Ko‘pchilik yoqtirgan hamda tez tayyorlanadigan pitssani unsiz ham tayyorlash mumkin. Ushbu noodatiy retseptni sinab ko‘rishni tavsiya qilamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- gulkaram — 1 dona;
- tuxum — 1 dona;
- motsarella — 180-190 gramm;
- parmezan — 50-60 gramm;
- o‘simlik moyi — 1 osh qoshiq;
- pomidor sousi — 3-4 osh qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
- Gulkaram mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
- Qaynoq suvga solib, 220 darajada qizdirilgan pechga qo‘yiladi.
- Suyuqlik qaynab chiqqach, karam qolipga bir qatlam qilib joylashtiriladi. Pechga yana 3-4 daqiqaga qo‘yiladi.
- So‘ngra ortiqcha namlikni olib tashlash uchun karam qog‘oz salfetkalar ustiga yoyib chiqiladi.
- Suvi qurigandan keyin blender yordamida maydalab, suyuqligi siqib olinadi.
- Maydalangan gulkaram tuxum, 80-90 gramm qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella, parmezan, tuz va murch bilan aralashtiriladi.
- Tayyor bo‘lgan massa yog‘langan pishiriq qog‘oziga joylashtiriladi. Taxminan 20 daqiqa davomida pechda pishiriladi.
- Pitssaning yuzasiga sous va qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella sepiladi va yana 10 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
Izoh (0)