Andijon viloyati prokurori G‘ayrat Fozilov 25-noyabr kuni “faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun” egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga tasdiqlagan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Eshmurod Jo‘rayev Andijon viloyati prokurori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. U bungacha Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, G‘ayrat Fozilov 2018-yil yanvar oyida Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi. U Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Muzaffar Egamberdiyevni almashtirgandi.
Avvalroq Bosh prokuratura jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 18 nafar xodimni intizomiy jazoga tortgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)