• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tanishlari bilan xayrlashgan”. Qarshidagi yotoqxona binosidan o‘zini tashlab, vafot etgan qizning so‘nggi lahzalari kuzatuv kamerasiga tushib qoldi (video)

    Qarshi shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabasi yotoqxonaning beshinchi qavatidan tushib ketib, vafot etgani haqida xabar berilgandi. Talaba qiz tengdoshlarining eslashicha, qiz o‘limidan avval barcha tanishlari bilan xayrlashgandek taassurot uyg‘otgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida texnikum yotoqxonasi va o‘quv binosida bo‘lib, marhumani tanigan-bilganlarni suhbatga tortdi.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Texnikum yotoqxonasi tarbiyachisi Faxriddin Safarovning aytishicha, marhuma opasi bilan yotoqxonaning to‘rtinchi qavatida yashagan bo‘lsa-da, voqea sodir bo‘lgan kuni beshinchi qavatga chiqib, yuqori qavat derazasidan o‘zini pastga tashlagan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Kuzatuv kameralarini ko‘zdan kechirganimizda Mahliyo beshinchi qavatga chiqib, avvaliga chiqindi tashlashga ketayotgan tanishi bilan quchoqlashgan. O‘sha payt xayrlashganmi yoki salomlashganmi hozircha bu bizga qorong‘i. Ammo shundan so‘ng beshinchi qavat eshigini yopib, ikkilanmasdan derazadan sakragan”, — deydi yotoqxona tarbiyachisi.

    Marhuma o‘zini pastga tashlagan deraza.

    Marhuma o‘zini pastga tashlagan deraza.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Yotoqxonaning beshinchi qavatida yashovchi qizlar — Malohat Salomova hamda Sohiba Yo‘ldoshevalarning ma’lumot berishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda yotoqxonada baqir-chaqir ovoz eshitilgan, ular umumiy zalga chiqqanda esa mudhish voqea sodir bo‘lganidan xabar topgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Biz xonada o‘tirgandik. Shunda qizlarning baqir-chaqir ovozi eshitildi. Xonadan umumiy zalga chiqsak, shu voqea — qiz o‘zini derazadan tashlab yuborganini aytishdi. Derazadan qarasak, haqiqatan ham u pastda yotgan ekan. Keyin militsiyalar kelishdi”, — deydi yotoqxonaning beshinchi qavatida yashovchi talaba qizlarning biri Sohiba Yo‘ldosheva.

    Marhuma yashagan xona.

    Marhuma yashagan xona.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Voqea sodir bo‘lgan kuni yotoqxonada navbatchilik qilgan Murod aka Hazratqulovning aytishicha, yotoqxonada qizlarning ovozi balandlashgani eshitilgach, u qizlardan nima bo‘layotganini so‘ragan.

    Murod Hazratqulov.

    Murod Hazratqulov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “2021-yilning 30-noyabr kuni soat taxminan 17:30 lar edi. Hali qorong‘i ham tushib ulgurmagandi. Qizlarning baqir-chaqir ovozi eshitilgach, yugurib chiqdim. Chiqsam, qizning tepadan o‘zini tashlaganini aytishdi. Derazani ochib qarasam, qiz yerda yotgan ekan”, — deydi Murod Hazratqulov.

    Marhumani tanigan qizlar uning xushchaqchaq qiz bo‘lganini, kayfiyatida tushkunlik bo‘lmaganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “U judayam sho‘x qiz edi. Umuman tushkun kayfiyatda ko‘rmaganman. Zaif tomoni yo‘q edi. Har doim yomon holatdan ham yaxshi kayfiyat bilan chiqa olardi. Yotoqxonada ham barcha qizlar bilan kulib, xushchaqchaq holda gaplashardi”, — deydi Malohat Salomova.

    Sohiba Yo‘ldoshevaning aytishicha, marhuma adolatsizlikka chiday olmagan. Ko‘pincha opasi bilan tortishgan.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Adolatsizlikka chiday olmasdi. Ko‘pincha opasi bilan tortishib qolardi. Opasi uni boshqa bir yigit bilan gaplashganlikda ayblab, uydagilariga aytgan shekilli, ‘men hech kim bilan gaplashmaganman, aybdormasman’, derdi. Va shu bois ham qo‘lidagi internetga kirish imkoniyati bo‘lgan telefonini ham opasiga bergandi”, — deydi Sohiba Yo‘ldosheva.

    Marhuma bilan yonma-yon xonada istiqomat qilgan Farangiz Norqulova ham qizning xushchaqchaqligini, ruhiyatida umuman tushkunlik bo‘lmaganini aytmoqda.

    Marhumaning so‘nggi daqiqalarini yozib olgan kuzatuv kamerasi.

    Marhumaning so‘nggi daqiqalarini yozib olgan kuzatuv kamerasi.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Men o‘sha kuni uydan kelgandim. Uni kun bo‘yi ko‘rmagandim. Nega bunday qilganiga hayronman. Xushchaqchaq qiz edi. Umuman o‘z joniga qasd qiladigan darajada emasdi. Har doim o‘ynab-kulib yurardi”, — deydi Farangiz Norqulova.

    Murod Hazratqulov so‘nggi ikki yil davomida shu yotoqxonada faoliyat yuritib kelayotganini, bunday mudhish holat birinchi marotaba sodir bo‘lganini bildirmoqda.

    Farangiz Norqulova.

    Farangiz Norqulova.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “O‘sha kuni o‘quvchilar ham, mahalla aholisi ham yig‘ilib, voqea joyiga bordi. To‘g‘risi, shokka tushdim. Ayniqsa, marhumaning opasi ahvolini ko‘rib, judayam rahmim keldi. Bu holatni tasvirlab berishga ojizman”, — deydi yotoqxona tarbiyachisi.

    Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini, marhumaning o‘limi sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinayotganini ma’lum qilgandi.

    02.12.2021, 16:52   Izoh (0)   176285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon viloyati prokurori ishdan olindi

    02.12.2021, 16:37

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    02.12.2021, 16:26

    “O‘zbekneftgaz” Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    02.12.2021, 16:08

    O‘zbekistonda pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi

    02.12.2021, 15:50

    Buxoroda besh farzandli ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    02.12.2021, 15:05

    Namanganda YPX xodimiga pora sifatida 1000 dollar va 4 dona televizor taklif qilgan haydovchi ushlandi

    02.12.2021, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.