O‘zbekistonda avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish narxi 10 foizga arzonlashdi, deya xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 28-iyuldagi qarori bilan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Endi fuqarolar avtotransport oynalari tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnomani onlayn olib, 10 foiz chegirmaga ham ega bo‘ladi. Shu orqali “tonirovka”ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 mln 300 ming so‘mga arzonlashadi.

Xizmatning yana bir jihati to‘lov amalga oshirilgach, uzog‘i 2 soat ichida fuqaroning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga elektron ko‘rinishdagi QR-kodli sertifikat, ya’ni ruxsatnoma kelib tushadi. Uni istalgan vaqtda yuklab olish mumkin.