• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Havaskor detektivlar seriyali qotil Zodiakning shaxsini fosh qildi. Ularning fikricha, shov-shuvli qotilliklarni uch yil avval o‘lib ketgan kaliforniyalik bo‘yoqchi amalga oshirgan

    Amerikada eski jinoyat ishlarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi The Case Breakers havaskor detektivlar guruhi Zodiak laqabi bilan mashhur bo‘lgan seriyali qotilning shaxsini aniqlaganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

    Foto: Antonio Perez/Chicago Tribune/MC​T/Sipa/Vida Press

    Foto: Antonio Perez/Chicago Tribune/MC​T/Sipa/Vida Press

    U 1968—1969-yillarda Kaliforniyada ketma-ket hujumlarni amalga oshirgan, oqibatda besh kishi qurbon bo‘lib, yana ikki kishi jabrlangan edi. Zodiak politsiya va gazetalarga shifrlangan maktublar yuborgani ortidan tanilgan, ularning bir qismini hozirgacha ham o‘qishga muvaffaq bo‘lishmagan. Zodiak amalga oshirgan qotilliklar ham fosh etilmaganicha qolmoqda.

    Zodiak ishi bo‘yicha shuncha yillardan buyon olib borilgan surishtiruv mobaynida unda birorta ham ayblanuvchi paydo bo‘lgani yo‘q. Norasidalarning nomusiga tajovuz qilish ayblovi bilan sudlangan kaliforniyalik Artur Allen uzoq vaqtlargacha asosiy gumonlanuvchi bo‘lib kelgan. Politsiya Allenning uyini bir necha marta tintuv qilib, unga qarshi ancha-muncha bilvosita dalillarni yig‘di, ammo ayblov e’lon qilish uchun ular yetarli emasdi. 1992-yilda Zodiakning hujumidan keyin omon qolganlardan biri Maykl Mago Allenni o‘sha jinoyatchi deb taniganidan keyin ikki oy o‘tib, u yurak xurujidan vafot etdi.

    Zodiak yo‘llagan xatlarda to‘rtta shifrdan foydalanilgan. Ulardan birini 1969-yildayoq amerikalik er-xotin o‘qishga muvaffaq bo‘lgan. Ikkinchisi 2020-yilda amerikalik va belgiyalik dasturchilar Devid Oranchak va Yarl Van Eyke hamda avstraliyalik matematik Sem Bleyk tomonidan birgalikda yechildi. Zodiakning yana ikkita maktubi shifrdan chiqarilmagan holatda turibdi, ulardan birida jinoyatchi o‘z ismini ham shifrlab yozgan, deb hisoblaniladi. Ularning ikkalasi ham juda qisqa bo‘lib, ularning yechimi minglab turli iboralardan iborat bo‘lishi mumkin.

    Zodiak ommaviy madaniyat qahramonlaridan biriga aylandi, u haqda qo‘shiqlar aytildi, kitoblar yozildi, filmlar suratga olindi. Manyak haqidagi eng mashhur kartinalardan biri — 2007-yilda Devid Fincher tomonidan ishlangan “Zodiak” detektiv filmi.

    The Case Breakers guruhi 2011-yilda los-anjeleslik hujjatli filmlar yaratuvchilari — er-xotin Tomas va Dafna Kolbert tomonidan tuzilgan. Ular 1990-yillarda ularning ikkalasi ham o‘zlariga aloqador bo‘lgan jinoyatlarni o‘zlaricha o‘rganayotgan paytda tanishgan. Kolbertlar shu sohada qolib, o‘z atrofiga armiya, maxsus xizmatlar, politsiya, sudlar, sud-tibbiy ekspertiza va xususiy qidiruvda ishlab tajriba orttirgan maslakdoshlarini to‘pladi. Hozir The Case Breakers guruhi, o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, 40 dan ortiq ko‘ngillidan iborat bo‘lib, ular eski jinoyat ishlarini surishtirish bilan shug‘ullanadi.

    Havaskor detektivlar fikricha, Zodiak bundan uch yil avval o‘lib ketgan kaliforniyalik bo‘yoqchi bo‘lgan

    The Case Breakers talqiniga ko‘ra, Zodiak laqabi bilan mashhur bo‘lgan manyak Geri Frensis Post bo‘lgan, u kaliforniyalik AQSh Harbiy havo kuchlari faxriysi bo‘lib, bir umr bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan va 2018-yilda ajali yetib o‘lgan. Surishtiruv ishtirokchilarining ma’lum qilishicha, Postning peshonasida xuddi Zodiakning fotorobotidagi kabi qashqalar bo‘lgan (ular avtohalokat natijasida qolgan). Bundan tashqari, uning ismi Zodiakning hali o‘qilmagan shifrlaridan biri uchun kalit bo‘lib xizmat qiladi. Va nihoyat, The Case Breakers ma’lum qilishicha, Postni tanigan odamlarning ba’zilari u Zodiak bo‘lishi mumkin, degan fikrni bildirgan.

