• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Koronavirusning dastlabki belgilari sezilsa, avvalo oilaviy poliklinikalarga murojaat qilish kerak” — tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Boymurodov

    Omikron shtammining dastlabki belgilari — tomoq qichishi, nafas olish qiyinlashishi, tana harorati 37 daraja bo‘lsa, darhol fuqaro o‘zining oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishi kerak. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Boymurodov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

    Shuningdek, suhbat davomida koronavirusning buster dozasi bilan emlanish, kasallikning qandli diabetga chalingan fuqarolar va homilador ayollarga ta’siri haqida so‘z bordi.
    So‘nggi vaqtlarda, ayniqsa, oxirgi oyda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning soni butun dunyoda oshmoqda. Shu kabi respublikamizda ham kasallanganlar soni oshib boryapti. Men, avvalambor, koronavirus infeksiyasining ortib borishi bo‘yicha dastlab, virusning yangi turi paydo bo‘lishi va tarqalishi, keyin, shaxsiy gigiyena vositalarini esimizdan chiqarib yuborganimiz, jamoat joylarida masofani saqlamasligimiz sabablaridan biri bo‘lganini ta’kidlashim kerak. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga kurashish uchun belgilangan xatti-harakatlarimizni to‘liq bilmasligimiz ham sabab bo‘ladi. Masalan, kasallik alomatlarini sezgan fuqaro qayerga murojaat qilishi kerak? Albatta, o‘zining oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishi zarur.

    Tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Boymurodov

    Tibbiyot fanlari doktori Shuhrat Boymurodov
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    — Toshkent shahrining 12 ta tumanida 24 soat davomida ishlaydigan maxsus COVID-poliklinikalar faoliyat boshladi. Bu jarayon mamlakatda koronavirus bo‘yicha vaziyat biroz yomonlashayotganini bildiradimi? O‘zi umuman, holat haqida gapirsangiz...

    — Poliklinikalarning faoliyat mutlaqo koronavirus bo‘yicha ahvol yomonligidan darak emas. Bu birinchidan, hushyorlikka chaqiradi. Ikkinchidan, Toshkent shahrida kasallangan insonlar ko‘proq. 12 ta tumanda 24 soat davomida ishlaydigan poliklinikalarimiz, u yerda mobil brigadalarimiz bor. Aholiga koronavirus infeksiyasi bilan kurashish uchun xizmat qiladi. Bu poliklinikalarda 24 soat ishlaydigan mutaxassislar jamlangan. Virusga qarshi preparatlar, rentgen, PSR-test tekshiruvlari bor bu poliklinikada. Bemorlar murojaat qilganda kasallikning yengil formasi bo‘lsa uyda davolanish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi, o‘rta formasi bo‘lsa ularga COVID-box’lar berilyapti. Uning ichida dorilar va ularni ichish uchun ketma-ketlik ko‘rsatilgan. Agarda bemorlar statsionar davolanishga muhtoj bo‘ladigan bo‘lsa ularni mobil brigadalarimiz davolanish uchun yetkazishmoqda.

    — Omikron shtammi qandli diabetga chalingan yoki homilador ayollarga yuqsa ularga bu qanday ta’sir qiladi?

    — “Omikron” shtammini yangi shtamm deyishyapti. Bu homilador yoki qandli diabetga chalingan insonlarga ta’siri hozirgi kunda tibbiyotda isbotlanmagan. Lekin bir ko‘rdikki, koronavirusning har qanday mutatsiyaga uchragan turi qandli diabeti bor, ya’ni qo‘shimcha kasalliklari bor aholi guruhlarida kasallik jarayoni boshqa guruhdagilarga nisbatan og‘irroq kechadi. Lekin faqatgina “omikron” shtammiga taalluqli degan isbotlangan dalillarimiz yo‘q.

