Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Arzonligiga uchib, qanday kiyimlarga ortiqcha pul sarflamaslik kerakligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Futer (asosi paxta bo‘lgan mato)dan tikilgan kiyim-kechaklar

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Shakli noaniq bo‘lgan xudi va turli rangdagi jogerlar garderobingizda bekorga joy olib yotganiga shubha yo‘q. Turmush tarzi faol bo‘lgan va birinchi navbatda qulaylikni afzal bilganlarga sifatli matodan tikilgan qiziqarli kiyim-kechaklarga e’tibor berish tavsiya qilinadi.

Nomuvofiq bichimli yoki noodatiy printli kurtkalar

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Bunday ustki kiyimlar hamma obrazga mos kelavermagani sabab ham xarid borasida bachkana bo‘lmagan modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Allaqachon urfdan qolgani sabab printli kurtkalarni tanlamaganingiz yaxshi.

Jimjimador to‘rli ko‘ylaklar

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Hatto professional stilistlar ham bunday jimjimali ko‘ylaklar bilan o‘ziga xos uslub yaratishga qiynaladi. Ayan shu sabab ham garderobdagi kiyim-kechaklar saralanganda bunday modellardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Agar obrazingiz jozibali bo‘lishini istasangiz, o‘ziga xos poyabzal va aksessuarlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Bolalarga xos surat va yozuvli futbolkalar

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Yangi kolleksiyadan o‘rin olgan yoki arzon bo‘lgan taqdirda ham, bunday kiyimlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinmaydi. Bunday variantlarni bola va o‘smir yoshidagilarga qoldirib, siporoq, hamma narsa bilan mos tushadigan modellarni xarid qilish tavsiya qilinadi.

Tabiiy mo‘ynadan tikilgan ustki kiyim

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Agar garderobingizda shuba bo‘lsa, kiyishda davom etishingiz mumkin, ammo yangi xarid qilishingiz kerak bo‘lsa, yaxshisi, palto, zamonaviy kurtka va dublyonkalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Nimalarni xarid qilish tavsiya qilinadi?

Sifatli trikotaj, kashmir va jun matosidan tikilgan kiyimlar

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Sviterlarning iloji boricha oddiy, ortiqcha bezaksizini tanlang. Obraz qiziqarliroq bo‘lishi uchun esa kengroq turadiganiga e’tibor qaratganingiz yaxshi.

Palto

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Palto matosining tarkibida jun bo‘lishi, bichimi esa qomatingizga mos tushishi kerak. To‘g‘ri bichimli yoki tizzadan tushib turadigan uzunlikdagi xalat ko‘rinishidagi paltolarning kulrang, qora yoki qaymoqrangi eng universal variant hisoblanadi.

Kostyum-shim

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Bichimi, rangidan qat’iy nazar, bir xil rangdagi kostyum-shim bilan istalgan: ishbop, ayollarga xos va hatto sport uslubida ham kiyinsangiz bo‘ladi. Bundan tashqari, kostyumni shimdan alohida yoki aksincha boshqa kiyimlar bilan moslab qiziqarli obraz yaratish mumkin.

Kofta

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Oq yoki garderobingizdagi boshqa kiyimlar bilan mos tushadigan koftaning bezaklarsiz, bel qismiga urg‘u berilmagan variantini sotib oling.

Djinsi

Foto: Marie Claire

Foto: Marie Claire

Djinsi shim xarid qilganda ko‘k rangli, klassik, qomatga mos turadigan modellarga e’tibor qarating.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan