• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev ShHT majlisida kibermakondagi tahdidlarga qarshi axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertlar forumini ta’sis etishni ilgari surdi

    Shavkat Mirziyoyev kibermakondagi zamonaviy tahdid va xatarlarga munosib javob qaytarish uchun ShHTning axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertlar forumini ta’sis etish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 17-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan majlisda ShHTga a’zo davlatlar yetakchilari – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Xitoy raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston bosh vaziri Imron Xon va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi.

    Tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlardan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, faxriy mehmon sifatida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qatnashdi.

    Shuningdek, tadbirda Shanxay hamkorlik tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ijroiya organlarining rahbarlari ishtirok etdi.

    Sammit kun tartibiga muvofiq, ShHTning o‘tgan 20 yildagi faoliyatining asosiy yakunlari hamda ko‘p qirrali hamkorlikning istiqboldagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida bugungi xalqaro munosabatlarda Shanxay hamkorlik tashkilotining roli oshib borayotganini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “O‘tgan davrda ShHT xalqaro siyosatning muhim subyektiga aylandi, nufuzli xalqaro tuzilmalar qatorida munosib o‘rin egalladi. “Shanxay ruhi” tamoyillari asosida mintaqaviy sheriklik mustahkamlanib bormoqda. Yangi xatar va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi umumiy salohiyat ortib bormoqda, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligimiz kengaymoqda”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari ishtirokchilar e’tiborini ShHT kun tartibida turgan dolzarb masalalarga qaratdi hamda ularni hal etish yuzasidan aniq takliflarni ilgari surdi.

    “Bugun barchamiz jahonda va mintaqada keskinlik ortib borayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Pandemiyaning salbiy oqibatlari saqlanib qolmoqda. Bularning barchasi bizdan tashkilotimiz doirasida yanada jipslashishimizni va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimizni talab qilmoqda”, – dedi Prezident.

    O‘zbekiston yetakchisi umumiy xavf-xatar va tahdidlarga o‘z vaqtida va birgalikda javob qaytarish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ShHT makonida do‘stlikni mustahkamlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

    ShHT doirasida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish maqsadida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha 2023–2027-yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturni tayyorlash va qabul qilish taklifi bildirildi.

    O‘zbekiston Prezidenti savdo to‘siqlarini bartaraf etish, texnik reglamentlarni yaqinlashtirish, bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda o‘zaro bozorlarga chiqishni yengillashtirishni nazarda tutadigan Mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

    Tashkilotga a’zo mamlakatlarning biznes hamjamiyatlari vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirish masalalarini har tomonlama ko‘rib chiqish uchun kelgusi yilda O‘zbekistonda ShHT Iqtisodiy forumi va Sanoat yangiliklari haftaligini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

    ShHT sanoat kooperatsiyasi dasturini tez fursatda qabul qilish hamda a’zo davlatlar hududida industrial kooperatsiya markazlarini tashkil qilish muhim ekani qayd etildi.

    O‘zbekiston yetakchisi transport bog‘liqligini rivojlantirish bo‘yicha ShHT strategiyasining qabul qilinishi mamlakatlar tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish hamda “Sharq–G‘arb” va “Shimol–Janub” yo‘laklari tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “ShHT makonida infratuzilmaviy taraqqiyot bo‘yicha uzoq muddatli dasturni birgalikda tayyorlash tashabbusini ilgari suramiz. Unga energetika, kommunikatsiyalar, ‘yashil’ taraqqiyot sohalarida transchegaraviy loyihalarni kiritish mumkin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Kambag‘allikni qisqartirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalarining dolzarb ahamiyatini hisobga olib, O‘zbekiston Prezidenti bu borada vazirlarning uchrashuvlari va ekspertlar maslahatlashuvlarini muntazam o‘tkazish mexanizmini joriy qilish taklifini ilgari surdi.

    Mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish maqsadida sammit ishtirokchilarining e’tibori ShHT makonida ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining uchrashuvlarini qayta tiklash muhim ekaniga qaratildi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kibermakondagi zamonaviy tahdid va xatarlarga munosib javob qaytarish uchun ShHTning axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertlar forumini ta’sis etish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Biz ‘xalq diplomatiyasi’da birgalikda erishilgan natijalarni ijobiy baholaymiz. Qo‘shma madaniy, fan-ta’lim, sport va boshqa tadbirlarni faollashtirish maqsadida ’ShHT Ezgu niyat elchisi’ institutining ta’sis etilishi tarafdorimiz”, – dedi Prezident.

    Bundan tashqari, mamlakatlarning turizm sohasidagi hamkorligi to‘g‘risida hukumatlararo bitimni tayyorlash taklifi bildirildi.

    O‘zbekiston yetakchisi yana bir dolzarb mavzu – yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash, koviddan keyingi reabilitatsiya sohalaridagi hamkorlik, vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish masalalariga to‘xtaldi.

    So‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev uchrashuv ishtirokchilarini 2022-yil sentabr oyida O‘zbekistonda o‘tadigan ShHTning navbatdagi sammitiga taklif etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Majlis yakunida ShHTning 20 yilligi bo‘yicha Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilindi, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 30 ta hujjat imzolandi.

    Bundan tashqari, ShHT Bosh kotibi lavozimiga Chjan Min va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktorligiga Ruslan Mirzayev nomzodlari tasdiqlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazilgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti – Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti” formatidagi uchrashuvda ham ishtirok etdi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
    • ShHTga 2021—2022-yillarda raislik qilish rasman O‘zbekistonga o‘tdi
    • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi

    17.09.2021, 17:15   Izoh (0)   27388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi

    17.09.2021, 16:35

    Chorvoqqa olib boruvchi yo‘l marafon sabab ikki kun davomida ma’lum soatlarda yopiladi

    17.09.2021, 16:14

    ShHTga 2021—2022-yillarda raislik qilish rasman O‘zbekistonga o‘tdi

    17.09.2021, 15:15

    O‘zbekistonda xalifalik davlatini qurish g‘oyalarni targ‘ib qilib kelgan 12 kishi qo‘lga olindi

    17.09.2021, 14:37

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshidan salqin tushishi kutilmoqda

    17.09.2021, 14:16

    Uzbekistan Airways oradan 6 yil o‘tib, Toshkent va Kiyev o‘rtasida aviaqatnovlarni tiklamoqda

    17.09.2021, 13:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.