Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekistonda yangi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni bo‘yicha Turkiya birinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillarda bu bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilayotgan edi.
2021-yilda turk kapitali ishtirokida 407 yangi korxona tashkil qilindi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (356 korxona), uchinchi o‘rinda Xitoy (266) qayd etilgan.
Umumiy son bo‘yicha hamon Rossiya yetakchilik qilmoqda — 2 309 korxona. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (1 927), uchinchida — Turkiya (1 882).
Nima uchun aynan Turkiya?
Turkiya iqtisodiyoti so‘nggi yillarda iqtisodiy inqiroz tufayli qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Turk tadbirkorlari xalqaro bozorlarga chiqish orqali buni qoplashga harakat qilmoqda.
Yaqinda Turkiyada inflyatsiya 20 yil ichida eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Yanvar oyi oxirida ushbu davlat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisini davlat banklaridan kredit olishga chaqirgan edi.
Avvalroq Turkiyada odamlardan lirani saqlab qolish uchun dollardan voz kechish so‘ralgan edi.
Izoh (0)