• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    39 yil komada yotgan Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi vafot etdi. Jan-Pyer Adams va unga so‘nggi pallagacha sodiq qolgan ayol haqida hikoya

    “PSJ” va Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jan-Pyer Adams 2021-yilning 6-sentabr kuni 73 yoshida vafot etdi.

    Adams 1981-yilda 33 yoshida faoliyatini yakunlagan. 1982-yilda esa jarrohlik amaliyotidagi tibbiy xato tufayli komaga tushib qoladi va 39 yil davomida hushiga kelmaydi. Bu yillar davomida unga rafiqasi Bernadett qaragan.

    “Daryo” 2020-yilning may oyida Adamsning futbol va uning tashqarisidagi hayot yo‘li haqida hikoya qilgandi. Quyida ushbu maqola ba’zi o‘zgarishlar bilan qayta taqdim etiladi.

     

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jan-Pyer Adams — 1948-yil 10-mart sanasida tavallud topgan. Yoshi katta futbol muxlislari uni “Nitssa” hamda “PSJ” klublaridagi faoliyati orqali tanishlari mumkin. Adams Fransiya terma jamoasi tarkibida (1972—1976-yillar) 22 ta o‘yin o‘tkazgan.

    Ular 1982-yildan beri gaplashmayotgandi.

    1981-yilda Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jan-Pyer Adams faoliyatini yakunlaydi. U o‘sha vaqtda endigina 33 yoshda edi. U faoliyatining oxirgi yilini Burgundiya janubidagi havaskor “Shalon”da o‘tkazadi. Uning jamoadoshlari orasida Yozef Kloze (Miroslav Klozening otasi) bor edi.

    Adams kelajakda murabbiy bo‘lmoqchi edi va allaqachon o‘quv kurslariga qatnashishni boshlagandi. 1982-yilda Jan-Pyer tug‘ilgan kunini nishonlab bo‘lgach, malaka oshirish kurslarini davom ettirish maqsadida “Dijon”ga yo‘l oladi. U yerda esa butun hayotining izdan chiqishiga sabab bo‘lgan jarohatni orttirib oladi.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Shundan so‘ng Adams “Lion” klubidagi shifokor oldiga dastlabki tekshiruv uchun boradi. Shifokor jarohat jiddiy emasligini, biroq imkon qadar tezroq jarrohlik amaliyotini o‘tkazish kerakligini aytadi, agar vaqt o‘tib ketsa, jiddiy ko‘rinish olishi mumkinligidan ham ogohlantiradi.

    “Hammasi joyida, men ajoyib formadaman”, — deb Jan-Pyer Lionning g‘arbidagi kasalxonalardan biriga yo‘l oladi.

    Afsuski, shundan so‘ng Adamsni hech kim hushiga kelgan holda ko‘rmaydi.

    Adams 1948-yilda Dakarda tug‘ilgan, u paytda Senegal hali mustaqil davlat bo‘lmagan. Senegal Fransiya G‘arbiy Afrikasi tarkibida bo‘lib, Dakar uning poytaxti bo‘lgan.

    Ikkinchi jahon urushidan keyin Afrikadagi hayotning qanchalik og‘ir kechganini tasavvur qilishning o‘zi mushkul. Jan-Pyer diniy qadriyatlarga qat’iy amal qilinadigan ko‘p farzandli katolik oilaning to‘ng‘ichi edi. Bolaligidan uning futbolga bo‘lgan mehri bo‘lakcha bo‘lgan. Amakisi Aleksandr Diyediu mahalliy “Janna d’Ark” klubida o‘ynardi. Biroq Adamsning ota-onasi uning bilim olishiga urg‘u berar va agar u past baho oladigan bo‘lsa, unga futbol o‘ynash taqiqlanardi.

    Jan-Pyer 10 yoshga to‘lganida buvisi uni Yevropaga diniy ziyoratga olib boradi va Parijdan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Montarji shahridagi Sen-Lui maktabiga joylashtiradi. Buvisi Afrikaga qaytadi, Jan-Pyer esa Fransiyada qoladi — uni Jurdenlar oilasi asrab oladi.

