Vanil ta’mli, quyultirilgan sut qo‘shilgan yumshoqqina rulet ertalabki nonushtada dasturxoningizni bezaydi.

Foto: Depositphotos

Kerakli mahsulotlar: 

  • tuxum — 4 ta;
  • shahar — 4 osh qoshiq;
  • vanil ekstrakti — 1 choy qoshiq;
  • un — 4 osh qoshiq;
  • quyultirilgan sut — 300 g.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Gaz pechini 180 darajaga qizdirib, patnisga qandolat qog‘ozini soling.
  2. Tuxumga shakar va vanil ekstraktini qo‘shib, mikserlang.
  3. Elangan unni tuxumli massaga qo‘shib, bir tekisda bo‘lguncha aralashtiring.
  4. Xamirli massani pech patnisiga solib, ustini tekislang.
  5. Biskvitni 18-20 daqiqa pishirib, tilla rangga kirganda pechdan oling. Qandolat qog‘ozini olib tashlab, nam sochiqqa rulet shaklida o‘rab qo‘ying.
  6. Sovigan biskvitdan sochiqni olib, ichiga astalik bilan krem surting. Xohishga qarab rulet ustiga shakar kukuni ham sepish mumkin.

Yoqimli ishtaha!