• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Million dollar bersa ham qimorni reklama qilmayman”. Bahodir Jalolov marhum otasi, futbol va shaxsiy hayoti haqida

    Tokio—2020 Olimpiadasida boks bo‘yicha oltin medal sohibi Bahodir Jalolov “Sports.uz” saytiga intervyu berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Serbiyada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida nega ishtirok etmayotgani haqida

    Sport formasida bo‘lmaganim sabab ishtirok etishni xohlamadim. Chunki Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadan 2,5 oy o‘tib, Jahon chempionati o‘tkazilmoqda. O‘ylaymanki, har bir sportchi bir yilda 2-3 marta sport formasiga kira olmaydi. Jahon Chempionati kichkina musobaqa emas, shuning uchun tavakkal qilgim kelmadi. Olimpiadaga qadar dam olishsiz mashg‘ulotlar bo‘ldi. Sportchi Olimpiadada g‘alaba qozona olarmikanman degan o‘ylar bilan psixologik jihatdan ham charchaydi. Mana shu sabab ushbu Jahon chempionatida ishtirok etmadim va professional boksga o‘tishni niyat qilyapman.

    Havaskor boksdan ketmagani haqida

    Professional boksga o‘tdim degani havaskor boksdan ketdim degani emas. Balki, O‘zbekistonda bo‘ladigan Jahon chempionati, Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etarman. Oldindan hech narsani ayta olmayman.

    Ayni paytda havaskor boksdagi eng kuchli terma jamoalar haqida

    O‘zbekiston, Kuba, Rossiya va Qozog‘iston. Mana shu to‘rt jamoa, menimcha, eng kuchlilari. Har bir terma jamoada kuchli bokschilar bor.

    Sportchi qizga uylanmasligi haqida

    Sportchi qizga uylanaman deb niyat qilmaganman. Chunki men bitta o‘g‘ilman, onam yolg‘iz. Onamning yonida dalda bo‘lib turadigan qiz kerak. Sportchi bo‘lsa, men bilan yig‘inlarga boradi, musobaqalarga qatnashadi. Shuning uchun onamning yonida bo‘ladigan rafiqa izlayapman. Hozircha topilgani yo‘q, avvalo o‘zimga turmush o‘rtoq emas, bo‘lajak farzandlarimga ona izlayapman. Uylanish ham oson emas ekan, avvallari yoshimiz yetsa, uylanib ketaveraman deb o‘ylardik. Lekin hozirda qiz topish ham ancha jiddiy ishligini tushunganman. Chunki umringizning yarmidan ham ko‘pini u bilan birga o‘tkazasiz. Shuning uchun shoshilmaslik kerak ekan.

    Og‘ir vazn toifasidagi UFC chempioni Frensis Ngannu bilan professional boksda jang qilishi ehtimoli haqida

    Agar u bilan jang qilish kerak bo‘lsa, albatta, qabul qilaman. Hozir u bilan jang qilishga tayyorman. Agar UFC jangchisi boksga o‘tsa, menimcha, O‘zbekistonning uchinchi raqamli bokschisi ham istalgan MMA’chini ura oladi. Boks — bu klassika. Ko‘cha urishini bilsang, UFC’da urishishing mumkin, lekin ringga chiqa olmaysan. Chunki boksda aql kerak, texnika kerak birinchi o‘rinda. MMA boshqa sport turi.

    Otasi haqida

    Har bir musobaqada ko‘zimdan yosh chiqadi, chunki otamni ko‘p eslayman. Qaniydi otam shu yutuqlarimni ko‘rsa. Xonaga qamalib olib, xayolan gaplashaman otam bilan. Otasizlik qanday bo‘lishini, otasi yo‘qlar tushunadi.

    Qimor reklamasida suratga tushmasligi haqida

    Odamlarga zarar beradigan har qanday narsani reklamasida tushmayman. Million dollar bersa ham qimor reklamasida ishtirok etmayman. Bukmeker kompaniyalaridan juda ko‘p takliflar bo‘ladi, lekin barchasini rad qilaman. Insonga zarari tegmaydigan reklamalarga tushishga harakat qilaman.

