2021-yilning avgust oyida O‘zbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingan, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston avgust oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,5 million dollar sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p.
Avvalroq O‘zbekistondagi bir nechta kompaniyalar 2021—2023-yillarda avtomobillar, pikaplar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarish va yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Prezident yiliga 50-60 ming dona hamyonbop avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, avtomobil sanoati uchun sarmoya kiritish zarurligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)