• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qari bilganni pari bilmas. Qarishni bilmaydigan jahonning ayni damdagi eng yaxshi 7 futbolchisi

    Sportning barcha turlari kabi futbolda ham o‘yinchining maydondagi “umri” uning yoshi va jismoniy holatiga bog‘liq bo‘lib, aksariyat futbolchilar 35 yosh atrofida butsilarini mixga iladi. Ammo har yerda bo‘lgani kabi millionlar o‘yinida ham istisnoli holatlar uchrab turadi va yoshi katta o‘yinchilar yashil maydonda ba’zida hech jabhada yoshlardan qolishmaydi. Sezib ulgurganingizdek, quyida ana shunday qarishni xohlamayotgan yulduzlar haqida hikoya qilamiz.

    Dani Alves

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Uzoq yillar davomida “Barselona” safida barqaror o‘yin namoyish etib, keyinchalik “Yuventus” va “PSJ”da ham o‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatgan Dani Alves 2021-yilning sentabr oyida klubsiz qolgandi. U “San-Paulu” bilan shartnomani bekor qildi va erkin agentga aylandi. Shundan so‘ng unga MLS va Qatar klublaridan takliflar bo‘ldi. Biroq Alves Xavining “Barselona”ga qaytishini kutdi va yana qadrdon jamoasi safiga qo‘shildi.

    Hozircha Alves “Barselona” safida rasmiy o‘yinlarda maydonga tushganicha yo‘q. Ammo uning sayyoraning eng ko‘p sovrin yutgan futbolchisi sifatida yosh tarkibga va “Xavi loyihasi”ga katta yordam berishi aniq. Xavi ham, klub prezidenti Xoan Laporta ham aynan shuning uchun uni jamoaga qaytardi.

    Pepe

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘lishi mumkin, lekin bundan 10 yillar avval dunyoning manaman degan hujumchilari uchun haqiqiy muammo deb qaraladigan janjalkash va “pixini yorgan” Pepe hamon futbol o‘ynashda davom etmoqda. Uning yetakchiligidagi “Portu” hozirda Portugaliya chempionatida birinchi o‘rinda bormoqda, 38 yoshli Pepe esa ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16 ta o‘yin o‘tkazdi.

    Umuman olganda Pepe o‘tgan yillar davomida faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xislatlarini yo‘qotgani yo‘q, shu bilan birga u sport formasini ham ushlab turibdi. Shunday ekan futbol ishqibozlari yana bir necha yil asil ismi Kepler Laveran Lima Ferreyra bo‘lgan “kichkintoy” (Pepe) “qariya”ning o‘yinidan bahramand bo‘lishi mumkin.

    Andres Inyesta

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xavi bilan tandemda 2010-yillarda butun Yevropani titratgan Inyesta 2018-yildan beri Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U “Barselona”ni tark etayotgan vaqtida 34 yoshda edi va garchi uni hech kim jamoadan haydamagan bo‘lsa ham, yuqori notada ketishga qaror qilgandi. Andres kunchiqar yurtga shunchaki cho‘ntagini qappaytirish uchun emas, balki yangi chaqiruvlar uchun borganini aytib keladi. Arab jamoalarining taklifini rad etganining o‘zi ham bunga isbot bo‘la oladi.

    Yaponiyadagi faoliyati davomida mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan futbolchi ushbu mavsumda Jey-Ligada 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Inyesta hozirda 37 yoshda va katta ehtimol bilan u ham Xavining tajribasini qo‘llaydi.

    Frank Riberi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Qarishni bilmaydigan futbolchilardan yana biri Frank Riberidir. “Chandiqli kishi” “Bavariya”dagi porloq faoliyatidan so‘ng ikki mavsum davomida Italiyaning “Fiorentina”sida ikkinchi yoshligini o‘tkazdi va 2021/22-yilgi chempionat avvalida boshqa bir italyan jamoasi — “Salernitana”ga o‘tdi. Hozircha debyutant jamoa va Riberining ishlari unchalik ham yurishmayapti. Jamoa 18-turdan keyin 8 ochko bilan musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda. Riberi esa 12 ta o‘yin o‘tkazib, hali gol ura olgani yo‘q — atigi 2 ta assist. Shunga qaramay, uning 38 yoshida kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surishga kuch topayotganiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.

    Janluiji Buffon

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Chamasi yigirma yillardan beri tajribali darvozabon sifatida e’tirof etiladigan Buffon va uning faoliyati haqida ortiqcha gapirishga hojat yo‘q. Uzoq 1995-yilda faoliyatini “Parma”da boshlagan darvozabon “Yuventus” (ikki marta) va “PSJ”dagi sarguzashtlaridan keyin yana qadrdon jamoasiga qaytdi. Garchi jamoa B Seriyada harakat qilayotgan bo‘lsa ham, bu Buffonning reputatsiyasiga katta ta’sir o‘tkazayotgani yo‘q. Shu oyda 44 yoshni qarshi oladigan Jiji 2021/22-yilgi mavsumda hozircha 18 ta o‘yin o‘tkazib, shundan 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

