Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka va qurilish materiallari mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida uy-joylar quriladigan massivlar ro‘yxati aprel oyida tasdiqlangan bo‘lsa-da, yer uchastkalari o‘z vaqtida auksionga chiqarilmagani bois Toshkent viloyatida – 2,7 ming, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Xorazmda – 1,5 ming xonadonli uy-joylar qurilishi boshlanmagani aytildi.
Oqibatda, budjetdan maqsadli kreditlar uchun ajratilgan 4,5 trillion so‘m mablag‘ (50 foiz) o‘zlashtirilmasdan turgan.
“Toshkent shahrida – 793 milliard so‘m (64 foiz), Qashqadaryoda – 204 milliard so‘m (66 foiz), Toshkent viloyatida – 120 milliard so‘m (82 foiz), Qoraqalpog‘istonda – 119 milliard so‘m (60 foiz) mablag‘ o‘zlashtirilmay turibdi.
Shuningdek, viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda” – deya ta’kidladi davlat rahbari.
Bundan avval O‘zbekistonning har bir hududida uy-joy qurilish klasterlari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)