• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donbass va Lugansk aholisi Rossiyaga evakuatsiya qilinmoqda. Ukraina harbiy operatsiyalar boshlashi haqidagi ayblovlarni inkor etdi. Asosiy ma’lumotlar

    Donbass Xalq Respublikasi odamlarning Rossiyaga evakuatsiya qilinishi haqida xabar berdi. DXR rahbari Denis Pushilin birinchi navbatda ayollar, bolalar va keksa kishilar olib ketilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlar Rostov viloyatiga joylashtiriladi, u yerda odamlarga barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Pushilinning murojaatidan keyin Donetskda sirenalar yoqildi, fuqarolar esa bankomatlar oldida turnaqator navbatlar hosil qildi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Keyinroq Lugansk Xalq Respublikasi ham aholi evakuatsiyasi boshlanishini e’lon qildi. Lugansk rahbari Leonid Pasechnik o‘zini xavfsizlikda sezmayotgan, hayot kechirishi uchun zarur ijtimoiy himoyaga muhtoj aholidan qisqa vaqt ichida Rossiyaga ketishni so‘ragan.

    Rostov viloyati gubernatori Rossiya prezidentiga murojaat qildi. Hudud rahbari Vasiliy Golibev Vladimir Putindan qochoqlarning katta oqimini boshqarish uchun favqulodda tezkor yordam ko‘rsatishni iltimos qildi, deya xabar qilgan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. O‘z navbatida Putin Rostov viloyatiga favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi Aleksandr Chupriyanni yuborib, unga Donbassdan kelayotgan odamlar uchun zarur shart-sharoitlarni hozirlashni buyurgan. Shuningdek, Rossiya prezidenti hukumatga Donbass va Luganskdan kelgan har bir odam uchun 10 ming rubldan to‘lash haqida topshiriq bergan.

    DXR va LXR evakuatsiyaga hududdagi keskinlikning kuchayishi sabab bo‘lganini qayd etgan. “So‘nggi oylarda DXRda Ukraina harbiylari ko‘paygan va qurol-yarog‘lar ham joylashtirilmoqda, Vladimir Zelenskiy ham tez orada harbiylarga hujumga o‘tish yuzasidan topshiriq berishi mumkin”, – degan Pushilin. Pasechnik esa zo‘ravon Ukraina hujum ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda provokatsiya va fitnalar bilan LXR hududiga bostirib kirmoqchiligini ta’kidlagan. U Luganskda qo‘liga qurol olishni uddalaydigan barcha erkaklardan o‘z yerini himoya qilishni so‘ragan.

    Pushilin evakuatsiya haqida gapirgandan bir necha soat vaqt o‘tgach, yangi hujumga hozirlik ko‘rilayotgani, urush boshlanishi mumkinligi 100 minglab odamlar Rossiyaga qochoq sifatida borishi haqida gapirgan. DXR favqulodda vaziyatlar vazirligi 700 ming nafar odamning evakuatsiya qilinayotganini ma’lum qilgan. Dastlabki avtobuslar mahalliy vaqt bilan 20:00 da Rostov tomon yo‘l olgan.

    Ukraina Donbassga hujum qilishga shaylanayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. “Rossiya propagandasining Ukraina harbiy hujum operatsiyalariga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarini inkor qilamiz. Ukraina Donbassda bu kabi harakatlar qilmaydi va ularni rejalashtirmagan. Biz vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etishga e’tiborimizni qaratganmiz”, — deb yozgan Twitter’da Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Donbassning ukrainalik harbiylar hujumi haqidagi bayonotlari haqiqatdan yiroqligini qayd etgan. Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyat yuzasidan izoh bermagan.

    Donbass aholisi 18-fevralda Rossiyaga evakuatsiya qilina boshlagan. “Interfaks” agentligi birinchi navbatda Donetskdagi 1-maktab-internatning 225 nafar yetim bolalari Rostovga olib kelingan. Gorlovka (Donbassda) aholisi uchun avtobuslar mahalliy vaqt bilan 19:30 da yetib borgan. Shahar ma’muriyati evakuatsiya qilinadigan odamlar to‘planadigan manzillar va o‘zi bilan olish zarur bo‘lgan birlamchi buyumlar haqidagi ro‘yxatni e’lon qilgan. Shuningdek, mahalliy boshqaruv organi 20:00 DXRdagi Yasunovataya shahrida aholini evakuatsiya qilish boshlanishi haqida ma’lumot bergan.

    LXR hukumati birinchi navbatda to‘qnashuv yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlardagi aholini xavfsiz yerga ko‘chirmoqchi. Respublika ta’lim vazirligi barcha o‘quv muassasalaridagi darslarni vaqtincha to‘xtatgan, shuningdek bolalar uylari va maktab-internatlardagi o‘quvchilarning evakuatsiyasi boshlanishini bildirgan.

    Donetskdagi hukumat binosi oldida portlash yuz bergan. DXR xalq militsiyasi boshlig‘i Denis Sinenkov “Interfaks”ga uning avtomobili avtoturargohda portlab ketganini ma’lum qilgan. Portlashda hech kimga talafot yetmagan.

    Rubl kursi va Rossiya qimmatli qog‘ozlar bozori quladi. Mahalliy vaqt bilan 19:00da dollar 67,25 dan 76,96 ga oshgan, yevro ham 69,75 dan 87,27 ga ko‘tarilgan. Asosiy savdolar yakuniga ko‘ra Moskva birjasi indeksi 3393,31 punkt (-3,4 foiz), RTS indeksi esa — 1391,31 punktni (-4,1 foiz) tashkil etgan.

    Mavzuga doir: Urush yoqasidagi Ukraina va Rossiya — uch asrlik ziddiyat tarixi

    19.02.2022, 09:53   Izoh (0)   23893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT insoniyat uchun asosiy tahdidlarni ma’lum qildi

    19.02.2022, 08:10

    Putin Rostov viloyatiga Donbass va Luganskdan kelgan har bir odamga 10 ming rubldan tarqatish haqida topshiriq berdi

    19.02.2022, 00:40

    Rossiyada ballistik raketalarni uchirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkaziladi. Unga Putinning o‘zi rahbarlik qiladi

    18.02.2022, 22:44

    Mask Kanada bosh vazirini Gitlerga qiyosladi

    18.02.2022, 19:35

    Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida yo‘lovchi parom yonib ketdi. 290 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari evakuatsiya qilingan (video)

    18.02.2022, 18:38

    Afg‘onistonda quduqqa tushib ketgan 9 yashar bola halok bo‘ldi

    18.02.2022, 17:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.