O‘zbekiston hududiga 21—22-dekabr kunlari Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, 21-dekabrda shamol tezligi Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida esa 17-22 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamol kutilmaydi.
21—22-dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda shamol kuchli bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)