Mazali shirinlikni nafaqat nonushtaga, balki kunning istalgan vaqtida iste’mol qilishingiz mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- olma — 4 dona;
- limon sharbati — 1 osh qoshiq;
- shakar — 200 gr;
- mayiz — 150 gr;
- maydalangan dolchin — 1-2 osh qoshiq;
- qat-qat xamir — 250 gr;
- tuxum — 1 dona;
- sut — 60 ml;
- shakar kukuni.
- Olmaning uchtasini yupqa qilib kesing, to‘rtinchisini qirg‘ichdan chiqaring.
- Ustidan limon sharbati quying.
- Shakar, mayiz va dolchin qo‘shib aralashtiring.
- Xamirni ikkiga bo‘lib, yupqa qilib yoying.
- Qandolat qog‘ozi solingan list ustiga xamir soling.
- Xamirning yarmiga nachinkani solib, ikkinchi yarmi bilan ustini yoping.
- Chetlarini biriktirib chiqing.
- Chaqilgan tuxum va sut aralashmasini xamir ustiga surting.
- Ustidan pichoq bilan nomiga tilib chiqing.
- 200 daraja qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib oling.
- Ustidan shakar kukunini sepib chiqing.
Izoh (0)