Avstraliyadagi matbuot-anjumani vaqtida Kvinslend shtatining sog‘liqni saqlash vaziri Iven D’Attning oyog‘iga kattagina o‘rgimchak chiqib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ushbu voqea aks etgan video 26-dekabr kuni Reuters agentligining Twitter sahifasida e’lon qilingan.
Nutq so‘zlayotgan ayol birdaniga oyog‘ida o‘rgimchak borligini sezib qolgan. Shunga qaramay, gapirishda davom etgan Iven D’Att o‘rgimchak yuziga chiqib olgudek bo‘lsa, xabar berishlarini aytib hazillashgan.
Izoh (0)