O‘zbekiston prezidentining farmoniga asosan 2021-yilning 17-noyabr kuni Xalq ta’limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Odilovich Saidov tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Baxtiyor Odilovich Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu kunga qadar xalq ta’limi vaziri lavozimini egallagan Sherzod Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)