Rossiyalik sarmoyadorlar Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning utilizatsiya yig‘imini ko‘rib chiqish haqidagi farmoyishidan xavotirda. Bu haqda “RBK” nashri xabar bermoqda.
Bundan Qozog‘istondagi bir nechta avtomobil ishlab chiqaruvchi xavotirda, chunki utilizatsiya yig‘imining ko‘rib chiqilishi mahalliy avtomobil ishlab chiqarishni importdan himoya qilishni bekor qiladi.
Misol uchun, “KamAZ” mamlakatda tarkibiy qismlarni mahalliylashtirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda muammolarga uchrashi va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qator qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Hozirda Qozog‘istonda Rossiyaning Lada, “UAZ”, “GAZ”, “Ural” ва “KamAZ” yig‘ish zavodlari bor. Nashrning yozishicha, Qozog‘istonda avtomobillar yig‘ishga sarmoya kiritgan rossiyalik tadbirkorlar mamlakatda o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin.
Yanvar oyi boshida Qozog‘istonda yoqilg‘i narxi oshishi sababli norozilik namoyishlari boshlangan va bu keyinchalik tartibsizliklarga aylangan edi
Izoh (0)