• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning ODKBda ishtiroki qayta tiklanishi mumkinmi? Abdulaziz Komilov javob berdi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)da ishtiroki qayta tiklanishi to‘g‘risidagi savollarga javob berdi.

    Foto: “Yangi O‘zbekiston”

    Foto: “Yangi O‘zbekiston”

    Komilovga ko‘ra, tashqi tajovuz holatida qurolli kuchlardan foydalanish huquqi inkor etib bo‘lmaydigan hodisa va aksariyat mamlakatlarning xavfsizlik sohasidagi milliy konsepsiyalari, shuningdek, harbiy-siyosiy blok shaklidagi turli birlashmalar doktrinalarining ajralmas qismi hisoblanadi.

    “O‘zbekiston esa hamisha barcha masalalarning, ayniqsa, uzoq o‘n yilliklar mobaynida barcha qo‘shni mamlakatlarda tashvish uyg‘otib kelgan Afg‘onistondagi nizoning tinch yo‘l bilan hal etilishini yoqlagan va yoqlaydi. Biz afg‘on muammosini hal etishning harbiy yo‘li yo‘q ekanini doimo ta’kidlab kelganmiz. Bugungi kunda jahon hamjamiyatida bu nuqtayi nazarga ko‘pchilik xayrixohlik qilmoqda. Afg‘onistondan xalqaro koalitsiya qo‘shinlari olib chiqilgani ham bizning yondashuvimiz to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi”, — deydi Komilov.

    Shuningdek, Abdulaziz Komilov O‘zbekiston milliy qonunchiligi, jumladan, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasiga muvofiq, mamlakat harbiy bloklarda ishtirok etmasligi to‘g‘risida bir-necha bor bayonot berilganini eslatib o‘tgan.

    “Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimiz o‘z milliy xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli salohiyatga ega ekani ham amaliy jihatdan o‘ta muhimdir. O‘zbekistonda harbiy qurilish sohasidagi islohotlar muvaffaqiyatli bormoqda, milliy armiyaning harbiy-texnikaviy bazasi mustahkamlanmoqda”, — deya qayd etadi tashqi ishlar vaziri.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlikka nisbatan tahdidlarga to‘qnash kelganda faqat harbiy kuch yo‘lini tanlash hamisha ham kutilgan natijani bermaydi. Komilov samaradorligi kam bo‘lmagan va hatto ko‘pgina holatlarda xavfsizlikka nisbatan tahdidlarga qarshi turishda lozim darajada ta’sirchan boshqa vositalardan biri sifatida diplomatiyani misol qilib keltirgan.

    “Markaziy Osiyoda mintaqa mamlakatlari yirik sheriklar bilan muloqotining ‘5+1’ shaklida muvozanatlashgan mexanizmlar tizimi mavjud. Bunday platformalar Rossiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya bilan munosabatlarda amal qilmoqda. Shuning bilan birgalikda, mintaqada KXShTdan tashqari, MDH va ShHT singari tashkilotlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning doirasida dolzarb masalalar, xususan, mintaqaviy xavfsizlik ta’minlanishiga, shuningdek, Afg‘oniston muammosiga doir masalalar muhokama etilmoqda.

    Yaqinda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan va Afg‘onistondagi vaziyatning muhokamasiga bag‘ishlangan KXShT sammiti hamda ShHT+KXShT formatidagi uchrashuvda O‘zbekiston faxriy mehmon, shuningdek, ShHT a’zosi sifatida ishtirok etgani ham vazmin va amaliy diplomatiyamizning tarkibiy jihati hisoblanadi”, — deydi u.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2017-yili O‘zbekiston KXShTga qayta a’zo bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi. O‘shanda vazir O‘zbekiston o‘zining hech qanday harbiy yoki siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik konsepsiyasiga sodiq qolishini ta’kidlagan edi.

    Mavzuga doir: “Tolibon” O‘zbekiston xavfsizligiga Afg‘onistondan hech qanday tahdid bo‘lmasligini qat’iy bildirdi

    08.10.2021, 19:41   Izoh (0)   23734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Termizdagi 9-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini borib ko‘rdi

    08.10.2021, 19:25

    Shavkat Mirziyoyev Tojikistondan o‘tuvchi Sirdaryo—Farg‘ona vodiysi yo‘li avval sinov tariqasida, so‘ng muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi

    08.10.2021, 18:43

    “Bosh vazir va vazirlarning parlamentda axborot berishi shunchaki xo‘jako‘rsinga bo‘layotgan tadbirlar emas” — Sodiq Safoyev

    08.10.2021, 18:12

    Kattaqo‘rg‘ondagi xonadonlarning birida gaz portladi. Xonadonga mehmonga kelgan erkak kuyish jarohati oldi

    08.10.2021, 17:10

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    08.10.2021, 16:59

    Shavkat Mirziyoyev: “Diplom mutlaqo kerak emas hozir — kasb kerak”

    08.10.2021, 16:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.