    Zodiakning fotoroboti va Geri Postning fotosurati

    Zodiakning fotoroboti va Geri Postning fotosurati

    The Case Breakers da’vo qilishicha, ular topgan odamlarning 20 nafari bergan guvohliklar Postning Zodiak bilan aloqasini u yoki bu tarzda tasdiqlay oladi. Ular orasidan olti nafariga Post o‘zining Zodiakligini aytgan. Yana bir necha kishi, shu jumladan, Postning sobiq kelinining aytib berishicha, u yoshlardan iborat kichik to‘da tuzib olgan, ular Postni ota timsolida ko‘rgan. Shuningdek, u quroldan foydalanishni bilgan, hayvonlarni o‘ldirgan, xotiniga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan.

    The Case Breakers Postning Gvenni ismli sobiq qo‘shnisi bilan ham suhbatlashgan, u bolaligida er-xotin (Post va xotini) bilan ko‘p vaqt o‘tkazgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol hozir qariyalar uyida yashaydi, yaqinda u bilan telefon orqali gaplashganida esa politsiyachilarga Postning o‘tmishi haqida gapirib bermaganidan afsusda ekanini aytgan. U nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritilmagan.

    Postning sobiq kelini Mishel Uinn The San Francisco Chronicle (Zodiak ushbu nashrga ham maktub yuborgan) gazetasiga bergan intervyusida uning sobiq qaynotasi xuddi o‘sha seriyali qotil ekaniga ishonch bildirdi. “Men u bilan yonma-yon yashaganman, uning xulq-atvorini bilganman, uning sirliligi va uddaburonligidan xabarim bor… Mening ichki tuyg‘um kuchli, odamlarni o‘qiy olaman”, — dedi u.

    Surishtiruv ishtirokchilari Zodiakning yana bir qotillikka aloqadorligini ma’lum qildi. Politsiya ularning versiyasini tekshirishdan bosh tortdi

    Havaskor detektivlar Post Zodiakning qilmishi deb hisoblanilgan yana bir jinoyatga aloqadorligini isbotlaganini qat’iy turib da’vo qilmoqda. Bu Kaliforniyaning Riversayd shahridan bo‘lgan 18 yoshli talaba qizning o‘ldirilishi bilan bog‘liq. 1966-yilda — Zodiakning birinchi mashhur qotilligidan ikki yil avval — u o‘zi o‘qiydigan kollej hovlisidan pichoqda berilgan ko‘plab jarohatlar bilan topilgan.

    The Case Breakers talqiniga ko‘ra, Postni Beytsning o‘ldirib ketilishi bilan kamida to‘rtta fakt bog‘lab turadi. Birinchidan, u Harbiy havo kuchlari bazasidagi gospitalda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, u esa qiz o‘ldirilgan joydan 15 daqiqa uzoqlikda joylashgan. Ikkinchidan, jinoyat joyidan bo‘yoq sachragan erkaklar qo‘l soati topilgan (Post ushbu qotillikdan uch yil avval bo‘yoqchi bo‘lib ishga kirgan).

    Uchinchidan, jinoyat joyidan taxminiy qotilning soatidan tashqari, erkaklar harbiy oyoq kiyimi poshnasining izi ham topilgan. Uning o‘lchami Postning oyoq kiyimi o‘lchamiga mos keladi, ustiga-ustak, shunga o‘xshash izlar Zodiak sodir etgan uchta qotillik joyida ham aniqlangan. Nihoyat The Case Breakers qayd etishicha, qurbonning mushti orasida qotilning bir necha tola qora sochlari qolgan, Post esa qora sochli bo‘lgan.

    The Case Breakers a’zolari o‘z topilmalarini Riversayd politsiyasi bilan bo‘lishganini ma’lum qildi. Ammo Zodiakni Cheri Beytsning qotili deb hisoblamaydigan politsiya Postning DNKsini qotilniki bilan taqqoslash uchun tahlil o‘tkazishdan bosh tortdi. “Bunga atigi bir necha daqiqa ketadi. Politsiyaning keyingi rahbari yuragi dov berib bu ishga kirishishiga umid qilishdan boshqa choramiz yo‘q”, — dedi Kolbert.

