“Real” hujumchisi Karim Benzemaning uyiga o‘g‘ri tushgan. Futbolchi bu vaqtda Ispaniya chempionati doirasidagi “Elche”ga qarshi o‘yinda (2:2) bo‘lgan.
20minutos nashriga ko‘ra, o‘g‘rilar Benzemaning San-Sebastyan-de-los-Reyesdagi uyiga bog‘ orqali kirib kelgan. Ular kelgan vaqtda uyda hech kim bo‘lmagan. Hozircha talonchilarning keltirgan zarari haqida ma’lumotlar yo‘q.
Qayd etish kerak, bu Benzemaning o‘g‘rilardan jabr ko‘rayotgan ilk holat emas. 2019-yilda “Real”ning “Barselona”ga qarshi uchrashuvi vaqtida ham hujumchining o‘yiniga o‘g‘ri tushgandi.
“Elche”ga qarshi bellashuvda Benzema penaltini golga aylantira olmadi. Shuningdek, u ushbu bahsda jarohat oldi va maydonni sheriklaridan erta tark etdi.
Benzema 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 27 o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)