• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston hukumati 2022-yilda YaIM 5,9 foizga o‘sishini prognoz qildi

    Vazirlar Mahkamasida 2021-yilning kutilayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, 2022−2024-yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar va 2022-yil uchun Davlat budjetining loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayd etilishicha, dastlabki statistik ma’lumotlar 2021-yilning 9 oylik yakunlari bilan respublikada YaIM 6,9 foizga o‘sganini ko‘rsatmoqda.

    Ushbu davrda 338 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratilgan. 77 mingga yaqin yangi tadbirkorlik subyekti o‘z ishini boshlagan. Investitsiyalar hajmi YaIMga nisbatan 32 foizni tashkil qilgan.

    9 oyda eksport hajmi, oltin eksportini inobatga olmagan holda 34,1 foizga o‘sib, 8,9 milliard dollarni tashkil etgan.

    2021-yil yakuni bo‘yicha mamlakat YaIM o‘sishi 6,5−7 foiz atrofida bo‘lishi, bunda sanoatda ishlab chiqarish hajmi — 9,1, qurilish ishlari hajmi — 6,6, xizmatlar sohasi — 8,6 va qishloq xo‘jaligi — 2,8 foizga ko‘payishi kutilmoqda.

    Oktabr boshida Jahon banki O‘zbekistonning YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozini qaytadan ko‘rib chiqib, uni 4,8 foizdan 6,2 foizga oshirgan edi.

    Mamlakatning o‘rta muddatli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozining asosiy ssenariysida kelgusi 5 yilda YaIMning o‘rtacha o‘sish sur’ati 6,5 foizda bo‘lishi prognoz qilingan. “Xususan, 2022-yilda YaIMning 5,9 foizga o‘sishi, kelgusi yillarda esa o‘sish sur’atlarining bundan yuqori bo‘lishi hisob-kitob qilingan”, — deyiladi xabarda.

    Hukumat oldida 2026-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM miqdorini 2800 dollarga yetkazish va 2030-yilga borib esa 4000 dollardan oshirish va o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kirish vazifasi turgani ta’kidlangan.

    “Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, xususan, inflatsiya darajasini 2022-yilda 9 foizgacha, o‘rta muddatda 5 foizgacha pasaytirish, davlat qarzini mo‘tadil darajada ushlab turish hamda davlat budjeti taqchilligini kelgusi yilda 3 foizdan oshirmaslik lozimligi belgilab olindi”, — deyiladi xabarda.

    Bundan tashqari, 2022-yilning 1-yanvaridan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 2 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirish reja qilingan.

    Foyda solig‘i hisoblashda investitsiyaviy chegirma miqdorini yangi texnologik uskunalar uchun 10 foizdan 20 foizgacha, binolar uchun 5 foizdan 10 foizgacha oshirish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, amortizatsiya normalarini o‘rtacha 2,5 barobarga oshirish taklif qilinmoqda.

    Shu qatorda 2022-yilgi davlat budjeti loyihasida ijtimoiy sohaga mablag‘ ajratilishining ustuvorligi ta’minlangan holda, ularning salkam 45 foizi ta’lim sohasiga yo‘naltirilmoqda.

    Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalariga hamma tadbirlarni va tarbiyalanuvchilar soni oshganligini inobatga olgan holda joriy yilga nisbatan 2,2 trillion so‘m ko‘paytirilib, 8,7 trillion so‘m, xalq ta’limiga 30,3 trillion so‘m (6,5 trillion so‘mga ko‘p), o‘rta maxsus va oliy ta’limga 7,5 trillion so‘m (3,1 trillion so‘mga ko‘p) mablag‘ ajratilmoqda.

    Kelgusi yilda sog‘liqni saqlash sohasiga 22,6 trillion so‘m yoki jami xarajatlarning 11 foizi yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

    2022-yilda ijtimoiy nafaqa oluvchi ehtiyojmand oilalar soni 2021-yildagi o‘rtacha 1,2 milliondan 1 million 440 minggacha oshib, jami oilalarning 16,5 foizi qamrab olinadi. Tuman va shaharlar budjetlarining 5 foizi, ya’ni 1,4 trillion so‘m mablag‘ “Ochiq budjet portali” orqali bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

    Bundan tashqari, ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar va pensiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqori sur’atlarda oshirish uchun budjet loyihasida yetarli mablag‘lar ko‘zda tutilganligi aytilmoqda.

    2022-yil Budjetnomasida xalqaro moliya institutlari ekspertlari texnik ko‘magi asosida ishlab chiqilgan, vazirlik va idoralarning navbatdagi uch yillik budjet xarajatlari bo‘yicha rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari aks ettirilmoqda.

    2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini joriy yilda kutilayotgan YaIMga nisbatan 5,5 foizdan 3,0 foizgacha pasaytirish lozimligi belgilab olindi.

    Majlisda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda 2022-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va Budjetnoma Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

    Bundan avval O‘zbekistonda 2021-yilning birinchi yarim yilligida YaIM 6,2 foizga o‘sgani hamda Markaziy bank O‘zbekiston iqtisodiyotining 2021-yil bo‘yicha prognozlarini qayta ko‘rib chiqqani haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: “O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega” — Financial Times

    18.10.2021, 18:13   Izoh (0)   13488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berishning dastlabki uch kunida 4402 nafar qashqadaryolik ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

    18.10.2021, 17:39

    Avtobloger Bobur G‘aniyev 15 sutkalik qamoqdan ozodlikka chiqdi. U endi o‘z blogini yuritmaslikka qaror qilgan

    18.10.2021, 17:25

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    18.10.2021, 17:10

    O‘zbekiston va Afg‘onistonning yangi hukumati munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqadi

    18.10.2021, 16:40

    AQSh mudofaa vaziri yordamchisi O‘zbekistonda chegara xavfsizligi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

    18.10.2021, 16:11

    Parkentda tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mdan ortiq pullarni talon-toroj qilgani aniqlandi

    18.10.2021, 15:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.