O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashi mumkinmi degan savolga javob qaytardi.
Ma’lum qilinishicha, saylovchining ushbu xatti-harakatlari qat’iyan taqiqlanadi. Saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach, suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda barcha saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash to‘g‘risidagi plakatlar joylashtirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar saylovning yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so‘raladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekistonda prezidentlik saylovida har bir tuman va shahardagi faqat bitta uchastkaga videokameralar o‘rnatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)