon yana bir necha soat davom etishi kutilmoqda.
Avvalroq Telegram’da videostikerlar va boshqa yangi funksiyalar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.“Bugungi voqealar tufayli Yevropadagi Telegram klasteri misli ko‘rilmagan yuklamaga duch keldi. Natijada, ayrim foydalanuvchilar Telegram’ning bir qator xizmatlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli uzilishlarga duch kelishlari mumkin. Biz bugungi kunda odamlarga o‘z yaqinlari bilan ishonchli muloqotga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj borligini tushunamiz. Xabarlarni jo‘natish va qabul qilish tezligini yuqori darajada ushlab turish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, — deydi messenjer asoschisi Pavel Durov.
Izoh (0)