    U va guruhning boshqa ishtirokchilari fikricha, Zodiak kamida o‘n kishini o‘ldirgan. Manyakning o‘zi qurbonlari soni 37 ta ekanini da’vo qilgan.

    FQB va politsiya Zodiakning shaxsi haqidagi yangi versiya yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi. Ular bu versiyani ishonchli deb hisoblamaydi

    Huquq-tartibot organlari The Case Breakers’ning xulosalariga sovuqqonlik bilan qaradi. Politsiya va FQB (Federal qidiruv byurosi) rasmiy bayonotida ularni izohlay olmasligini, chunki Zodiak bo‘yicha ish hali yopilmaganini aytdi. “Ayni paytda bizda bo‘lishish mumkin bo‘lgan yangi ma’lumot yo‘q”, — deyiladi FQB xabarida. The San Francisco Chronicle nashrining har ikkala idoradagi manbalari esa The Case Breakers to‘plagan dalillar ishonchli bo‘lib ko‘rinmayotganini ma’lum qildi.

    “Ko‘rsatilayotgan odam Cheri Jo Beytsni o‘ldirgan bo‘lishi ehtimoli bormi? Yo‘q. Agar siz ular keltirgan ma’lumotlarni o‘qib ko‘rsangiz, bularning bari bilvosita dalillar ekanini ko‘rasiz. Bu unchalik ko‘p narsa emas”, — dedi Riversayd politsiyasi rasmiy vakili Rayn Reylsbek.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bir oy avval Riversayd politsiyasi Cheri Jo Beytsning qotilini tutishga yordam beradigan ma’lumot uchun 50 ming dollar va’da qilgan. Shundan keyin The Case Breakers ular bilan aloqaga chiqqan, ammo Reylsbek qo‘shimcha savollar berishni boshlaganida ularning muloqoti uzilib qolgan.

    The Chronicle qayd etishicha, politsiya va OAVga har yili qarindoshlari yoki tanishlari tomonidan Zodiak deb gumon qilinuvchi odamlar haqida yuzlab xabarlar kelib tushadi. Geri Post ham shundaylar orasida bo‘lgan. Olti yil burun oilasi a’zolaridan biri u haqda The Chronicle’ga xabar bergan, biroq o‘shanda politsiya u va manyak boshqa-boshqa odamlar ekanini ma’lum qilgan.

    The Case Breakers’ning xulosalari to‘g‘riligiga Devid Oranchak ham ishonch bildirmadi, u virjiniyalik dasturchi bo‘lib, 2020-yil dekabrida Zodiakning shifrlaridan birini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan havaskor shifrchilar guruhiga rahbarlik qilgan. Postning ismi qotilning maktublariga kalit bo‘lib xizmat qilishiga Oranchak Shubha bildirdi. Uning aytishicha, The Case Breakers anagramma (harflarning o‘rin almashinuvidan boshqa so‘z yasalishi)larni talqin qilgan, bu texnika esa shifrdan chiqarishning ko‘plab variantlarini olish imkonini beradi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda ham seriyali qotilning shaxsi haqidagi yangi versiya unchalik ishonchli emas, degan fikrni bildirishdi va uni ermak qila boshlashdi. Chunonchi, Postga o‘xshagani uchun aktyor Maykl Jey Foksni, ismi o‘xshash bo‘lgani uchun “Gubka Bob” multserialidagi shilliqqurt Gerini hamda shunday mem bo‘lgani uchun senator Ted Kruzni Zodiak deb atashdi. Devid Fincherning filmida detektiv rolini o‘ynagan aktyor Mark Ruffalo “Men avval ham bunday vaziyatga duch kelganman”, — deya yangi versiyaga izoh berdi.

    12.10.2021, 10:26   Izoh (0)   28637
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kim Chen In amaldorlarni KXDR aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga chaqirdi

    12.10.2021, 09:15

    Hindiston ichki ishlar vazirining o‘g‘li namoyishchilar o‘limida gumonlanib hibsga olindi

    12.10.2021, 08:26

    Uyqu va yolg‘izlik, ijtimoiy tarmoqlar va ko‘chmas mulk: Pavel Durov dunyoda yetarlicha qadrlanmaydigan va ortiqcha baho berib yuboriladigan narsalar ro‘yxatini tu...

    11.10.2021, 22:58

    COVID-19 xitoylik konchilar organizmidagi mutatsiyalar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin — olimlar

    11.10.2021, 21:27

    Xitoyda suv toshqinlari tufayli qariyb 2 mln kishi evakuatsiya qilindi

    11.10.2021, 21:11

    Aleksandr Shallenberg Avstriyaning yangi kansleri etib tayinlandi

    11.10.2021, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.