Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 1-noyabr kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.
-80 kg kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Odiljon Aslonov AQSh vakili Robbi Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi va mag‘lubiyatga uchradi. Aslonov dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qilgandi, biroq keyingi raundlarda uning raqibi ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirib oldi va 3:2 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Aslonov 1/16 final doirasida italiyalik Simone Fiorini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 1/32 finalda tanzaniyalik Yusuf Changalavega qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi, ammo Changalave noma’lum sababga ko‘ra jangga chiqmagandi va Aslonov avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
Shu tariqa 1-noyabr kungi bahslarda ishtirok etgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschidan ikki nafari — Mujibillo Tursunov va Saidjamshid Ja’farov chorak finalga yo‘llanma oldi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Odiljon Aslonov esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Izoh (0)