• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Qatar ayollariga huquqlarini qaytarib bergan birinchi xonim — shayx Moza hikoyasi

    Sharq ayoli deganda ko‘z o‘ngimizga to‘q libosga burkangan, umr yo‘ldoshining itoatli soyasi bo‘lib yuradigan ayol keladi. Ammo dunyo o‘zgaradi, bir joyda turmaydi. Shayx Moza esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. U sharq ayolining nufuzli shaxs bo‘la olishi mumkinligini isbotlay olgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Ushbu ayol shunchaki moda ixlosmandi emas, o‘ziga xos uslubda kiyinishning namunasi ham sanaladi. Ammo bu hali hammasi emas, shayx Moza siyosat va biznesda ham o‘zini sinab ko‘rgan hamda muvaffaqiyatga erishgan. Kiyinish borasida yangiliklardan cho‘chimaydi, ammo shu bilan birga, obrazlaridan an’analarga sodiqligi ufurib turadi.

    Foto: Instagram / @mozabintnasser

    Foto: Instagram / @mozabintnasser

    Yetti nafar farzandli bo‘lishiga qaramay, u hamon sarvqomat

    Nozik qaddi-qomatiga havas qilsa arziydigan Shayx Mozaning 7 nafar farzandi borligiga ishonish qiyin. U farzandlarining barini 1995—2013-yillar oralig‘ida dunyoga keltirgan. Xamad bin Kalif al-Tanining ikkinchi rafiqasi Mozani ko‘rganida Qatar aholisi hayratdan yoqa ushlagan. Uning boshqa ayollardek o‘ranib yurmasligi, qomatiga urg‘u beradigan liboslarni kiyishi barchani lol qoldirgan. Qolaversa, ayol kishining davlat ishlarida faolligi, hamisha qabul va ish bilan bog‘liq tushliklarda turmush o‘rtog‘i bilan yelkama-yelka turishi ham fuqarolar uchun yangilik bo‘lgan.

    Birinchi ta’lim, keyin “oq otdagi shahzoda”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Shayx Moza bolaligidanoq qalbi va tafakkuriga quloq solib ulg‘aygan. Qatarning merosxo‘r shahzodasi unga turmush qurishni taklif qilganida u 18 yoshda bo‘lgan. Ammo u oila qurishga qaror qilishdan avval ta’lim olishni muhim deb hisoblagan. Qatar universitetida o‘qib, Amerikada staj o‘taganidan keyingina turmushga chiqishga rozilik bergan. Oila qurganidan keyin esa o‘zini oilasiga bag‘ishlagan.

    Foto: Instagram / @mozabintnasser

    Foto: Instagram / @mozabintnasser

    Turmush o‘rtog‘i uning erkini cheklamagan

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    1995-yilda Mozaning umr yo‘ldoshi Qatar amiri bo‘lgan. Boshqalardan farqli o‘laroq, yangi amir go‘zal, jozibali va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayolini uyda olib o‘tirmagan. Xonim avvaliga ayollarga xos xayriya, ta’lim va gumanitar loyihalar bilan shug‘ullangan. Ammo keyinchalik xalq orasida amirning o‘qimishli ayoli unga ta’sir ko‘rsata boshladi, degan mish-mishlar tarqalgan. “Kulrang kardinallik” unga yuqori rasmiy lavozimlarni egallash, YuNESKO maxsus elchisi bo‘lish, qolaversa, boshqa mamlakatlarga ta’lim masalasi bo‘yicha safar qilish imkonini bergan.

    Bolalarni o‘qitish va nochorlarni davolash

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Moza siyosiy va moliyaviy masalalarni hal qilish bilan ham shug‘ullangan. U tomonidan asos solingan Arabiston demokratik fondi mustaqil OAVlarni qo‘llab-quvvatlagan. Moza oilaviy masalalar bo‘yicha Oliy kengashga rahbarlik qiladi. U dunyoning turli burchaklaridagi bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Buning uchun u turli mamlakat liderlari bilan ko‘rishadi hamda ta’lim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan muzokaralar olib boradi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, qurbi yetmaydigan kishilarni davolash uchun millionlab mablag‘ sarflaydi.

    “Sharq ayollariga ozodlik!”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Mozaning Qatarda paydo bo‘lishi ayollar bilan bog‘liq vaziyat, ularga bo‘lgan munosabatning keskin darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Nozik jins vakillari saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi, mashina boshqarishga ruxsat berildi, shu bilan birga, kiyinish bilan bog‘liq talablar ham avvalgisidan farq qila boshladi. Sohibjamol va sarvqomat ayol boshqalardan farqli ravishda, ammo shu bilan birga, sharqona chegaralardan chiqmagan holda kiyinishi bilan barchani o‘ziga mahliyo qilgan.