    “Men bo‘yinbog‘ini yo‘qotgan kuchukchaga o‘xshar edim”, — deb yodga olgandi o‘sha davrlarni futbolchi.

    O‘tgan asrning 50-yillarining oxiri 60-yillarning boshida Fransiyada qora tanlilarga oson emasdi, buning ustiga yaqindagina Afrikadan kelgan bo‘lsa.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Uning zulm va dilgirliklardan nari bo‘lishi va atrofga moslashishida futbol katta ahamiyat kasb etdi. Jismonan baquvvat bo‘lgani uchun sinfdoshlari orasida tezda qadrlandi. Yigitcha mahalliy sport maktabining U-13 jamoasida o‘ynay boshladi va tengdoshlari orasida hurmat qozondi, hatto unga kinoya bilan “oq bo‘ri” laqabi berildi.

    Jan-Pyer o‘rta maktabni qoniqarli baholarga tamomlab, stenograf sifatida o‘qishni boshladi. Ammo tez orada bu uning joniga tegadi, maktabni tashlab, rezina zavodiga ishga kiradi. Shu bilan birga futbol o‘ynashda ham davom etadi.

    Shundan so‘ng mahalliy “Montarji” jamoasida o‘ynay boshlaydi va Lui Gabrio boshchiligida Fransiya havaskorlar chempionatida g‘olib bo‘ladi. O‘sha paytdan boshlab Adamsga muammolar “hamroh”lik qilishni boshlaydi.

    Birinchidan, u bir necha bor tizzasidan jiddiy jarohatlar oladi. Ikkinchidan, uning jamoadoshi, yaqin do‘stlaridan biri, Mishel Slot mashina urib yuborishi oqibatida nogiron bo‘lib qolsa, Alen Gerton Osiyoga sayohat paytida virus yuqtirib oladi va vafot etadi.

    Jan-Pyer 19 yoshida harbiy klub — “Antanta Banio Fontenblo Nemur”ga o‘tadi. Bu ham havaskorlar jamoasi edi, ammo Adams buni oldinga tashlangan jiddiy qadam sifatida qabul qiladi. Afsuski, hali quvonishga erta edi. Xizmat boshlanishi bilan u yana bir sinovga duchor bo‘ladi — Adams va uning do‘sti avtohalokatga uchraydi. Futbolchining o‘ng ko‘zining tepasidagi chandiqlar bir umrga saqlanib qolgan bo‘lsa, do‘sti voqea joyida vafot etadi.

    Jan-Pyer bir necha oydan so‘ng o‘ziga keladi, biroq bu vaqtga kelib u sport formasini yo‘qotgandi. 1968-yilda Montarjidagi tungi klubda yoqimtoygina malla soch qiz Bernadett bilan uchrashib qoladi. U svingni (60-yillarda mashhur bo‘lgan jaz raqsi) yaxshi ko‘rardi.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    “Men faqat raqsga tushardim. Uchrashganimizda u mushaklari tog‘dek yigit bo‘lgan. U men kabi juda xushchaqchaq va dam olishni yaxshi ko‘rar edi”, – deb eslaydi qiz The Times gazetasiga bergan intervyusida.

    Ayol ishchilar oilasidan, otasi oddiy quruvchi bo‘lib ishlardi va qizining qandaydir qora tanli bilan yaqin munosabatlarda bo‘lishiga unchalik xayrixohlik bildirmagan. Onasi esa bunga uzoq vaqt davomida qarshilik qiladi va to‘yga rozilik bermaydi. Shu bois Bernadett, hatto uydan qochib ketishgacha boradi. Ammo bir yildan keyin to‘y bo‘ladi va ular qizning ota-onasi bilan yarashib oladi.

