• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Taqdir bilan uchrashuv”. Mashhur siyosatchi, “hind millati me’mori” Javoharla’l Neruning Hindiston mustaqilligi arafasidagi murojaati

    1947-yili 15-avgustda Nyu-Dehlidagi mashhur Qizil qal’a (Lal Qila)da Hindiston mustaqilligini e’lon qilib, tarixda “hind millati me’mori” deb nom qoldirgan Javoharla’l Neru tavalludiga 14-noyabr kuni 132-yil to‘ldi. O‘n yil umri qamoqda o‘tgan siyosatchining mustaqillik e’lon qilinishidan bir kun avval — 1947-yil 14-avgust tunida Hindiston Ta’sis assambleyasida so‘zlagan nutqi o‘tgan asrning eng mashhur murojaatlari qatorida turadi. “Daryo” Hindiston xalq xo‘jaligi, fan va madaniyati, xalqaro siyosatida ulkan yutuqlarga erishgan davlat arbobining ushbu nutqini o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Javoharla’l Neru 1947-yil Nyu-Dehlidagi Parlament binosida “Taqdir bilan kelishuv” murojaatini o‘qib eshittirmoqda. 

    Javoharla’l Neru 1947-yil Nyu-Dehlidagi Parlament binosida “Taqdir bilan kelishuv” murojaatini o‘qib eshittirmoqda. 
    Foto: STR/ AFP/ Getty Images

    Uzoq yillar avval biz taqdir bilan kelishdik va mana, endi juda kattasini bo‘lmasa-da, eng muhim va’dalarni bajarish fursati yetdi.

    Yarim kechaga zang urilib, dunyo ahli uxlaganda Hindistonda hayot va hurriyat ko‘z ochadi. Hali shunday zamonlar, tarixda kamdan kam ro‘y beradigan palla keladiki, barimiz eskidan yangi olamga o‘tamiz, uzoq vaqt ezg‘ilangan xalq ruhi asr adog‘iga yetgach yuzaga qalqib chiqadi.

    Ushbu tantanali onlarda o‘zimizni Hindistonga, uning xalqi va butun insoniyatga xizmat qilib, baxshida etishga va’da beramiz.

    O‘tmishining ilk tongida Hindiston tuganmas so‘roq-savollarga javob izlashga tushdi, nihoyasiz asrlar esa uning jamiki omad-u tolesizligini ulug‘vorligi bilan to‘ldirdi. Xushbaxt va shum taqdir oralab u hecham izlanishini to‘xtatmadi, unga kuch bag‘ishlagan ideallarini sira unutmadi. Bugun biz shum tolening oxirida turibmiz va Hindiston o‘zini yana qaytadan kashf etadi.

    Ayni damda nishonlayotgan muvaffaqiyatimiz shunchaki bir qadam, oldinda bizni kutayotgan ulkan zafar va muzaffariyatlarga eltuvchi imkonning ochilishidir. Ushbu imkoniyatni tutib qolishga va kelajak chaqirig‘ini qabul qilishga kuch-u aqlimiz noqismikan?

    Hurriyat va kuch mas’uliyatni olib keladi. Mas’uliyat esa suveren hind xalqining chinakam suverenligini ta’minlaydigan ushbu assambleya bo‘yniga tushadi. Ozodlikka erishguncha qora mehnatning bor azobiga chidadik, qalblarimiz g‘am-g‘ussa, achchiq xotiralar bilan og‘irlashdi. O‘sha og‘riqlarning ba’zilari bugungacha davom etmoqda. Shunga qaramay, o‘tmish tugadi, hozirgisi esa kelajak — bizni ortidan ergashtirayotgan kelajak.

    Ammo bu kelajak — hordiq chiqaradigan, huzur qiladigan vaqt emas, aksincha, tez-tez zimmamizga oladigan va bugungi kungacha ortmoqlab yuradigan va’dalarni bajarish fursatidir. Hindistonga xizmat — millionlab mazlumlarga xizmat, demak. Bu qashshoqlik, johiliyat, xastalik va notenglikning tugashi, demak.

