• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Katta kamchiligimiz

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Katta kamchiligimiz

    Yaqindag‘ina o‘zbek qizil matbuotining 6 yilligini1 qilib o‘tkazdik. Gazetalarimizning har biri 6 yillik matbuot to‘g‘risida tafsillik hisoblar bosdilar. U hisoblardan bildikkim, matbuotimizning ro‘znoma — kundalik qismi, chindan ham, jiddiy qadamlar bilan ilgarilagan, 2 muzofot va bir markaz gazetalari bilan Buxoro jumhuriyatining bir markaz gazetasi to‘qtamasdan davom etib keladurlar. Ularning hollari qanday yoruq bo‘lsa, istiqbollari undan ham yorug‘roqdur. Buni ularning kundan-kun ilgari bosishlari bilan isbot qilamiz. Demak, so‘zni qisqa qilib aytganda: o‘zbek qizil matbuotining kundalik qismi poydevorini yaxshi shibbalab olib, mustahkam binosini kundan-kun kengaytirib, o‘sdirib boradur.

    Biz yuqoridag‘i ahvolg‘a qancha sevinsak, matbuotimizning katta bir kamchiligini ko‘rmak bilan shuncha qayg‘irmoqqa majbur bo‘lamiz. 6 yildan beri to‘latilmag‘an u kamchilik haftalik va oylik matbuotimizning qizg‘anch holidur. Bir vaqtlar Mao­rif xalq kamisarligi oldida tatar yozg‘uchilari tomonidan juda tor doirada chiqarilib kelgan “Maorif”2 jurnali g‘olibo 2 sondan ortmadi. Undan so‘ng Milliy ishlar xalq kamisarligi yonida “Sharq”3 jurnali chiqsa ham, uning biz bilan qilcha ham aloqasi yo‘q edi. “Tong”4 jurnali chindan bizniki edi; lokin u ham 3-sondan ortmadi.

    Bizda eng ko‘p davom etgan jurnal “Inqilob” bo‘lubdur. U bilan birga chiqqan “Bilim o‘chog‘i” u bilan tenglasha olmadi. Hozirda “Inqilob” ham yo‘q, “Bilim o‘chog‘i” ham. “O‘zgarishchi yoshlar”5 jurnali bor. Bu jurnal yoshlarning eng jiddiy va umudlik jurnallari. Faqat u yoshlarning jurnalidur. Uning o‘ziga yarasha doirasi, chizig‘i bor. Kattalarimiz uchun ham shunday bir jurnal to‘qtatmay davom etib ketsa, bizning istagimiz qong‘an bo‘lur edi.

    Yaqinda “Inqilob” idorasidan bir da‘vat xati olg‘an edim. Mazkur da’vatda “Uzoq vaqt to‘qtab yotqan jurnalning yana chiqa boshlag‘ani, so‘ng sonining matbaaga berilishga hozirlangani, moddiy jihat tamom ta‘min etilgani, endi to‘qtamay, muntazam olib borish mumkin bo‘lg‘ani” bayon etilgach, “qalam bilan muovanatga da’vat qilg‘an” edim. Da’vatga ijobat qildik, va’da ham berdik, birmuncha sevindik ham.

    Lekin… oradan yarim yilcha vaqt o‘tdi, “Inqilob”ning so‘ng soni hali maydonda yo‘q. Yaqinda Toshkantga borg‘animda so‘rag‘an edim, “Bosilib bitkan, matbaa haqini berib olishga Maorif kamisarligining puli yo‘q”, – dedilar. Shu “puli yo‘qliq” ham 2 – 3 oydan beri davom etar ekan…Bizning Maorif kamisarligimizga ishonib bir ishga kirishishning o‘zi xato. Bu daf’alar bilan tajribadan o‘tkan. Bu xil narsalar uchun unda pul bo‘lmaydur.

    “Kolizey” tiyotrining eski pul bilan 4 trillio‘n qarzini to‘lashga, Yangi Toshkantning ishchilar yo‘q rayonida tarixiy raqs (tansa) maktablari ochishka, uning prog‘ramini kengaytirishga pul topilg‘ani bilan, tubjoy xalq matbuoti va tiyot­ri uchun pul topilmaydur. Tajribada ko‘rulgan shu achchig‘ haqiqatga tan berib bir jiddiy jurnal chiqarish uchun bosh­qa insofi borroq joylardan mablag‘ qidirib topsak-da, shu zo‘r kamchiligimizni ham bartaraf qilsak.

    6 yillik bayramning katta bir mevasi, samarasi shu bo‘lsa!

    Cho‘lpon

    Ushbu maqola “Farg‘ona” gazetasining 1924-yil 31-iyul sonida “Cho‘lpon” imzosi bilan bosilgan. “Adabiyot nadir” to‘plamida qayta chop etilgan. “Farg‘ona” gazetasi asosida nashrga tayyorlangan.
    Izohlar

    1“O‘zbek qizil matbuotining olti yilligi…” — o‘zbek matbuotining sovet davridagi tarixi 20-yillarda “Ishtirokiyun” gazetasi chiqqan vaqtdan hisoblab nishonlangan.

    2“Maorif” — 1918-yil dekabrda Toshkentda Maorif xalq komissarligi tomonidan chiqarilgan jurnal. 6 ta soni chiqib, 1919-yil aprelda to‘xtagan.

    3“Sharq” — 1919-yil noyabr oyidan boshlab Samarqandda hukumat tomonidan chiqarilgan, 1921-yil avgustda to‘xtagan jurnal.

    4“Tong” — 1920-yil 9-aprelda Fitrat tashabbusi bilan chiqqan jurnal. Uch son chiqishi bilan to‘xtagan. Jurnalda Cho‘lpon ham faol qatnashgan.

    5“O‘zgarishchi yoshlar” — 1923-yil dekabridan 1924-yil noyabrigacha Toshkentda nashr etilgan ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ilmiy yoshlar jurnali.

    27.10.2021, 20:57   Izoh (0)   20547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu kabi holatlar dengizdan tomchi”. Saida Mirziyoyeva Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilingani haqida

    27.10.2021, 20:52

    BMTning Afg‘oniston uchun yuborgan insonparvarlik yuki hali ham Termizda saqlanayotgani ma’lum qilindi

    27.10.2021, 20:21

    O‘zbekistonda import qilinadigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, butlovchi va ehtiyot qismlari bojxona to‘lovlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi

    27.10.2021, 20:06

    Andijonda 168 o‘rinli Prezident maktabi foydalanishga topshirildi (foto)

    27.10.2021, 19:36

    O‘zbekistonda yanvar–sentabr oylarida 29 031 ta nikohdan ajralish qayd etildi — Statqo‘m

    27.10.2021, 19:05

    Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi

    27.10.2021, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.