    “Dastlab oilam uchun buni qabul qilish juda qiyin bo‘lganini rad etmayman. O‘sha paytlarda qora tanli erkak va oq tanli ayol juftligi unchalik yaxshi qarshilanmasdi. Shunga qaramay biz birga yashay boshladik va turmush qurishga qaror qildik. Ota-onamga yangilikning o‘zi va to‘y kuni haqida xabar berdim va taklifnoma yubordim. Onam bizni kechki ovqatga taklif qildi. Shundan so‘ng hamma narsa ko‘ngildagidek bo‘lib ketdi, ular Adamsni mendan ham ko‘proq yaxshi ko‘rib qoldi. ‘Jan-Pyer, Jan-Pyer’ deya ular faqat Jan-Pyer haqida gapirardi”, — deya eslaydi Bernadett.

    Adams jamoada tezda asosiy va yetakchi o‘yinchiga aylandi. Yorqin o‘yinlari bilan 22 yoshida Liga 1 klublarining qiziqishiga erishdi. U “Nim” klubida ko‘rikdan o‘tadigan bo‘ldi. O‘rtoqlik uchrashuvi Ruan shahrida bo‘lib o‘tdi. Adamsni u yerga Bernadett olib bordi.

    Birgina o‘yinda Jan-Pyer murabbiylar shtabiga shunchalik qattiq ta’sir qila oldiki, ular darhol u bilan professional shartnoma imzoladi. “Senda yosh bo‘rining barcha xislatlari bor, agar ishlashdan to‘xtamasang, haqiqiy timsohga aylanasan (“Nim” klubining laqabi — tahr.)”, — degandi taniqli murabbiy Kader Firud futbolchiga.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Adams “Nim”ga o‘tguniga qadar hujum chizig‘ida o‘ynardi. Yangi klubda esa u asta-sekin hujumchidan yarim himoyachiga, yarim himoyachidan himoyachiga aylantirildi. Bu esa Adamsga yoqmasdi va hatto jamoadan ketmoqchi ham bo‘ladi. Biroq Firud uning faoliyatida muhim o‘rin tutadi va uni jamoada olib qoladi.

    O‘sha vaqtlarda “Nim” so‘nggi yillardagi kabi o‘rtamiyona va autsayder emasdi, balki o‘z tarixidagi eng yaxshi davrlarni o‘tkazayotgan, chempionlik va Yevrokuboklar uchun kurashayotgandi.

    “Nimliklarning kuchli himoyasida tom ma’nodagi ustun, kuchli, g‘ayrioddiy sportchi bor. Bu Jan-Pyer Adams! Men har doim yiliga ikki marta bo‘ladigan Adams bilan to‘qnashuvdan cho‘chirdim va doimo o‘zimni chetga olishga harakat qilardim”, — degandi “Nant”da o‘ynagan Argentina milliy terma jamoasining sobiq sardori Anxel Markos.

    “Nitssa” klubi fizioterapevti hech qachon Adamsniki kabi baquvvat mushaklarni ko‘rmaganini aytgan ekan. “U shimlarni tikuvchilarga alohida buyurtma berardi, chunki odatdagilari unga mos kelmasdi”, — deydi Bernadett.

    Adams 24 yoshida Fransiya terma jamoasiga birinchi marta chaqiriladi. Va ushbu jamoaning birinchi qora tanli o‘yinchilaridan biriga aylanadi. O‘shanda Fransiya terma jamoasi turg‘unlik davrini boshdan o‘tkazayotgan o‘rtamiyona jamoa edi. Biroq bu futbolchiga o‘z ta’sirini o‘tkazmadi. “U tabiatan kuchli va qat’iyatli, shu bilan birga olijanob qalb egasi edi”, — deydi u haqida o‘sha paytdagi terma jamoa sardori Anri Mishel.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Adams himoya markazida Marius Trezor bilan kuchli juftlik yarata oldi. Shu bois fransuz matbuotida ularga “Qora gvardiya” deb nom berildi, chunki ular bir-birining o‘rnini to‘ldirardi. Adams ko‘proq atletik va tezkor bo‘lsa, Trezor og‘irroq harakat qilsa-da, texnika borasida unda muammo yo‘q edi. “Adams va Trezor butun Yevropaning eng yaxshi markaziy himoya juftliklaridan biri”, — deya ularni maqtagandi Frans Bekkenbauer.

