Qirg‘izistonda 29-sentabr, Toshkent vaqti bilan soat 12:46 da yuz bergan zilzila Andijonning qator hududlarida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 349 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,7 ballga teng bo‘lgan.
Ushbu yerosti silkinishi Andijonning quyidagi hududlarida sezilgan:
- Xonobod tumani — 3-4 ball;
- Qo‘rgontepa tumani — 3 bal;
- Jalaquduq tumani — 2-3 ball;
- Xo‘jaobod tumani —2-3 ball;
- Andijon tumani — 2-3 ball;
- Paxtaobod tumani — 2-3 ball;
- Buloqboshi tumani — 2 ball;
- Andijon shahri —2 ball;
- Izboskan tumani — 2 ball.
Izoh (0)