“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning Janubiy Sudanga qarshi o‘yinda urgan birinchi goli O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi 500-gol bo‘ldi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev xabar qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomida Janubiy Sudanga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Eldor Shomurodov dubl qayd etgan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov penaltidan unumli foydalanib, jamoa g‘alabasini ta’minladi.
Shomurodovning birinchi urgan goli terma jamoa uchun yubiley 500-golga aylandi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining gollari soni 502 taga yetdi.
Srechko Katanes shogirdlari Dubaydagi yig‘in doirasida 23-yanvar kuni BAAning “Al-Vahda” klubini mag‘lub etdi. Shuningdek, yig‘in doirasida 1-fevral kuni Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)