    Jan-Pyer maydon tashqarisida ham stadiondagidan kam bo‘lmagan. Hayotdan zavqlanar, xushbichim kiyimlarni yaxshi ko‘rardi. “U har doim xushchaqchaq yurardi va hayotni sevardi, shu bilan birga uni ham ardoqlashardi”, — deydi Bernadett.

    1973-yilda Adams “Nitssa”ga ko‘chib o‘tadi. O‘sha paytlarda klubda hammasi joyida bo‘lgan. Moliyaviy masalalar bo‘yicha hech qanday muammolar bo‘lmagan. Hatto braziliyalik mashhur Jairzinyoni ham jalb qilmoqchi bo‘lishgan.

    U yerda Adams uch mavsumni o‘tkazadi va muntazam terma jamoaga chaqirilib turadi va 22 ta o‘yin o‘tkazadi. Jamoa yuqori o‘rinlarga intilsa-da, chempion bo‘lolmasdi. Adams esa tez-tez jarohat olardi. Shu bois terma jamoadagi o‘rnini boy berib qo‘yadi va oldingi darajasiga qaytolmadi. Keyin esa “Nitssa”dan ketishga to‘g‘ri keladi.

    Shundan keyin u “PSJ”ga taklif qilindi. Parij klubi o‘sha paytlardan boshlab yulduzlarni yig‘ishni boshlagandi. Afsuski, Parijda Adamsning omadi unchalik ham yurishmaydi.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Keyin esa “Myuluz”dagi qisqa faoliyat va shu bilan uning professional faoliyati deyarli yakunlanadi.

    “Shalon” fransuz futbolining beshinchi divizionida — havaskorlar darajasida o‘ynardi. Adams jamoada o‘ynovchi murabbiy sifatida harakat qila boshlagan.

    Fransiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi mo‘jazgina jamoaning qiyofasini o‘zgartirib yuborgandi. Endi stadion tribunalari to‘lib-toshardi.

    Uning “Shalon”dagi faoliyati ham yomon o‘tmaydi. Jamoa to‘rtinchi divizionga yo‘l oladi. Adams esa 1981-yilning yozida Jan-Pyer futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikka e’tibor qaratadi. Adams har hafta Burgundiyaning eng yirik shahri Dijonda o‘quv kurslari o‘tardi. Biroq uchinchi kunga kelib, u tizzasini shikastlab oladi — bu uni faoliyatining boshidan beri tinch qo‘ymayotgan jarohat edi.

    Keyin nima bo‘lganini yaxshi bilasiz. Lionga operatsiya uchun keladi. Odatiy kun, chorshanba. Nima ham bo‘lishi mumkin? O‘sha kuni shifokorlar ish tashlagan va xodimlar odatdagidan ancha kam edi.

    Bir necha soat o‘tishiga qaramay, Bernadettning ikki qo‘ng‘irog‘iga javob berilmaydi. Bu esa uni xavotirga sola boshlaydi. Vanihoyat uchinchi qo‘ng‘iroqdan keyin jiddiy va qo‘rqinchli ovozda shunday deyiladi: “Bernadettmi? Tezda yetib keling”.

