• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Professional sportdan blogerlikkacha. TikTok va Instagram’ni portlatayotgan “akrobat kelin” — Asal bilan intervyu (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek milliy liboslarini kiyib, murakkab tryuklarni bajarayotgan qizni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak? U atlas ko‘ylak va boshda ro‘mol bilan mashhur xorij filmlaridagi murakkab tryuklarni ham bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Asl ismi Asal Saparboyeva bo‘lgan sportchi-bloger bilan yaqindan tanishish maqsadida, intervyu tashkillashtirdik. U suhbat davomida professional sportdan ketib blogerlikni tanlagani, sohadagi muammolar va shaxsiy hayoti haqida gapirdi.

    Asal Saparboyeva bilan bo‘lgan to‘liq intervyuni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    Nega aynan Littos?

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Littos — ingliz tilidagi “Love in the times of sport” so‘zining qisqartmasidan olingan. Sportni sevganim uchun ham aynan shu nomni tanlaganman. Hayotim sport bilan bog‘liq. Turmush o‘rtog‘im ham xuddi mendek sportni sevadi. Shu bois Littos taxallusi bilan faoliyat yuritishni ma’qul ko‘rganman.

    Sportga necha yoshimdan qiziqqanimni aniq bilmayman. Chunki men gimnastika bilan shug‘ullanmasimdan avval, ko‘prikcha bo‘lib turish, shpagat ochish kabi harakatlarni bajarolardim. Ba’zan televizorda ko‘rsatilgan gimnastikachilarning xatti-harakatlarini bajarishga harakat qilardim. Shu bois,  meni 5 yoshimda sport gimnastikasiga olib borishdi. Mana shundan keyin hayotim sport bilan bilan bog‘landi. Ammo gimnastika men o‘ylagandek batutdan sakrab yurishdek maroqli emas ekan. Uning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor.

    “Ko‘p millatli oilada tug‘ilganman”

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    — Oilam u qadar katta emas. Onam, xolam va jiyanlarim bor. Ularning bari Toshkentda yashaydi. Onam uzoq yillardan beri veterinar-shifokor bo‘lib ishlaydi. Yaqinlarim meni hamisha  qo‘llab-quvvatlaydi. Biror marta qiziqishlarimga qarshi chiqib, sportni cheklashmagan. Aksincha, ikkilanib, bir qarorga kelolmay qolgan paytimda “Sen buni uddalaysan, qo‘lingdan keladi”, deb kuch bag‘ishlashadi. Ammo ba’zan onam internetdagi murakkab tryuklarimni ko‘rib, xavotirga tushadi. Shunda havotir olmang, hammasi reja asosida, o‘ylamasdan ish qilayotganim yo‘q, deb ovutaman.

    Ko‘pchilik qaysi millat vakilasi ekanligimga qiziqadi. Ko‘p millatli oilada dunyoga kelganman. Menda tatar, qozoq, o‘zbek va arab qonlari bor. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston fuqarosiman.

    “Har bir kunim sport zalida o‘tdi”

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    — Men 5 yoshimdan 17 yoshimga qadar uzluksiz sport bilan shug‘ullanganman. Shu yillar oralig‘idagi har bir kunim sport zalida o‘tgan. Ba’zan faqat ta’til kunlari dam olishga ruxsat berishgan xolos. Undan keyin institutga kirish arafasida sportdan birozgina uzilishimga to‘g‘ri keldi. Ko‘p emas, bor-yo‘g‘i bir oy zalga bormadim. Ammo juda zerikdim. Sportni qanchalik yaxshi ko‘rishimni angladim. Shundan keyin havaskor sportchi sifatida faoliyatimni davom ettirishga qaror qildim.

    Xitoy sirkidagi faoliyati...

