O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida Toshkent vaqti bilan soat 11:00 ga qadar 6 669 552 kishi ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami saylovchilar soni 19 million 859 ming 127 kishini tashkil qilmoqda. Ularning 6 million 669 ming 552 nafari, ya’ni 33,6 foizi ovoz berdi.
O‘zbekiston Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi.
“Demak joriy saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi va bu bilan barcha saylov jarayoni ishtirokchilarini tabriklaymiz”, — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Qo‘chqorov.
Izoh (0)