    Bundan ayol o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. U o‘g‘illari — Loran va Frederikni ota-onasiga qoldirib, klubning ikki xodimi bilan Lionga boradi.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    U yerga borgach, Jan-Pyerning komaga tushib qolganini biladi. Jarrohga yordam bergan anesteziolog shprislarni adashtirib qo‘ygan ekan. Adamsni bir necha soat uxlatishi kerak bo‘lgan dori o‘rniga uni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan dori yuboriladi. Bernadett palatada bir necha kunni tanaffussiz o‘tkazadi, biroq eri hushiga kelmaydi. “Men uning to‘shakda yotganini ko‘rdim, hamma joyiga naychalar ulangandi. Besh kun kasalxonadan chiqmadim. Men uning hademay uyg‘onishiga ishonardim va men uning yonida bo‘lishim kerak edi”, — deydi Bernadett.

    Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ish tashlash tufayli xodimlar kamligi uchun bir shifokor sakkizta bemorga qarashi kerak bo‘lgan, ulardan biri og‘ir ahvoldagi yosh bola bo‘lib, alohida e’tiborga muhtoj edi. Bundan tashqari Adams uzoq vaqt yotishga mo‘ljallanmagan to‘shakka yotqiziladi. Shu sababli hatto yostiqlardan biri sirg‘alib yerga tushib ketadi. Adams yomon intubatsiya qilingani sababli, bitta naycha o‘pkaga olib boradigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi va unga havo yetib bormaydi. Kislorod butun tanaga tarqalmaydi. Bu yurakning to‘xtashiga va Jan-Pyerning komaga tushishiga sabab bo‘ladi.

    Vaziyatni murakkablashtirgan jihat, Adamsning tajribali shifokor tomonidan emas, balki stajyor tomonidan kuzatilganidir. U xatosini sudda ham tan oladi: bemor terisining qora rangdaligi tufayli anafilaktik shok holatida ekanini tushunolmaydi — oq terida bu holat moviy tus oladi.

    Uch hafta o‘tgach, Adams uyg‘onadi. Ammo miyaning shikastlanishlari oqibatlari dahshatli edi, tana harakatlanishdan to‘xtadi. Jan-Pyer vegetativ (miya yarimsharlarining lat yeyishi yoki funksiyasi buzilishi natijasida ruhiy faollikning yo‘qolishi, ammo vegetativ va harakatlanish reflekslarining saqlanib qolishi) holatga tushib qoladi.

    Noyabr oyida Fransiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi uyiga yaqinroq bo‘lgan Shalon kasalxonasiga olib kelinadi. U yerda Bernadett har kuni shifoxonaga kelishi mumkin edi. Ammo erining ahvoli yomonlashardi: kuchli va baquvvat odam bir oyda 11 kilogramm vazn yo‘qotadi, jarohatda yallig‘lanish paydo bo‘ladi va infeksiya suyaklargacha yetib boradi. Yana bir operatsiya o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.

    Vaziyat birmuncha barqarorlashdi. Biroq to‘qqiz oydan so‘ng, shifoxona xodimlari yelka qisib: “Biz qo‘limizdan kelganini qildik”, — deydi. Shifokorlar Bernadettga erini malakali mutaxassislar kuzatishi mumkin bo‘lgan qariyalar uyiga yuborishni maslahat beradi.

    “Ular unga qanday g‘amxo‘rlik qilishni biladi deb o‘ylamayman, shuning uchun uni uyga olib keldim. O‘shandan beri unga o‘zim g‘amxo‘rlik qilaman”, — deydi Bernadett.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Adams ma’lum kognitiv funksiyalarni saqlab qolgan: ko‘zlarini ochadi, nogironlar aravachasida o‘tiradi, ovqatlanadi, lekin harakat qilolmaydi va gapira olmaydi. Bernadett esa uning gaplarni tushunishiga va ovozlarni eshitishiga ishonadi.

    Bernadett qo‘rqadigan narsa — eridan oldin hayotdan ko‘z yumish. “Unga kim g‘amxo‘rlik qiladi? Mensiz u nima qiladi”, — deydi ayol.

    1982-yilda Adams komaga tushganidan so‘ng, Bernadett qiyin moliyaviy ahvolga tushib qoladi. Kasalxona aybini tan olishni istamagani uchun hech narsani qoplab bermaydi.

