Aktrisa Luiza Rasulova YouTube’dagi “Salom live” kanaliga bergan intervyusida “Muhtasham yuz yil” turk seriali kastingida ishtirok etgani, Izabella roliga taklif qilingani, ammo serialdagi ochiq sahnalar tufayli surat tushishni rad etgani haqida gapirdi.
“‘Muhtasham yuz yil’ serialiga Ukrainada kasting bo‘lgan edi. Men serialdagi malika Izabella obrazi uchun sinov topshirganman. Turk rejissorlari o‘shanda videoqo‘ng‘iroq orqali ham kasting o‘tkazgan edi. Serialda ochiq sahnalar borligini bilganim uchun bu obraz menga to‘g‘ri kelmasligini tushunganman. Ularga qora sochli, osiyoliklarga xos tashqi ko‘rinishga ega qiz kerak bo‘lgan, men bu rolni rad etganman. Men o‘sha paytda juda yosh edim, hatto pasport ham olmagandim. Serial efirga uzatilganidan so‘ng unda suratga tushmaganimdan afsuslanganman. Chunki judayam yaxshi chiqqan”, — deydi Luiza Rasulova.
Izoh (0)