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    — Shu kungacha dunyoning 18 ta davlatida bo‘lganman. 2008-yilgacha o‘z hisobimizdan chet davlatlariga chiqqanmiz. U paytlarda homiylar deyarli yo‘q edi. Undan keyin ustozimiz Oksana Chusavitina sport maktablariga borib, iqtidorli yoshlarni terma jamoaga qabul qiladigan bo‘ldi. Men ham yangi jamoaga  qabul qilindim. Shunday keyin ko‘plab mamlakatlarga borib, sport musobaqalarida ishtirok etdik. Hayotim professional sport gimnastika bilan uzviy bog‘landi. Professional sportchining hayoti faqat mashg‘ulot maydonida o‘tadi. Men bundan biroz zerikdim, hayotdan zavq olishni, erkin yashashni istadim. Jarohatlar sabab tizzam, to‘pig‘im va yelkam tez-tez og‘rib turadigan bo‘lib qoldi. Bulardan charchaganim uchun 2015-yil professional sportdan ketishga qaror qildim.

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Prodyusserim bilan oila qurgach, o‘z jamoamiz bilan dunyo bo‘ylab shou-dasturini o‘tkazishga qaror qildik. 2015-yilning o‘zida Xitoydagi sirk rahbariyati bilan shartnoma tuzdik. Jamoamiz bilan olovli xalqalarda sakrab ko‘rsatadigan tomoshamiz ko‘pchilik ma’qul kelardi. Afsuski, pandemiya sabab ommaviy tomoshalar cheklandi. Shundan keyin O‘zbekistonga qaytib, bor e’tiborimizni ijtimoiy tarmoqlarga qaratdik.

    “Omadli insonman”

    Foto: “Afisha.uz”

    Foto: “Afisha.uz”

    — Sportning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Eng tajribali sportchi ham kutilmaganda jarohat olishi mumkin. Ko‘z tegmasin, men bu borada juda omadliman. Shu kungacha biror marta jiddiy jarohat olmaganman. Ammo menda ham lat yeyish, pay cho‘zilishi bilan bog‘liq holatlar bo‘lib turadi. Shu bois, harakatlarni reja asosida amalga oshiraman.

    “O‘zbekistondagi sport zallari qoniqarsiz”

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    — Yetti yildan buyon havaskor sport bilan shug‘ullanaman. Shu bois menga professional sport haqida gapirish biroz noqulay. Yaxshi o‘zgarishlar ham bor, ammo muammolar ham yo‘q emas.

    Ochig‘ini aytish kerak, O‘zbekistonda aynan gimnastikachilar uchun sport zallari juda kam. Borlari ham qishda juda sovuq. Sportga ajratilayotgan mablag‘lar yetarli emasligi sabab sharoitlar u qadar qoniqarli emas. Men juda ko‘p davlatlarga sayohat qilganman va u yerdagi sportchilarga yaratilgan sharoitlarni ko‘rganman. Ba’zan ikki muhitni bir-biri bilan solishtiraman. Chempionlar sonining ortishi mashg‘ulot zalidagi sharoitga ham bog‘liq.

    Sovuq havoda bu yerda bolalar ham, professional sportchilar ham mashg‘ulot o‘tishga qiynalishadi. Tananing sovuq qotishi ham qaysidir ma’noda jarohat olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sportchi maxsus kiyimda bo‘lishi kerak, ortiqcha kiyim uning erkin harakatlanishiga halal beradi.

    “Akrobat kelin — tasodifiy obraz emas”

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    — Ijtimoiy tarmoqlardagi akrobat kelin obrazi shunchaki tasodifiy obraz emas. Undan avval bir musiqiy guruh o‘zlarining kliplarini reklama qilish uchun murojaat qildi. Va reklama million marta ko‘rilsa yaxshi bo‘lardi, deyishdi. Bu iltimosdan keyin qanday obraz tanlash haqida juda ko‘p o‘yladik. Qo‘shiq o‘zbekcha, demak ijro ham shunga mos bo‘lishi kerak, degan qarorga keldik. Oddiy o‘zbekona ko‘rinishdagi kelinning biroz hiyla va yumorga boy xatti-harakati odamlar e’tiborini tortishiga umid qildik. Birinchi video million marta ko‘rilib. Odamlarda iliq taassurot uyg‘otganidan so‘ng bu ajoyib yo‘nalish ekanligini angladik. Shundan keyin uni davom ettirishga qaror qildik.