    Hijob o‘rniga libos va turban

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    2002-yildan hijob kiyishni bas qilgan Moza uzun ko‘ylak hamda sochlarini turban ostiga yashirgan holda ko‘rinish bergan. Qomatiga urg‘u berib turadigan o‘ziga xos libos hamda boshidagi aksessuar o‘zgacha uslubda ko‘rinishiga hissa qo‘shgan.

    https://www.instagram.com/p/Bfv_8foBqjs/

    Qatarning amiri sifatida ma’lum bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bunga qarshilik qilmagan. Rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi, suratga tushishiga izn bergan.

    O‘jar, aqlli va sevimli

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Amirning uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashining sababi — har doim o‘z fikri va pozitsiyasiga ega bo‘lgan ayolni sevishida. Mozadan keyin mamlakatdagi boshqa ayollar ham kiyinish borasida undan ilhomlangan. Uzun, ammo chiroyli ko‘ylak kiya boshlagan nozik jins vakillari u singari turbandan foydalangan.

    https://www.instagram.com/p/BlNyVuLg_59/

    Ammo Moza ko‘ylakning o‘zi bilan cheklanmagan, katta kamarli kostyumlar, kofta va shimlar, hatto kardigan bilan moslab jinsi ham kiya boshlagan. Did va uslubni kiyinishida umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Moza obrazlarini shaxsan o‘zi tanlaydi. Dunyoga mashhur brendlardan kiyinishni afzal biladigan xonim Valentino brendining ashaddiy muxlislaridan sanaladi.

    Xalqining qalbidan joy olgan ayol

    Foto: Instagram / @mozabintnasser

    Foto: Instagram / @mozabintnasser

    Aholining Mozaga bo‘lgan sevgisi o‘zgacha. U rasmiy uchrashuvlardagi aksariyat suratlarida juda ham dilbar va latofatli ko‘rinadi. Boshqa birinchi xonimlar davrasida ham bashangligi bilan ajralib turadi. Qaddini qirollik oilasi vakillariga xos tik tutishi, baland poshnasi va yuzida aks etgan o‘ziga bo‘lgan ishonchi barchani jalb qiladi.

    https://www.instagram.com/p/BoFTnwDAvhF/

    Moza endilikda birinchi xonim emas, biroq hozirgi mamlakat rahbarining volidasi hisoblanadi. 2013-yilda katta o‘g‘li Tamim bin Hamad at-Tani Kilian Qatarning yangi amiri bo‘lgan. 27 nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, sobiq amir mamlakatni Mozaning o‘g‘li boshqarishini istagan.

    Mavzuga doir:

    • Foto: Dunyodagi eng badavlat sportchilarning rafiqalari
    • Yevropaning eng badavlat malikalari (foto)
    • Eng qattiqqo‘l davlat rahbarlarining rafiqalari qanday uslubda kiyinadi? (foto)
    • Foto: Taniqli milliarderlarning rafiqalari (foto)

    15.09.2021, 14:54   Izoh (0)   62819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qulog‘ini kesib tashlagan Van Gog, och qolgan Shubert, yolg‘izlikda o‘lim topgan Rembrandt — qashshoqlikda vafot etgan buyuk daholar (foto)

    10.09.2021, 15:46

    “Vaqtim bo‘lmadi va fond ochishga qo‘rqdim”. Shohrux Sardor Rahimxon sabab shou-biznesdan ketib, nima sababdan uning loyihasida qolmaganini izohladi (video)

    08.09.2021, 14:59

    Benksining shreder yordamida maydalangan surati yana sotuvga qo‘yiladi. Uning narxi 4 barobarga oshgan

    05.09.2021, 19:59

    Fathulla Ma’sudovdan Dilbar Ikromovagacha: marhum ijodkorlarning yaqinlariga davlat mukofotlari topshirildi (foto)

    02.09.2021, 17:53

    Ermitaj Da Vinchi, Van Gog va Mone kartinalarining NFT-nusxalarini auksionga qo‘ydi

    02.09.2021, 09:45

    Zulayho Boyxonova Mustaqillik bayrami tadbirida shifokorlar haqida qo‘shiq kuyladi (video)

    31.08.2021, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yaxshiyam o‘g‘lim yo‘q”. AQSHning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama qizlarning onasi bo‘lish qanday tuyg‘u ekani haqida

    Layfstayl | 24 iyun, 18:55

    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 24 iyun, 18:00

    Rossiyalik ayol yarim kilogramm og‘irlikdagi ulkan sarimsoq yetishtirdi (foto)

    Layfstayl | 24 iyun, 18:41

    Mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistondagi OTMlarda taʼlim olishi qayta tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 18:31

    O‘zbekistonda besh oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 18:10

    Nima uchun quyoshga uzoq vaqt qarash mumkin emas?

    Layfstayl | 24 iyun, 17:55

    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

    Reklama | 24 iyun, 16:30

    Lionel Messi 38 yoshda: kichik Rosariodan Mayamigacha bo‘lgan sayohat

    Sport | 24 iyun, 17:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.