    Mavsum avvalida “Parma”ga qaytganida, ko‘pchilik uning shu jamoada qo‘lqoplarini mixga ilishini taxmin qilgandi. Ammo aftidan u hali beri katta sport bilan xayrlashmoqchi emas ko‘rinadi. Buffon bir necha kun oldin bergan intervyusida faoliyati borasida shunday dedi:

    “Meksika yoki AQShga borib o‘ynashni xohlardim. Bu men istayotgan tajriba, ammo ko‘ramiz nima bo‘lar ekan. Kelajakda murabbiy bo‘lamanmi, yo‘qmi, ochig‘i bilmayman. Men intiladigan narsa — bu takomillashish. Chempionlar Ligasida g‘alaba qozona olmaganim esa hamon raqobatbardosh bo‘lishimga xizmat qiladi”.

    Zlatan Ibrahimovich

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Zlatan Ibrahimovich haqida gap ketganda, ko‘pchilik uni yaxshi sharobga o‘xshatadi. Boisi shvetsiyalik futbolchining o‘yini yildan-yilga faqat yaxshilanib bormoqda. Gullagan davrida “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Milan”, “PSJ”, “Manchester Yunayted” kabi faqat grandlar jamoalarda to‘p tepgan Ibra 2018-yilda, 37 yoshida kamtaringina MLS’ga yo‘l olgandi. Shu tariqa Ibrahimovich biroz bo‘lsa-da, omma e’tiboridan tushadi. Ammo 2020-yilning qishki transferlar oynasida u yana “Milan”ga qaytdi, shundan keyin Zlatanning ikkinchi yoshligi boshlanib ketdi.

    Bir nechta jarohatni inobatga olmaganda Zlatan shu vaqtdan beri milanliklarning to‘purari va yetakchisiga aylandi. Bunga u bilan birinchi shartnoma atigi yarim yilga mo‘ljallanganini va undan keyin bir necha bor uzaytirilganini dalil sifatida keltirish mumkin. Uning amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Biroq Zlatan ko‘rsatayotgan o‘yinidan kelib chiqib aytilsa, bitimning yana uzaytirilishi hech kim uchun kutilmagan yangilik bo‘lmasdi. 40 yoshli hujumchi Italiya chempionatining ushbu mavsumida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu yoshda bunday statistika ko‘rsatish — shunchaki fantastika.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘zi o‘ynagan barcha jamoalarning afsonasiga aylangan Krishtianu Ronaldu yuqoridagi hamkasblaridan farqli o‘laroq, darajasini pasaytirgani yoki aksincha ikkinchi yoshligini o‘tkazayotgani yo‘q: u hamon bundan 10 yil oldin qanday o‘ynagan bo‘lsa, xuddi shu tempda harakat qilishda davom etmoqda. “Real” va “Yuventus” bilan deyarli barcha yutuqlarga erishgan futbolchi ushbu mavsum avvalida “Manchester Yunayted”ga qaytdi. O‘shanda muxlislar qatori mutaxassislar ham uning bu qaroriga shubha bilan qaragandi. Biroq portugaliyalik bu kabi fikrlarning barchasini birinchi o‘yinlardayoq yo‘qqa chiqardi.

    36 yoshida “qizil iblislar”ning joniga oro kirayotgan daho Angliya chempionatida 15 ta o‘yinda 8 ta, Chempionlar Ligasida esa 5 uchrashuvda 6 ta gol urdi. Shunchaki aqlbovar qilmas natija.

    So‘nggi paytlarda “Yuventus”ning muvaffaqiyatsizliklari Ronaldu nomi bilan bog‘lanayotgandi, biroq u ketgach ham Turin klubining ishlari unchalik yurishib ketmadi, biroq Krishning o‘zi qayerda va kimga qarshi o‘ynamasin baribir gol uraverishda davom etishini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    01.01.2022, 11:50   Izoh (0)   38029
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Murod Xonto‘rayevdan Jamshid Kenjayevgacha. So‘nggi 3 yilda vafot etgan o‘zbekistonlik sportchilar

    31.12.2021, 22:34

    Ishsizlik nafaqasi oluvchidan UFC chempionligiga qadar. Konor Makgregorning MMA’dagi “qonli yo‘li”

    31.12.2021, 19:31

    “Urinib ko‘rsam, itimga ham grossmeysterlikni olib berishim mumkin”. Shaxmatdagi qing‘irliklar, darajasi tushib ketgan unvon va 12 yoshli grossmeysterlar haqida

    31.12.2021, 17:29

    Uyiga qaytgan Ronaldu, Messini uzoq kuttirgan sovrin, ikki frontda kurashayotgan UEFA va dunyoni vahimaga solgan Eriksen. Jahon sportida yil yakunlari

    31.12.2021, 15:06

    DXX raisidan bosh vazir o‘rinbosarlarigacha. Sport tashkilotlariga ham rahbarlik qilayotgan o‘zbek amaldorlari

    31.12.2021, 13:34

    Rivaldo, Vilyanueva, Cheran va boshqalar. O‘zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi legionerlar

    31.12.2021, 11:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.