• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    8 ming yevrolik yaxshilik

    Har kimda har doim yaxshilik qilish, kimgadir yordam berish imkoni bo‘ladi. Biz uchun oddiy, arzimasdek ko‘ringan harakatlarimiz ortidan kimningdir mushkuli oson bo‘lishi, qo‘yingki, hayoti butunlay yaxshi tomonga o‘zgarib ketishi mumkin. “Daryo” “Yaxshilik” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Bu loyiha doirasida yaxshilik haqidagi hayotimizda ro‘y bergan real hikoyalar chop etib boriladi. Dastlabki hikoya farg‘onalik jurnalist Sohiba Abdurahmonovaga tegishli.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    8 ming yevrolik yaxshilik

    2015-yil. Qizim nemis tilini o‘rganib yurgan paytlar edi. Farg‘ona davlat universitetiga master-klass o‘tish uchun Germaniyadan bir guruh o‘qituvchilar kelgandi. Ular bir necha oy nemis tiliga qiziquvchi yoshlarga darslar o‘tdi. O‘quvchilar orasida mening qizim ham bor edi.

    Bir kuni qizim “Oyijon, o‘qituvchilarim Germaniyaga qaytib ketyapti. Bir o‘qituvchi menga juda yoqib qoldi. O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘rarkan. Shu ayolni uyimizga chaqirib, mehmon qilmaymizmi?”, deb qoldi. Men esa “Albatta, shuncha payt tekinga o‘qitishyapti, shuncha narsa o‘rganding, mayli, rahmat sifatida osh qilib beraman”, deb rozi bo‘ldim.

    Ayol uchun kichkinagina dasturxon yozib, mehmon qildik. O‘shanda turmush o‘rtog‘imning jahli chiqdi.

    — Nima keragi bor edi, chet ellikni uyga chaqirish shartmidi, bular davlat nazoratidagi shaxslar bo‘lsa!?

    — Dadasi, qo‘yavering, mehmon atoyi Xudo, ertaga bizga ham biror yaxshiligi tegar. Hech bo‘lmaganda qizingiz Germaniyada o‘qiyotganda biror marta tushlik olib qaytarar...

    — Bugun bor-u ertaga ko‘rmaydigan odaming bo‘lsa, nima yaxshiligi tegardi?

    Suhbatimiz shunday yakunlandi.

    Turmush o‘rtog‘imning fe’li o‘zi shunday og‘irroq edi. Keyinroq yana gaplasharman dedim-da, mehmonga qaradim.

    Xullas, ayolni chiroyli mehmon qilib kuzatdik, adras sharf sovg‘a qildik. Mehmon Semona bizga rahmat aytib, xursand bo‘lib, o‘z yurtiga qaytib ketdi.

    Oradan yillar o‘tdi. Qizim litseyni tamomlash arafasida Berlindagi universitetga grant yutib oldi. Boshqa tarafdan esa fan olimpiadasining respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, O‘zbekistondagi (blokida nemis tilisi bo‘lgan) istalgan ta’lim muassasasida grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

    Qizim bolaligidan xorijda tahsil olishni orzu qilardi. Tabiiyki, grant yutgani uchun Germaniyani tanladi. Ammo o‘sha payt bir muammo paydo bo‘ldi. Ya’ni Germaniyaga viza olishi uchun bankda o‘sha fuqaroning hisob raqamida sakkiz ming yevro puli bo‘lishi kerak ekan. Bu mablag‘ talabaning davolanishi, pulga muhtoj bo‘lib qolmasligi uchun zarur ekan, bitirgunicha talabaning hisobida turishi shartligi aytildi. Usiz hech qanday viza berilmas ekan.

    Bilasiz, bu o‘sha paytda (hatto hozir ham) kichkina pul emasdi. Tanish-bilishlardan yordam so‘radik, lekin buncha pulni birdaniga topish amrimahol edi. O‘qish esa yaqin orada boshlanar, qizim “Germaniyaga ketolmaymanmi?”, deb yig‘lardi.

    Bizning bo‘lsa boshimiz qotgandi. Sakkiz ming yevroni endi qayerdan topamiz?

    O‘sha paytlari Nexia rusumli mashinamiz bor edi. Dadasidan “Keling, shuni sotib, bankdagi hisob raqamga qo‘yib turaylik”, deb so‘radim. Ammo xo‘jayinim “O‘zbekistonga ham grantga kirdi-ku, shu yerda o‘qisa bo‘lmaydimi?” dedi va mashinasini sotishga rozi bo‘lmadi. Oilada ko‘pchilikmiz, mashinaning ham yordami yaxshigina tegib turgandi.

    Endi nima qilamiz deb Allohdan yordam so‘rab, yechim izlardik. O‘zining mehribonligini qarangki, o‘sha payt bir yangilikdan xabar topdik. Ya’ni mamlakat qonunlariga ko‘ra Germaniyada yashaydigan oylik maoshga ega inson boshqa mamlakatdan keladigan talabani o‘z qaramog‘iga olsa, pulsiz qolganida mablag‘ beraman, kasal bo‘lsa, davolataman, deb kafolat xati bersa, hech qanday hisob raqamdagi mablag‘ talab qilinmas ekan.

    O‘sha ayolga bu haqda yordam so‘rab yozganimizda, u bajonidil rozi bo‘ldi va bizga tilxat yubordi. Biz esa o‘sha hujjat bilan hech qanday ortiqcha mablag‘larsiz qizimni Germaniyaga o‘qishga yubordik. Birgina tushlik sakkiz ming yevro bo‘lib qizimga, oilamizga qaytdi...

    Xonzodabegim A’zamova yozib oldi.

    Loyihada ishtirok etishni istagan yurtdoshlarimiz hayotida sodir bo‘lgan yoki o‘zi guvoh bo‘lgan voqealarni Telegram’dagi @daryomuxbiri ’ga yozib yuborishlari mumkin.

    22.11.2021, 07:33   Izoh (0)   59838
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.