• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davosiz dardlar

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Davosiz dardlar

    Hangama

    Dard qo‘b — davosi yo‘q, hasrat uzoq — kechalar qisqa, manzaralar ajib — ko‘zlar ko‘r, jart-jurt zo‘r — natijalar kichik, manzil uzoq — rohila oz, vahima katta — to‘y bedarak, osmon uzoq — yer qattiq, bo‘yi bir qarich — soqoli ikki qarich…

    Siz o‘quy bersangiz, man shunaqanggi bir-birisiga teskari jumlalarni Mallaxonning davangidek1 qator-qator, sulaytirib-sulaytirib tashlaybersam. “Miftohul-jinon”ning rivoyatiga qarag‘anda, agar daryolar siyoh bo‘lib, xarilar qalam bo‘lsa, yaproqlar qog‘ozg‘a aylanib, qurbaqalar o‘qug‘uchi bo‘lsalar, bu ajivayi-taralalarni chop qilib tarqatg‘uchi Davlat nashriyotining Eski shahar matbaasi bo‘lsa, buning savobi butun Turkiston mamlakatining dumog‘ig‘a xudda sassiq sarimsoqdek ta’sir berib, har qaysi o‘zbeklarning nomai-a’mollariga har yili to‘rt faslda xurrakni batash qo‘yg‘an mo‘min va musulmonning a’moli solihasi yozilur ekan.

    Endi bir ozg‘inag‘a falsafa, e’tiqodiyotni qo‘yaturaylik-da, “Dardi bedavo”larimiz ustiga o‘taylik.

    Turkiston istatistiqa idorasining to‘plag‘an so‘ngg‘i ma’lumotiga ko‘ra, Eski shahardagi “Harakatdan barakat” maktablarining soni shu keyingi hafta ichida yuzga-yuz ortib ketkan. Masalan: o‘tkan oyda yetti yuz qirq bir og‘ilxonadan iborat bo‘lg‘an xalq ibtidoiy dorul-jununlari2 yarim mingga, qorixonalar besh yuzdan to‘qquz yuzga yetmishdir (qorixonalarda bir oz sekinlik). Bu so‘ngg‘i ochilg‘an ibtidoiy dorul-junun va qorixonalarnish muallimlarida ham favquloddalik bor, deydirlar: soqoli ot to‘rbadak, savodi chiqar chiqmas farishtasufat zotlardan iborat bo‘lib, yosh bolalarimizni bir yil komil deganda mullai boamal, buning ustiga daqqi, kalvak, og‘zing qani desalar qulog‘ini ko‘rsataturg‘an “Dardi bedavo” qilib chiqarar ekanlar.

    Bu haqda siyosiy doiralarning yurutkan mulohazalariga qarag‘anda, o‘zbeklar ishni bu tariqa olib bora bersalar, uch yil komil deganda, Turkiston go‘yoki ikkinchi Amriqo-ku, o‘zbeklar orasida g‘archcha madaniyat, na u yoqqa o‘ta olasan, na bu yoqqa; xuddi devori qiyomat! Yana o‘shal istatistiqa idorasining bergan ma’lumotig‘a qarag‘anda, ikkinchi tomonda qiltillab turg‘an Eski shaharning ma’orif sho‘rvasi3 bu madaniyat maktablari qarshisida qaddini ko‘tarishg‘a o‘ylashar ekan. Ammo shunisi bor ekanki, anovlarda yo‘q shag‘shag‘a, anovlarda yo‘q dabdaba bizning ma’orifning sho‘rvasidan topilur ekan! Bul ham bir dardi bedavo!

    * * *

    Biznikilar “Bo‘rk ol!” desa, bosh olishg‘a hozir, bir mablag‘lar desang, ehtimolki, nishka tushkan4 bo‘lurmiz. Ot bilan eshakka soliq solinibdur, xayr, solinsa solinibdur; bu orada bir eshakchi kambag‘alning eshagi ochliqda harom qotibdur; xayr, qotsa qotibdur.

    — O‘lgan eshagingning solig‘ini beraverasan!

    — Bechora eshagim marhum bo‘ldi aka, bu yerda joni uzilib, mana bu yerda yuvuldi, ana u yerda janoza o‘qilib, mana bu yerga ko‘mildi, aka…

    — Yo‘q, bera berasan! Eshaging beshdan kam emas!

    Bechoraning eshagi o‘lgani-o‘lgan, ustiga-ustak mana bu “Bosh olg‘uchilar”ning fotihaxonlig‘i qiziq…

    Bul ham bedavo dardlarning birisi.

    * * *

    Eski shaharning boshdan-oyog‘i, oyoqdan boshi, yetti yasharidan yetmish yashari qo‘tur… Eski shaharning afkori umumiyasi shu qo‘tur masalasi bilan mashg‘ul (Bizda afkori umumiya yo‘q deguvchilar nomaqul aytibdirlar).

    Bechora xalq shu qo‘tur istibdodidan qutulmoq uchun o‘tkan-ketkandan iloj so‘rashdan bo‘shay olmaydur. Ammo berilgan doru-darmonlardan to‘qquz chaqaliq foyda yo‘q; hamon har kimni ko‘rsang: qirt-qirt, qirt-qirt… Puvvak bog‘lag‘an Yovrupo do‘qturlari nihoyat kelib-kelib bizning “qo‘tur masalamiz” ustida e’loni ixdos qildilar. “Xalq sog‘liqni saqlash bo‘limi” bu to‘g‘rida qimir etmaydir. Keyingi kunlarda qo‘turlarning hammasi “Xalq sog‘lig‘ini saqlash bo‘limi emish” degan bir rezalyutsiya qabul etdi.

    Mana bul ham bizning davosiz dardlardan…

    Julqunboy

    “Turkiston”gazetasi, 1922-yil 14-dekabr, 36-son


    Izohlar

    1 Mallaxonning davangidek — Turkiston xonlaridan o‘tgan Mallaxon hayvon, parranda boqishga; it, qo‘chqor urushtirishga ishqiboz bo‘lgan ekan, muallif shunga kinoya qilyapti.

    2 Dorul-junun — jinnixonalar; bu yerda muallif eski usuldagi maktablarni tanqid qilyapti.

    3 Ma’orif sho‘rvasi — “Ma’orif sho‘basi” demoqchi.

    4 Nish — mo‘ljal; sira, mohiyat.

    26.10.2021, 06:21   Izoh (0)   19954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ularning ham niyati — O‘zbekistonni rivojlantirish” — Shavkat Mirziyoyev saylovda unga raqiblik qilganlar haqida

    26.10.2021, 00:31

    Qayta saylangan Mirziyoyev, Bag‘dod ko‘chalaridagi umidbaxsh suratlar, mo‘ylov va soqol chempionati. 25-oktabr suratlari

    25.10.2021, 23:54

    Eri bor erkak, ikki erli ayol, “tirik” marhumlar. O‘zbekistonliklar Yagona portaldagi FHDYo arxivida noaniqliklarni aniqladi

    25.10.2021, 23:13

    O‘zbekiston bo‘ylab nishonlangan Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik saylovidagi g‘alabasi — suratlarda

    25.10.2021, 22:58

    Foto: Ichki ishlar organlaridan chiqqan amaldagi hokimlar

    25.10.2021, 22:28

    O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan gazga aksiz solig‘i bekor qilinadi

    25.10.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.