    Yosh bolalar va homilador ayollar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab aholi o‘rtasida vahima paydo bo‘lmoqda. Bemorlar ozgina isitmasi ko‘tarilsa ham yoki qandaydir simptom sezsa ham statsionarga borib yotib olish holatlari kuzatilyapti. Albatta, bu statsionar davolashga muhtoj bemorlarimizning tartibini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun vahimaga o‘rin yo‘q. Agarda kasallikning dastlabki belgilari kuzatilsa oilaviy poliklinikaga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz. Bundan tashqari homilador ayollar vaksina olmagan bo‘lsa ham kasallikning dastlabki belgilari bo‘lsa o‘ta vahimaga tushib, tug‘ruqxonalarga borib, statsionar davolash ishtiyoqi paydo bo‘lganligi ham bugungi kunda tibbiyot xodimlarining ishlarida salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Aholi dastlab poliklinikaga murojaat qilishi kerak.

    — “Omikron” shtammiga chalingan bemorlar o‘z uylarida davolanishlari bo‘yicha qanday chora-tadbirlar kerak?

    — Avvalambor kasallikning dastlabki belgilar — tomoq qichishi, nafas olish qiyinlashishi, tana harorati 37 daraja bo‘lsa darhol fuqaro o‘zining oilaviy poliklinikasiga murojaat qilishi kerak. Kasallikning dastlabki yengil darajasi dori-darmonsiz, uy sharoitida, bemor o‘zini izolyatsiya qilib, belgilangan mashqlarni bajarib, o‘z vaqtida xona haroratini shamollatishi yetarli bo‘ladi. O‘rta darajasida bo‘lsa COVID-box’larda dorilar bor. Shuning uchun, bugungi kunda uy sharoitida kasallikni to‘xtatib qolish imkoni bor.

    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    — Vaksinaning buster doza bilan emlangan fuqarolarda nojo‘ya ta’sirlar sezilmaydimi?

    — Vaksinatsiyani aholiga eng katta foydali tarafi shuki, virus yuqqan vaqtda ham u yengil o‘tib ketadi. Faqatgina vaksina olgan insonlar virus tashuvchi bo‘lishi mumkin. Buster doza haqida gapiradigan bo‘lsak, inson organizmiga zarari yoki nojo‘ya ta’siri haqida ma’lumotlar juda ham kam. Vaksinatsiyaning bugungi kunda nojo‘ya yoki zararli ta’siri haqida daliliy ashyolarimiz yo‘q, sababi bu hali tekshiruvda. Vaksina olgan bemorlarimizni tekshirganimizda ularning organizmlarida boshqa bir kasalliklar aniqlanmadi.

    — 2022-yilning yanvar, fevral va mart oylarida emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar o‘rtasida bosh sovrin avtomobil bo‘lgan qimmatbaho yutuqli o‘yin tashkil etilmoqda. Sir bo‘lmasa, qanday avtomobil o‘ynaladi va sovrin qachon topshiriladi?

    — Men bu haqda to‘liq ma’lumotga ega emasman. Bu narsa davom etadi. Bu nimadan dalolat beradi? Bu asosan aholimizni vaksinatsiya jarayonlariga jiddiyroq ishtirok etishi uchun e’lon qilindi. Nima uchun supermarketda yoki biror joyda mahsulotni sotishi uchun shunday tanlovlar e’lon qilinadi-ku, aholining sog‘ligi uchun qilmasligimiz kerak. Tibbiyot xodimlari ham bunga qarab turolmaymiz. Aholini jalb qilish bo‘yicha, tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha shu kabi ommaviy chora-tadbirlar ham amalga oshirilyapti.

    Eslatib o‘tamiz, 7-yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshladi.

    Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlanadi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi.

    15.01.2022, 18:31   Izoh (0)   26574
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berildi

    15.01.2022, 17:04

    O‘zbekistonda hokim yordamchilariga ko‘mak berish uchun 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi

    15.01.2022, 16:10

    Ofshor kompaniyalar “Ohangaronsement”dagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi

    15.01.2022, 15:09

    O‘zbekistonda 75 ming gektar intensiv bog‘ va yangi uzumzorlar barpo etiladi

    15.01.2022, 14:52

    Shavkat Mirziyoyev mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifasini qo‘ydi

    15.01.2022, 14:10

    Toshkent viloyatida mashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 300 dollar pora taklif qilgan haydovchi ushlandi

    15.01.2022, 13:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Meni televideniyega chiqarilmasin, degan topshiriqni kim berganini bilmayman” — xonanda Xurshid Rasulov “zapret”ga tushgani haqida

    Musiqa | 28 iyun, 09:04

    Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 08:33

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.