Qisqa videoroliklar uchun mo‘ljallangan TikTok ijtimoiy tarmog‘ining bir oydagi faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
“Butun dunyo bo‘ylab har oyda 1 milliarddan ortiq odam ko‘ngilxushlik, o‘rganish, kulish yoki o‘zi uchun qandaydir yangi narsa ochish uchun TikTok’ka kirmoqda”, — deyiladi xabarda.
App Annie tadqiqot statistikasi platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil davomida TikTok 2 milliard martadan ortiq yuklab olingan bo‘lib, dunyodagi eng ommabop dasturga aylangan.
Ijtimoiy tarmoq tarixi 2016-yilda ByteDance kompaniyasi tomonidan Doutin qisqa videolar servisining ishga tushirilishidan boshlangan. 2017-yilda ByteDance Musical.ly karaoke dasturini sotib olgan va oradan bir yil o‘tgach ikkala dasturni TikTok’ka birlashtirgan. Foydalanuvchilarining 60 foizidan ortig‘ini xitoyliklar tashkil etadigan dastur mamlakatda hamon “Douin” deb ataladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan bir oldin Tramp administratsiyasi ByteDance kompaniyasi TikTok’ni AQSh kompaniyalariga sotmasa, uni taqiqlash bilan tahdid qilgandi. Keyinroq TikTok kelishuv dorasida Amerika yurisdiksiyasi va AQShda shtab-kvartira ochib yangi kompaniyani tuzgani ma’lum bo‘ldi. Yangi kompaniya aksiyalarining aksariyat qismi amerikalik investorlarga tegishi kerak edi. Ammo keyinroq bitim amalga oshmadi, bunga Donald Trampning AQSh prezidentligidan ketgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Izoh (0)