• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda suv hisoblagichlarini o‘rnatish xarajatlari iste’molchilar bo‘ynida qoldi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Endilikda u Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hujjat muhokamasi chog‘ida deputat Rasul Kusherbayev suv hisoblagichlari kimning hisobidan o‘rnatilishi — iste’molchimi yoki korxonami, degan savolni bergan. Hozirda suv hisoblagichlarini xarid qilish, o‘rnatish, davlat ko‘rigidan o‘tkazish va ulardan foydalanish iste’molchilar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Deputat Bekmirza Eshmurzayev iste’molchilarning ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetkazib beruvchiga xabar qilish majburiyati haqida so‘ragan.

    Kadr: UzReport

    “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarovning aytishicha, hozirda gaz va elektr hisoblagichlari haqiqatan ham ta’minotchi korxonalar, suv hisoblagichlari esa iste’molchilar hisobidan o‘rnatilmoqda.

    “Shu yildan boshlab yangi qurilayotgan obyektlarda o‘zimiz smetaga kiritib, hisoblagichlarni o‘rnatyapmiz. Ya’ni ikki xil usul ketmoqda. Ikkinchidan, hozir gazda ham, elektr energiyasida ham onlayn hisoblagichlar qo‘yilmoqda. Shuning uchun iste’molchiga har oy yoki har ikki oyda bir marta ko‘rsatkichlarni topshirish shartmas. Bizda lekin hisoblagichlarning aksariyat qismi mexanik hisoblangani uchun tekshirish maqsadida bu narsa kerak”, — deydi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zsuvta’minot” korxonasi yangi billing tizimini ishlab chiqqani, unda iste’molchining shaxsiy kabineti mavjudligi, iste’molchi o‘z hisoblagichi ko‘rsatkichlarini ichiga kiritib, foydalanishi mumkin. Shuningdek, hisoblagich ko‘rsatkichlarini Telegram orqali ham yuborish mumkin.

    “Bu nima uchun kerak? Agar bu ko‘rsatkichlar kirmasa, avtomat ravishda normativ bo‘yicha o‘rtacha kunlik suv iste’moli bo‘yicha hisob-kitob ketadi… Toshkentda, kanalizatsiya bor joyda kishi boshiga kuniga 120−130 litr hisoblanadi”, — dedi Sohib Saifnazarov.

    Parlament quyi palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun loyihasidagi “o‘z vaqtida” so‘zini “kelishuvda ko‘rsatilgan muddat” bilan almashtirishni taklif qilgan.

    Sohib Saifnazarov

    Sohib Saifnazarov
    Kadr: UzReport

    “O‘zsuvta’minot” rahbarining aytishicha, Fransiyaning Suez International kompaniyasi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab Toshkentda suv ko‘rsatkichlarini onlayn o‘qiy oladigan va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda suv ta’minotini to‘xtatib turish imkonini beruvchi intellektual suv hisoblagich tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

    Sohib Saifnazarov, shuningdek, suv hisoblagichini davlat tekshiruvidan o‘tkazish uchun iste’molchi “Yagona darcha”ga murojaat qilishi, keyin esa “O‘zsuvta’minot” (yoki “O‘zstandart” tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa tashkilot) hisoblagichning metrologik me’yorlarga muvofiqligini tekshirib ko‘rishini ham ta’kidlagan.

    Shuningdek, u abonent va suv ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderning favqulodda vaziyatlarda javobgarligi sohasi haqidagi savolga javob bergan.

    “Ko‘p qavatli uyga kiraverishgacha bizning hudud hisoblanadi, lekin uyning ichi bo‘lsa, u yer uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yoki boshqaruv kompaniyasiga qaraydi, ular avariyalarni bartaraf qilishlari kerak. Hovli ichida bo‘lsa, abonentning o‘zi bu narsani bartaraf qiladi… Xizmatlarni qilishimiz mumkin, lekin bu alohida shartnoma asosida qilinadigan narsa”, — deydi “O‘zsuvta’minot” rahbari.

    Rasul Kusherbayev boshqa sohalarda, xususan, elektr ta’minoti sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgani, lekin suv ta’minoti sohasida “hammasi avvalgidek”, “iste’molchi manfaati yo‘lida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmayapti”, degan.

