• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda ijtimoiy so‘rovnomada qatnashgan o‘qituvchilarning 42 foizi ishga kirish uchun direktorga pora berilishini ma'lum qilgan

    Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatning sobiq hokimi Zoir Mirzayev tashabbusi bilan Qarshi shahridagi maktablarda so‘rovnoma o‘tkazilgani, so‘rovnomada qatnashgan 31-maktab o‘qituvchilarining 42 foizi maktabga ishga kirish uchun direktorga pul berilishini, belgilangan “stavka” 300 dollardan 500 dollargacha ekanini aytgani ma’lum qilindi. Bu haqda sessiyani onlayn kuzatgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Qayd etilishicha, 9-dekabr soat 14:00 da boshlangan Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi Facebook’dagi jonli efirda jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan.

    Sessiyada so‘z olgan deputat Yulduz Ershageva viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Karimovga yuzlanib, viloyatdagi maktablarda tanish-bilishchilik, urug‘-aymoqchilik ildiz otib ketganini, hatto maktablarga ishga kirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ham ishini pora orqali hal etayotganini bildirdi.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni Qashqadaryodagi maktablarning achinarli ahvoli, salbiy holatlari haqida yozilayotgani har bir qashqadaryolikning dilini og‘ritadi, albatta. Biz eng avvalo kelajagimizni o‘ylashimiz kerak, bugungi maktab o‘quvchilari, farzandlarimiz ertaga shu yerda, bizning o‘rnimizda o‘tiradi.

    Maktabda millat kelajaklari tarbiyalanmoqda. Lekin ming afsuski bugun viloyatdagi maktablarimizning ahvoli qoniqarli emas. Shunday maktablar borki, muhit yomonligi sabab ayrim o‘qituvchilar maktabga borgisi kelmaydi. Ba’zi maktab direktorlari 10, 15 ba’zan 20 yillab maktabni boshqarayotganini ko‘rishimiz mumkin.

    Agar o‘sha maktab yaxshi natijalarni ko‘rsatayotgan bo‘lsa, mayli, direktorning omadini bersin, ammo aksariyat hollarda unaqa emasligi, maktabda tanish-bilishchilik, mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik bo‘layotgani ma’lum bo‘lyapti”, — dedi sessiyada so‘z olgan deputat Yulduz Ergasheva.

    Deputat viloyatning sobiq hokimi Zoir Mirzayev taklifi va tashabbusi bilan Qarshi shahridagi maktablarda ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilganini, bu orqali maktab direktorlarining faoliyati hamda maktabdagi korrupsion holatlarni oshkor qilish maqsad qilinganini bildirdi.

    “Qarshi shahridagi 31-maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada 84 nafar o‘qituvchi ishtirok etib, ularning 42 foizi maktabga ishga kirish uchun direktorga pora berilishini, pora direktor kotibasiga berilishini bildirgan bo‘lsa, 7-maktab o‘qituvchilari maktabga ishga kirish narxi 300 dollardan 500 dollargacha ekanini bildirgan”, — dedi viloyat deputati.

    Deputatning ma’lumot berishicha, so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra maktablarda xodimni ishga olish uchun, o‘qituvchiga ustama berish uchun, shuningdek, maktabga kelgan komissiya uchun pul yig‘ilishi odatiy holga aylangani ma’lum bo‘lgan.

    “Qarshi shahridagi maktab o‘qituvchilarining yozishicha, o‘tgan o‘quv yilidagi dars taqsimotlarida bir soat dars narxi 100 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yildagi dars taqsimotlarida bu narx 300 ming so‘mni tashkil qilgan”, — dedi deputat Yulduz Ergasheva.

    Facebook’dagi onlayn efirdan anglashilishicha, deputat Yulduz Ergasheva tomonidan deputatlar e’tiboriga havola qilingan ma’lumotlar deputatlar tomonidan sovuq qarshilangan va bemavrid aytilgan ma’lumot deya e’tirof etildi. Xususan, deputat Lola Saodatova bu ma’lumotlar maxsus komissiyada muhokama qilinishi kerakligini aytadi.

    Deputat nutqini tinglagan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Karimov esa bunday ayblovlarni yakuniy xulosa ko‘rinishida prokuraturaga taqdim etish lozimligini, deputatlar talabi bilan sessiyada ishi ko‘rilib, ishdan olingan maktab direktorlari sud orqali ishga qayta tiklanayotganini, shunday vaziyatlarda boshqarma boshlig‘i sifatida u sud tomonidan jarimaga tortilib qolayotganini bildirgan.

    Eslatib o‘tamiz, “Daryo”da viloyatning G‘uzor tumanidagi 49-maktab direktori Faxriddin Xoliqov maktabga ishga kirish niyatida bo‘lgan o‘qituvchidan 300 dollar talab qilib, ishga olishi uchun unga “uchta kal berishi” lozimligini aytib, ta’magirlikka yo‘l qo‘yayotgani oshkor qilgandi. Mazkur holatga e’tibor qaratgan G‘uzor tuman prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlanganini bildirgan bo‘la-da, yakuniy xulosa haqida jamoatchilikka axborot berishni unutdi.

    Mavzuga doir:

    • Ikki sotixdan yigirma gektargacha. Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazmda yer sotish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi
    • Toshkentda Bosh prokuratura mansabdori 29 ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi
    • O‘zbekistonda mansabdorlar so‘nggi 4 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga qancha zarar yetkazgani ma’lum qilindi

    10.12.2021, 07:33   Izoh (0)   19220
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Denovda ichki ishlar xodimlarining berilgan topshiriqlarni ko‘r-ko‘rona bajarishga urinishini qoraladi

    10.12.2021, 07:22

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg‘a olishi taqiqlanishi kutilmoqda

    10.12.2021, 06:36

    O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi

    10.12.2021, 06:00

    Niagarada cho‘kib ketgan mashina, qor ostida qolgan gul, “Mif va afsonalar” paradi. 9-dekabr suratlari

    09.12.2021, 23:50

    Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Yevrosiyo iqtisodiy kengashining onlayn sammitida ishtirok etadi

    09.12.2021, 23:40

    O‘zbekiston hududlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olindi

    09.12.2021, 23:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.