    Avlodimizdagi eng zabardast kishining maqsadi har bir ko‘zdan tomajak ko‘zyoshning har qatrasini sidirib tashlashdir. Bu, ehtimol, bizdan ancha naridadir, biroq ko‘zyosh va azoblar bor ekan, bizning ishimiz hecham tugamaydi.

    Shu bois, mehnat qilishimiz, qattiq ishlashimiz kerakki, orzularimiz ro‘yobga chiqsin. U orzular Hindiston uchun, ammo butun olam, bugun bir-biridan ayro yashashni tasavvur etolmaydigan, chambarchas yashayotgan millatlar va insonlarga ham atalgan.

    Tinchlik bo‘linmas, deydilar. Hurriyat, farovonlik va yana bu dunyoda alohida bo‘laklarga bo‘lish mushkul ofatlar ham xuddi shunday bo‘linmasdir.

    Biz vakili bo‘lgan hind xalqining ushbu ulkan hodisotlarga ishonch bildirishlari, bizga qo‘shilishlariga chaqirib qolamiz. Hozir yoqimsiz va buzg‘unchi tanqidning o‘rni, boshqalarni ayblash yoki zaif istaklarning payti emas. Biz ozod Hindistonning jamiki bolalari hur yashashi mumkin bo‘lgan olihimmat saroyni barpo etishimiz kerak.

    Aytilgan kun, taqdir belgilagan kun kelgach, Hindiston uzoq davom etgan g‘aflat va kurashdan so‘ng yana tetik, serg‘ayrat, ozod, mustaqil bo‘lib oyoqqa turadi. O‘tmish ayrim masalalarda hamon yopishgan gajak bo‘lib qoladi, biz esa oldinlari hadeb tilga ko‘chiradigan va’dalarimizni astoydil bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, burilish nuqtasi o‘tgan, tarix esa biz uchun yangi sahifalarini ochadi, biz yashaydigan, jon kuydiradigan tarixni endi boshqalar yozadi.

    Hozir Hindiston, Osiyo va butun dunyo uchun ahamiyatli palla. Yangi yulduz porlamoqda, sharqdan ozodlik yulduzi chiqmoqda, yangi umid uyg‘onmoqda, uzoq vaqtdan beri davom etgan umid ro‘yobga chiqadi. Shu yulduz sira o‘chmasin, umidlar aslo so‘nmasin!

    Atrofimizni o‘rab olgan qora bulutlarga qaramay ushbu hurriyatdan behad shodmiz. Odamlarimizning juda ko‘pini iztirob qiynamoqda, muammo-mushkulotlar ichramiz. Biroq hurriyat mas’uliyat, zo‘r tashvish yuklaydiki, biz ularga ozod va tartibli inson sifatida yuzlanishimiz shart.

    Ayni damdagi ilk o‘y-fikrimiz ana shu ozodlik me’mori — Hindistonning ko‘hna ruhini o‘zida mujassam etgan, hurriyat mash’alini ko‘tarib, atrofimizni o‘rab turgan zulmatni yoritgan xalqimiz otasiga qaratiladi.

    Biz ko‘pincha unga nomunosib izdosh bo‘ldik, da’vatidan uzoqlashdik. Lekin nafaqat biz, balki kelajak avlod ham ushbu murojaatni xotirlab, qalblarida chuqur iz qoldirgan, e’tiqodi, kuchi, jasorati, kamtarligi bilan ulug‘vor Hindiston o‘g‘liga aylangan insonning xotirasini olib yuradilar. Nechog‘lik kuchli shamol, shiddatli bo‘ron bo‘lishiga qaramay, biz bu erkinlik mash’ali o‘chishiga sira yo‘l qo‘ymaymiz.

    Kelgusidagi o‘y-fikrlarimiz Hindistonga hech qanday mukofot, maqtovsiz, so‘nggi nafasigacha xizmat qiladigan ko‘ngillilar va ozodlik askarlari haqida bo‘lishi kerak.