    Deputatning ta’kidlashicha, hozirda “iste’molchi suv hisoblagichini o‘zi sotib oladi, o‘zi ko‘rikdan o‘tkazadi, ko‘rsatkichlarni ham o‘zi olishi kerak”.

    “Amaliyotdan bitta misolni aytay. Shaxsan o‘zimning o‘z vaqtida qiyoslovdan o‘tkazish esimdan chiqib ketgan ekan. Menga hech kim ogohlantirish ham bermadi. Orada birdaniga juda katta qarzdorlik kelib chiqdi. Borsam, bir yildan ortiq o‘tib ketgan ekan. Men nega ogohlantirish bermadingiz, deb aytdim. O‘zingiz bilishingiz kerak edi, deydi. Mayli, nima bo‘lganda ham, eng qizig‘i, hozir borib qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish uchun arizani suv ta’minoti korxonasiga bersangiz, olmaydi o‘zi. Uni ovora bo‘lib qaytadan Davlat xizmati markaziga olib borasiz. U orqali pulini to‘lab, qiyoslov ko‘rikka ariza berib, yana qaytadan suv ta’minotiga kelib to‘lovni qilasiz. Ya’ni qulaylashtirish o‘rniga umuman noqulaylik qilib qo‘yilgan”, — deydi u.

    Parlamentariy suv ta’minoti korxonasi hisoblagichlarni o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lishi kerakligini ham ta’kidlagan. Shuningdek, u “O‘zsuvta’minot” kompaniyasi iste’molchilarni ikki toifaga bo‘layotganini, ya’ni kompaniyaning o‘zi ayrim abonentlarga (yuqorida ta’kidlangan yangi uylar egalari nazarda tutilmoqda — tahr.) hisoblagich o‘rnatayotganini, boshqalari esa buning uchun pul to‘lashini tanqid qilgan.

    Sohib Saifnazarovning aytishicha, korxonaning o‘zi hisoblagichlarni o‘rnatishga tayyor, ammo keyin “barcha xarajatlar tariflarga kiritilishi kerak”.

    “Tariflarni ham deputatlar tasdiqlashadi. Marhamat, biz bunga tayyormiz”, — deydi u.

     

    Foto: “Gazeta.uz”

    Yakunda qonunning muhokama qilingan moddasi deputat tomonidan kiritilgan takliflar hisobga olinmagan holda ma’qullandi (120 deputat yoqladi, 1 nafari betaraf qoldi, 7 nafari ovoz bermadi). Qonunni 123 ta “ha” va 1 ta “yo‘q” ovoz bilan ma’qullandi.

    Keyinroq Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida “qancha harakat qilmaylik suv ta’minoti masalasida yangi O‘zbekistondagi eskicha qarash qoldi”, deb yogan.

    “Ya’ni, suv hisoblagichlarni o‘rnatish, hisobini yuritish, avariyani bartaraf etish va hokazo majburiyatlar suv ta’minoti korxonasi emas, iste’molchi bo‘yniga ilindi. Davlat budjetidan milliardlab pul olib, ortga qaytarmaydigan, biroq iste’molchi uchun bitta hisoblagich o‘rnatishni bo‘yniga olmaydigan tarmoqning iste’molchilar bilan shartnoma asosida teng shartlarda ishlaymiz, deyishi absurddan bo‘lak narsamas”, — deydi u.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha Fransiya kompaniyasi bilan birga 185,4 million yevrolik loyiha amalga oshirilishi 2020-yilning iyunida ma’lum bo‘lgandi.

    Mavzuga doir: Fransiya Toshkentda suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi

    Avvalroq YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratishi, O‘zbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 555,8 mlrd so‘mga yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    30.12.2021, 12:27   Izoh (0)   32433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 31-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    30.12.2021, 12:10

    Rossiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik ishchini beton plita bosib qoldi

    30.12.2021, 11:18

    O‘zbekistonda propiska uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi

    30.12.2021, 11:01

    Ukraina—Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 5 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

    30.12.2021, 10:40

    O‘zbekistonda yanvar—noyabr oylarida qancha egizak chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi

    30.12.2021, 09:51

    Afg‘onistonga elektr yetkazib berishning qisqarishi elektr uzatish liniyasidagi ta’mirlash bilan bog‘liq — Energetika vazirligi

    30.12.2021, 09:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.