Shaurma oilada, ayniqsa, yoshlarning sevimli taomi hisoblanadi. Yegulikni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- tovuq filesi – 3 dona;
- lavash xamiri – 300 g;
- pomidor – 1 dona;
- pishloq – 200 g;
- smetana – 3 osh qoshiq;
- sarimsoq – 2 bo‘lak;
- o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
- ziravorlar, ko‘katlar.
- Lavash xamirlari dastlab konvert shaklida tovada ikki tomoni qizargunga qadar qovuriladi.
- So‘ngra sovitishga qo‘yiladi.
- Tovuq filesi bo‘laklarga bo‘linib, ziravorlar solinadi va tovada 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
- Pomidolar ham o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi.
- Piyoz mayda to‘g‘ralib, o‘simlik yog‘ida qovuriladi.
- Pishloq esa qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Sous uchun sarimsoq qirg‘ichdan o‘tkaziladi, ko‘kat bilan smetanaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
- Barcha mahsulotlar aralashtirilib, nachinka taxminan 2 osh qoshiqdan lavash xamiri ichiga solinadi.
Izoh (0)