    Yana siyosiy chegaralar tufayli bizdan uzilgan va ayni damda erishgan erkinligimiz quvonchini biz bilan baham ko‘rolmaydigan birodarlarimiz, opa-singillarimiz haqida o‘ylashimiz shart. Ular ham o‘zimizniki. Nima bo‘lishidan qat’i nazar biz bilan qolishlari, biz esa ularning yaxshi-yomon kunida birga bo‘lishimiz shart.

    Kelajak bizni chorlamoqda. Xo‘sh, endi qayerga boramiz va nima qilamiz? Hindistoning oddiy fuqarosi, dehqoni, ishchisiga hurriyat va imkoniyat berish; jaholat, qashshoqlik va xastaliklarni tugatish; farovon, demokratik, taraqqiyparvar davlat qurish; har bir ayol va erkak uchun adolatli, to‘laqonli hayot, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlarni yaratish burchimizdir.

    Oldinda bizni sermashaqqat mehnat kutmoqda. Va’damizni to‘liq bajarmaguncha, hind xalqining taqdiri o‘zi istaganidek bo‘lmagunicha hech birimizga orom yo‘q.

    Biz buyuk yurt farzandlarimiz. Bundan keyin olg‘a siljish yoqasidamiz va o‘sha yuqori marralarni tutib yashashimiz zarur. Qaysi dinga e’tiqod qilishimizdan qat’i nazar, hind farzandlarining bari huquq, majburiyat va imtiyozlar oldida teng. Biz ortiq jamoaviylik, tor fikrlilikka toqat qilolmaymiz, odamlari kalta o‘ylaydigan va sust harakat qiladigan har qaysi millat buyuk bo‘lolmaydi.

    Butun dunyo millatlari va odamlariga kelgusida tinchlik, ozodlik va demokratiya bobida hamkorlik qilish uchun ezgu tilaklar va ahdlarimizni yo‘llaymiz.

    Ko‘hna, mangu va navqiron ona vatanimiz, ardoqli Hindistonimizga hurmatimiz cheksiz va o‘zimizni unga baxshida etamiz. Jai Hind (Hindistonga ozodlik!)

    15.11.2021, 07:24   Izoh (0)   25199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh qo‘shinlarini Yaqin Sharqdan olib ketmasligini ma’lum qildi

    14.11.2021, 23:47

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qo‘shni ingush xalqini “bir hovuch provokatorlarni” to‘xtatishga chaqirdi

    14.11.2021, 23:13

    Ekvador qamoqxonasida yuz bergan to‘qnashuvlarda qariyb 70 kishi halok bo‘ldi (foto)

    14.11.2021, 22:12

    Xakerlar FQBning elektron pochta tizimini buzib kirdi. Undan 100 ming kishiga ogohlantiruvchi xat jo‘natilgan

    14.11.2021, 21:11

    Syerra-Leoneda benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 144 kishiga yetdi

    14.11.2021, 16:12

    Tuxum, chigirtka, masxaraboz. Salvador Dali, Uolt Disney, Stiven King kabi mashhurlar fobiyasi

    14.11.2021, 14:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Sistit — bu uyat emas!


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya o‘zining xabarlar almashish messenjerini ishga tushiradi

    Dunyo | 3 iyun, 11:09

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    O‘zbekistonda 4-iyun kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 10:45

    Modrichga A Seriyaning nomdor klubi qiziqish bildirmoqda

    Sport | 3 iyun, 10:44

    Reper Dreyk brilliantlar bilan qoplangan Nokia telefonini namoyish qildi

    Musiqa | 3 iyun, 10:37

    Hindistonda yomg‘ir va toshqinlar sababli 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 10:27

    Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlandi. Nomzodlar kim?

    Dunyo | 3 iyun, 09:58

    YCHL. Eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilar (top-10)

    Sport | 3 iyun, 09:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.