Suriyada “Al-Qoida” yetakchilaridan biri AQSh tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda AQSh Qurolli Kuchlari Makarziy qo‘mondonligiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
“Suriya shimol-g‘arbiga amalga oshirilgan bugungi aviazarba natijasida ‘Al-Qoida’ning yuqori martabali yetakchisi Abdulla Hamid al-Matar yo‘q qilindi. Aviazarba oqibatida tinch aholiga shikast yetgani to‘g‘risida ma’lumotlarimiz yo‘q”, — deydi qo‘mondonlik matbuot kotibi mayor Jon Rigsbi.
Ma’lum qilinishicha, aviazarba MQ-9 uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi yordamida amalga oshirilgan.
Qo‘mondonlikning qayd etishicha, yuroqi martabali jangarining o‘ldirilishi “terrorchilik tashkilotining keyingi rejalari va global hujumlarni amalga oshirish qobiliyatiga putur yetkazadi”.
Bundan avval AQSh razvedkasi “Al-Qoida” hozirgi vaziyatda Afg‘onistondan tashqarida hujumlar uyushtirishga qodir emasligini aytgandi. “Razvedka hamjamiyatining joriy bahosiga ko‘ra, ‘Al-Qoida’ning imkoniyatlari ancha oldin shu qadar tanazzulga uchraganidan hozir u chet elda hujumlar uyushtira olmaydi”, — dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.
Aprel oxirida “Al-Qoida” AQShga qarshi “har tomondan hujum qilish” bilan keng ko‘lamli urush boshlashni va’da qilgandi. Terrorchilik tashkiloti vakillari ushbu urushning “AQSh butun islom dunyosidan chiqarib yuborilgunga qadar” davom etishini qayd etgan. Sentabr o‘rtalarida esa AQSh razvedkasi “Al-Qoida” 1-2 yil ichida hujumga o‘tishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.
Mavzuga doir: OAV: “Al-Qoida” yetakchisi Usama ben Ladenning 2011-yilda AQSh tomonidan yo‘q qilinishi spektakl bo‘lgan
Izoh (0)