• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda tuman prokurori o‘z kelinidan uning ikki bolasini olib qo‘ygani aytilmoqda. Ayolga bu holat ustidan sudga murojaat qilish tavsiya etilgan

    Qashqadaryo viloyati Nishon tumani prokurori sud qarorini tan olmasligini aytib, sobiq kelinining ikki nafar farzandini tortib olgan. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan kelin Dilnoza Rahmonova ma’lum qildi. Kelin bo‘lib tushgan xonadonidan 2020-yil sentabrida haydalganini aytayotgan Dilnoza Nishon tumani prokurori sifatida ishlab kelayotgan qaynotasi ikki nafar farzandini 2021-yilning 25-dekabr kuni olib ketib, qaytib olib kelmaganini aytmoqda.

    Dilnoza Rahmonova turmush o‘rtog‘i — Nishon tuman prokurorining o‘g‘li Ya.S. bilan 2015-yil turmush qurib, 2020-yilga qadar birga yashagan. Turmushidan qonuniy ajrashmasa-da, Dilnoza ayni kunda yolg‘iz yashab kelmoqda.

    “Turmushimdan ikki nafar o‘g‘il farzandimiz bor. Yasholmay ajrashganimizning sababi shuki, turmush o‘rtog‘im menga juda qo‘pol munosabatda bo‘lardi. Meni odam o‘rnida ko‘rmasdi. Har kuni do‘pposlardi. Ustiga-ustak qaynonam va qaynsinglim ham urardi. O‘sha xonadonda meni itchalik qadrim bo‘lmagan. Men barchasiga chidadim, oilamni saqlab qolishga urindim. Ammo imkoni bo‘lmadi. 2020-yil 8-sentabr kuni o‘sha xonadondan quvildim — meni itdek ko‘chaga chiqarib, haydashdi”, — dedi turmushi buzilgani haqida gapirgan ayol. Dilnoza Rahmonovaning ta’kidlashicha, u yashash xonadonidan yolg‘iz o‘zi, farzandlarisiz quvilgan.

    “Bolalarimni olib qolishdi. Men esa ikki oy xuddi telbalardek yashadim. Keyin onalik huquqimni talab qilib, Bosh prokuraturaga murojaat qildim, sudga berdim. Ikki oydan so‘ng dastlab kichik o‘g‘limni, keyin kattasini qaytarib oldim. Sud qaroriga ko‘ra, sobiq erimga bolalarimni ko‘rish uchun oyning birinchi va oxirgi shanbasida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Qarshi shahridagi uyiga olib ketib, uchrashish huquqi berildi. Ammo prokuror qaynotam va tergovchi erim qonun talabini buzib, sud qaroriga zid ravishda bolalarimni yana olib qo‘ydi. Qaynotam sud qarorini tan olmasligini, bolalarimni qaytarib bermasligini aytmoqda”, — deydi Dilnoza Rahmonova.

    Ayolning qo‘shimcha qilishicha, u mazkur masala yuzasidan viloyat prokuraturasiga qatnayverib charchagan. “Muammoni aytib, ulardan yordam so‘rasak, kimdir qaynotamni ustozi sifatida hurmat qilishini aytsa, yana kimdir undan qo‘rqishini bildirdi. Xullas, murojaatimiz yechim topmayapti. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi deganlaridek, viloyat prokuraturasi prokuror qaynotamning noqonuniy xatti-harakatini jim turib kuzatmoqda”, — dedi Dilnoza Rahmonova.

    MIB va prokuratura organlari munosabati

    MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, mazkur ish bo‘yicha ikkita ijro hujjati mavjud edi, hozirda har ikkala ijro hujjati — qaynota va erdan bolalarni onasiga olib berish va erning bolalari bilan ko‘rishish huquqini ta’minlash bajarilgani bois, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga asosan ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    “Murojaatchi Dilnoza Rahmonovaga hozirda Majburiy ijro byurosi Qarshi tuman bo‘limi ish yurituvida bolani unga olib berish bo‘yicha ijro hujjati mavjud emasligi va kelgusida bu masala yuzasidan sudga murojaat qilishi lozimligi tushuntirilgan”, — deyiladi MIBning viloyat boshqarmasi axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

    Bosh prokuratura axborot xizmati Nishon tuman prokurorining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi.

    30.12.2021, 15:50   Izoh (0)   33521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonning Xitoydagi yangi elchisi etib tayinlandi

    30.12.2021, 15:23

    Nukusda voyaga yetmagan ikki bola muz ostiga tushib ketdi

    30.12.2021, 15:08

    O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan inson omili to‘liq cheklanmoqda

    30.12.2021, 14:08

    O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV

    30.12.2021, 13:45

    Sirdaryo hokimligi 477,9 mln so‘mga Kia Sorento olish fikridan qaytdi va mablag‘larni “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazib berdi

    30.12.2021, 13:10

    O‘zbekiston Erondan import qilingan 3,5 ming tonna kartoshkani qaytarib yubordi

    30.12.2021, 12:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.