• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moldovada gaz yetishmasligi tufayli yuqori shaylik rejimi e’lon qilindi

    Moldova hukumati gaz bozoridagi vaziyat tufayli energetika sohasida yuqori shaylik rejimini joriy etdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, mamlakat infratuzilma vaziri Andrey Spinuga tayanib, “RBK” xabar berdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Moldova hukumatining energetika bo‘yicha favqulodda komissiyasi yig‘ilishida gaz tanqisligi va uning narxi misli ko‘rilmagan darajada yuqori bo‘lgani sababli mamlakatda “trevoga” yoki yuqori shaylik rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    “Biz favqulodda vaziyatning oldini olish va har qanday ssenariyga tayyor turish uchun shunday qarorga keldik”, — dedi Spinu. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, rejim “mas’ul muassasalar” fuqarolarni va mamlakatning energiya xavfsizligini himoya qilish choralarini ko‘rishi uchun joriy qilingan.

    Xususan, hukumat tabiiy gaz narxining oshishi munosabati bilan kompensatsiya paketini ishlab chiqmoqda. Poytaxt Kishinyovni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan Termoelectrica korxonasi davlat zaxiralaridagi mazut bilan ishlashga o‘tadi. Energocom davlat kompaniyasi muqobil gaz manbalarini topish bo‘yicha Ruminiya va Ukraina bilan muzokaralarni boshlaydi, deya qo‘shimcha qildi Spinu.

    Vazirning aytishicha, Moldova Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. “Ertaga ‘Moldovagaz’ning 450 million dollar tarixiy qarzlari va uchinchi energiya paketi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, — dedi Spinu. Rasmiylar oktabr oyining oxirigacha Rossiya kompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

    Rossiya va Moldova o‘rtasida gaz yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma 2006-yilda imzolangan va keyin bir necha bor uzaytirilgan, so‘nggi marta shartnoma muddati 30-sentabrda tugadi. Shu kuni tomonlar uni oktabr oyining oxirigacha uzaytirdi. Kelishuvlarga muvofiq, gaz narxi har chorakda jahon bozorida yonilg‘i narxining dinamikasini hisobga olgan holda maxsus formula asosida qayta ko‘rib chiqilardi.

    “Moldovagaz” ma’lum qilishicha, shartnoma muddati tugashidan bir necha soat oldin uzaytirilgani sababli, “Gazprom” 2021-yil oktabr oyida Moldova Respublikasi iste’molchilariga Ukrainaning gaz uzatish tizimida kerakli miqdordagi tabiiy gazni zaxiralash uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan.

    Kompaniya mamlakatda kunlik tabiiy gaz iste’moli “Gazprom” yetkazib beradigan hajmdan osha boshlaganini aytib, muqobil yonilg‘iga o‘tishni so‘radi.

    Avvalroq Financial Times gazetasi Moldovaga Rossiyadan gaz yetkazib berish qariyb uchdan birga qisqarganini xabar qildi. Shu bilan birga, uning narxi o‘tgan oyda 1000 kubometr uchun 550 dollardan oshiq bo‘lgan bo‘lsa, oktabrda 1000 kubometr uchun 790 dollargacha ko‘tarilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan taxminan besh barobar ko‘p. Natijada Moldova Yevropa Ittifoqidan Ruminiya orqali favqulodda gaz yetkazib berishni so‘ragan.

    “Gazprom”ning asosiy eksport bozori bo‘lgan Yevropada gaz narxi aprel oyida ko‘tarila boshlagan, kuzda esa rekord darajaga yetgan. 6-oktabrda 1 ming kubometr bahosi 1900 dollardan oshdi, keyinroq narxlar  pasaydi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, gaz narxining ko‘tarilishi “elektr energiyasi tanqisligi natijasidir”. Taqchillik, o‘z navbatida, shamol stansiyalarida ishlab chiqarishning kamayishi natijasida yuzaga kelgan.

    Mavzuga doir:

    • Britaniya hukumati yonilg‘i inqirozini bartaraf etish uchun harbiylarni safarbar qildi
    • AQShda avtomobillar uchun metall raqamlar yetishmayotgani sabab uning qog‘ozdan tayyorlangan muqobilini tarqatish boshlandi

    14.10.2021, 16:40   Izoh (0)   9952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” barcha harbiylarni xizmatga qaytishga chaqirdi, Kobul chiroqsiz qoldi, 150 dan ortiq OAV o‘z ishini to‘xtatdi. Afg‘oniston yangiliklari

    14.10.2021, 15:27

    Putin 84 yoshigacha prezidentlikda qolish rejalari haqidagi savolga javob berdi

    14.10.2021, 14:26

    Dunyoda koronavirusga chalinish va o‘lim holatlari kamaydi, qaysi mamlakatlarda haligacha vaksinatsiya boshlanmagan? Koronaxabarlar

    14.10.2021, 12:41

    Norvegiyada kamon va nayza bilan qurollangan erkak o‘tkinchilarga hujum qildi. Besh kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi

    14.10.2021, 11:40

    Chernobil AESning birinchi direktori — Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan Viktor Bryuxanov vafot etdi. Stansiyadagi avariya uning rahbarligi davrida yuz bergan

    14.10.2021, 10:10

    Kuvayt tarixda birinchi marta ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berdi

    14.10.2021, 08:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.