    Unga futbol yordam beradi: federatsiya, liga va terma jamoaning sobiq o‘yinchilari.

    PSJ, “Nim” hech qanday muzokaralarsiz Bernadettga pul o‘tkazib turadi. Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan ham haftasiga pul o‘tkazmalari amalga oshirilib turiladi.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    Faqat 1989-yilga kelibgina shifokorlarning xatosi isbotlanadi. Buning uchun 12 yil kerak bo‘ldi va shu vaqt davomida futbol oilaga moddiy tomondan ko‘mak berib turdi. “Agar futbol olami qo‘llab-quvvatlamaganida, bizning ahvolimiz ne ko‘yga tushishini o‘ylashning o‘zi og‘ir”, — deydi Bernadett.

    “Men uchun vaqt 1982-yilning 17-martida to‘xtab qolgandek. Yomon ham, yaxshi narsalar bo‘lmaydigandek”, — deb afsus bilan eslaydi Bernadett.

    Adamsga evtanaziya taklif qilingan, ammo Bernadett bunga qarshi bo‘lgan. Jan-Pyerning do‘sti Marius Trezor esa boshqacha fikrda. U do‘stligiga qaramay, biror marta sobiq jamoadoshini ko‘rishga kelmagan. Boisi, u kuchli his-tuyg‘ulardan qo‘rqadi. “Agar Jan-Pyer uyg‘onsa ham, hech kimni tanimaydi. Shunday yashab bo‘ladimi? Agar men bilan bunday narsa yuz bersa, rafiqamga meni bunday saqlamaslikni aytaman”, — deydi Trezor.

    Ammo Bernadett 39 yildan ko‘proq vaqt davomida Jan-Pyerga g‘amxo‘rlik qilib keldi. Jan-Pyer 73 yoshida vafot etdi, er-xotin shuncha yil davomida gaplashmagan, biroq Bernadett so‘nggi pallagacha bir kun kelib tibbiyot erini qaytarishiga ishondi. Afsuski, bunday bo‘lmadi...

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    07.09.2021, 00:21   Izoh (0)   143580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tahoe, Traverse, Trailblazer avtomobillari va Toshkent shahridan uylar. Tokio—2020 Paralimpiadasi sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

    06.09.2021, 22:16

    JCh—2022 yo‘lida. Germaniya, Angliya, Ispaniya va Belgiyada yirik hisobdagi g‘alaba, Italiya ochko yo‘qotdi

    06.09.2021, 02:51

    Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin to‘xtatildi. Politsiya 4 futbolchini olib ketishga urindi

    06.09.2021, 01:59

    Srechko Katanes Shvetsiyaga qarshi o‘yin haqida: “Ayrim kamchiliklar kuzatildi, biroq o‘yindan to‘liq qoniqdim”

    05.09.2021, 21:35

    Angliya futbolda bosh bilan beriladigan zarbalar sonini cheklamoqchi. Bu futbolchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazyapti

    05.09.2021, 20:34

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eldor Shomurodov gol urgan o‘yinda Shvetsiyaga yutqazib qo‘ydi

    05.09.2021, 20:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya AQSH prezidentiga tabiiy boyliklarini taklif qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 13 may, 13:29

    Jeyson Steytem va Rouzi Hantington-Uaytli farzandlari uchun AQSHni tark etdi

    Layfstayl | 13 may, 12:56

    Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilishni kamaytiradi

    Dunyo | 13 may, 12:53

    Vitor Reys Abduqodir Husanov haqida gapirdi

    Sport | 13 may, 12:41

    Meksika Google’ni ko‘rfaz nomini o‘zgartirgani uchun sudga berdi

    Dunyo | 13 may, 12:34

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 12:16

    Instagram: Kosmetika ishlab chiqarayotgan Munisa Rizayeva, Malika Ravshanova xonadonida xursandchilik, Yulduz Usmonova Shirin Abdullayevaga atab qo‘shiq kuyladi

    Shou-biznes | 13 may, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.