    Hayotdagi maqsadlari haqida

    Sport o‘z yo‘liga, eng birinchi o‘rinda onamni Haj safariga yuborishni niyat qilganman. Undan so‘ng oila qurish ham hozirgi kundagi maqsadlarimdan biri. Yoshim 27 da. Men safarda bo‘lsam, onam uyda yolg‘iz qoladi, undan tashqari insonga baribir umr yo‘ldosh, farzand kerak.

    O‘zbekiston futbol terma jamoasi nega Jahon Chempionatiga chiqa olmayotgani haqida

    Bu savol mening o‘zimni ham qiynaydi. Futbol men uchun ikkinchi sport turi desa ham bo‘ladi. Yoshligimda O‘zbekiston terma jamoasining birorta o‘yinini qoldirsam, tuni bilan uxlolmasdan yig‘lab chiqardim. O‘zim ham futbolchi bo‘lganman, shuning uchun terma jamoani juda ham yaxshi ko‘rardim. Yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. Akademiyadan yaxshi sportchilarni olib, legioner sifatida qaysidir davlatni klublariga jo‘natish kerakdir. Hozir o‘zbek futboli uchun yaratilayotgan sharoit juda ko‘p davlatlarnikidan yaxshiroq.

    Boksni tanlashiga otasi sababchi bo‘lgani haqida

    Futbolni juda yaxshi o‘ynardim. Toshkent, Qashqadaryo akademiyalaridan takliflar bo‘lgan. Lekin rahmatli otam futbolchi bo‘lishimni xohlamagan. Otam uchun boks sport turini tanlaganman. Menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgani uchun otamdan minnatdorman.

    Bahodir Jalolov, bokschi

    Mavzuga doir: 

    • Bahodir Jalolov havaskor boksdagi faoliyati davomida eng qiyin raqib kim bo‘lganini aytdi
    • Uylar, mashinalar va bir necha milliard so‘m pul mukofoti. Bahodir Jalolov shu vaqtga qadar qanday mukofotlarga loyiq ko‘rildi?
    • Surxondaryo hokimi Tokio Olimpiadasining oltin medali sovrindori Bahodir Jalolovga Skoda Kodiaq sovg‘a qildi

    08.11.2021, 18:08   Izoh (0)   43613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    A Seriya. Milan derbisida g‘olib nomi aniqlanmadi, “Napoli” yana ochko yo‘qotdi

    08.11.2021, 06:56

    APL. “Liverpul” Londonda mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

    07.11.2021, 23:31

    La Liga. “Atletiko” 6 ta gol urilgan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida ikkita to‘p o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    07.11.2021, 22:33

    APL. “Arsenal” Londonda qiyin g‘alabaga erishdi, “Tottenhem” safarda “Everton”ni yenga olmadi

    07.11.2021, 21:06

    Eldor Shomurodov “Roma” safida A Seriyada debyut golini urdi va 14 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi

    07.11.2021, 19:40

    A Seriya. Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda “Roma” g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    07.11.2021, 18:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Myanma 4,5 yil davom etgan favqulodda holatni bekor qildi

    Dunyo | 31 iyul, 19:18

    Esports World Cup Chess. Nodirbek Abdusattorov chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi

    Sport | 31 iyul, 19:08

    Xitoyda uch yoshli bola 18-qavatdan yiqilib, omon qoldi

    Dunyo | 31 iyul, 19:07

    Qizib ketgan smartfonni tez sovitishning samarali 7 ta usuli

    Maslahatlar | 31 iyul, 19:00

    Isroil Falastin davlatini Yevropada tuzishni taklif qildi

    Dunyo | 31 iyul, 18:51

    Abbosbek Fayzullayev “SSKA” bilan xayrlashdi

    Sport | 31 iyul, 18:42

    Kelgusi uch yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori qancha oshirilishi maʼlum qilindi

    Iqtisodiyot | 31 iyul, 18:36

    Maykl Jekson kiygan bir poy paypoq auksionda 8 ming dollarga sotildi (foto)

    Musiqa | 31 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.