    Kelin obrazini tanlashimning yana bir sababi bor. Xorij davlatlariga ko‘p boraman va kuzatuvchilarimning ham ko‘pchiligini chet elliklar tashkil etadi. Ba’zan qayerdansiz, deb so‘rashadi. O‘zbekistondan desam Qozog‘iston, Tojikiston degan holatlar ko‘p bo‘lgan. Shu bois, kelin obrazi ularga oz bo‘lsa-da, O‘zbekiston haqida ma’lumot beradi, deb hisoblayman. Hozir bu obraz internetda ancha ommalashgan. Hatto uni Xitoyda ham tomosha qilishadi. Bunga oz bo‘lsa-da, hissam qo‘shilayotganidan xursandman.

    Asosiy daromadim blogerlikdan, reklamalar orqali pul topaman. Qancha ko‘p ishlasam, reklama beruvchilarning ham safi ortadi. Hozircha oyiga o‘rtacha hisobda 1 000 AQSh dollari topyapman.

    “Turmush o‘rtog‘im meni qo‘llab-quvvatlaydi”

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    — Turmush o‘rtog‘im Yaroslav Nikolenko Littos jamoasining asoschisi va rahbari hisoblanadi. Karantin sabab xorijga ketolmaganimizdan keyin shu yerda qolib, faoliyatimizni rivojlantirishimiz kerakligini angladik. U bilan yangi g‘oyalar ustida ishlaymiz, keraksizlaridan voz kechamiz. Turmush o‘rtog‘im sportni tushunadi va meni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi.

    “Dubaydagi taklifni rad etdim”

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    Foto: Instagram / @yaroslav_nikolenko

    — Nega murabbiylik qilmaysiz, deb ko‘p so‘rashadi. Murabbiylik qilish yaxshi, ammo hozircha buni istamayman. Birinchidan, hozir kuchim bor, o‘z ustimda ishlashim kerak. Ikkinchidan, murabbiylarning oyligi juda kam. Bundan tashqari, murabbiylikning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Yaqinda Dubaydan murabbiylik qilish bo‘yicha taklif tushdi. Ammo rad etdim. Hozir blogerlik faoliyatimni va o‘z brendimni rivojlantirish ustida ishlamoqchiman.

    Eslatib o‘tamiz, Asal Saparboyeva 1994-yilda tavallud topgan. U badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi (Xitoy), Markaziy va Janubiy Osiyo chempioni (Hindiston), Jahon kubogi g‘olibi (Portugaliya), ko‘p karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. U O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini murabbiylik ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Asal Saparboyeva blogerlikdan avval akrobat-animator, trampolin bo‘yicha murabbiy va birinchi toifali sirk artisti bo‘lib ishlagan.

    Ayni vaqtda Asalning TikTok’da 2 millionta, Instagram’da 500 mingdan ortiq kuzatuvchisi bor.

    Nargizaxon Murodova va Sevara Mirzarahimova tayyorladi

      Mavzuga doir: “Kaskadyorlik bilib turib xavf bilan o‘ynashishdek gap”. O‘zbek kaskadyori Baxtiyor Poyonov bilan sohadagi kamchiliklar haqida intervyu (video)

    12.02.2022, 11:11   Izoh (0)   130229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liga 1. “PSJ” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

    12.02.2022, 07:20

    Dunyoni larzaga keltirgan jang. Mayk Taysonning ilk mag‘lubiyati haqida

    11.02.2022, 23:52

    Superliga 2022-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi

    11.02.2022, 23:08

    “Real” yozda Erling Holandni sotib ololmaydi. Klub bu haqda futbolchini ogohlantirdi

    11.02.2022, 19:02

    “Surxon” Samarqandda, “Neftchi” va “Qo‘qon-1912” esa Yaypanda. Superliganing beshta klubi uy o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazadi

    11.02.2022, 18:03

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi

    11.02.2022, 17:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.