• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston prezidentligi sayloviga Alisher Qodirov nomzodi tasdiqlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov nomzodi syezd delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlandi. Bu haqda 26-avgust kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining VII qurultoyida ma’lum qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, qurultoyda Alisher Qodirov “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!” g‘oyasiga asosan 5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat saylovoldi dasturini e’lon qildi.

    Unga ko‘ra, dasturda asosiy e’tibor milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar negizida milliy tarbiya va ta’lim tizimini shakllantirishga qaratilgan. Xususan:

    • “Yangi avlod” davlat dasturi qabul qilinadi. Bola tug‘ilganidan to maktabni tugatgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan yagona tarbiya va ta’lim tizimi yaratiladi. Oila – bog‘cha – maktab bir tizimda birlashtiriladi.
    • Oliy ta’lim vazirligi tugatiladi. O‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Rektorlar kengashi tashkil etiladi. Oliygohlar o‘zini o‘zi boshqaradi va raqobatbardosh bo‘lish uchun kurashadi.
    • Parlamentda deputatni emas, partiyani kuchli qiladigan tizim yaratiladi. Vakillik organlariga saylovlarda mоjаritar va proporsional tizimlardan foydalaniladi. Mojaritar, proporsional saylov tizimini joriy qilish orqali partiyalarning parlamentdagi rolini kuchaytirishga erishiladi. Qonunchilik palatasidagi deputatlar soniga muvofiq, vazirliklar portfeli taqsimlanadi.
    • Sud-huquq tizimida islohotlar o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan jazoni o‘tab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslashishiga erishiladi.
    • Imtiyozlar va preferensiyalar istisnosiz qonun bilan belgilanadi. Iqtisodiyotda teng imkoniyatlar va teng sharoitlar bo‘lishiga erishiladi. Prezident qarorlari bilan imtiyozlar va preferensiyalar berishga chek qo‘yiladi. Ushbu masala istisnosiz qonun bilan tartibga solinadi.
    • “Islom dini – ma’rifat manbai” dasturi qabul qilinadi. Islomiy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari oshiriladi. Qur’on kurslari ommalashtiriladi. Dinshunoslik sohasida ilmiy ishlar rag‘batlantiriladi.
    • Qadriyatlarga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida milliy urf-odatlar, an’analar va xalqimizda shakllangan qadriyatlarga nisbatan hurmatsizlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
    • So‘z erkinligi va jamiyatni demokratlashtirish davom ettiriladi. OAV qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinadi. 50 ming ovoz jamlagan murojaat bo‘yicha Prezidentning OAVda shaxsan munosabat bildirishiga oid tizim yaratiladi.
    • Aliment fondi tashkil etiladi. 3 oy ichida to‘lanmagan alimentlar fond tomonidan to‘lanadi va aliment to‘lovchining ozodligini cheklash yoki mehnatga majburlash orqali qoplanadi.
    • Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish tezlashtiriladi. Markaziy Osiyo keng qamrovli integratsion hamkorlik maydoniga aylantiriladi. “Xorijdagi o‘zbeklar muloqot klubi” tashkil qilinadi.
    Eslatib o‘tamiz, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan partiya yetakchisi Alisher Qodirov  nomzodi 6-avgust kuni prezidentlik saylovida qatnashish uchun tavsiya qilingan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi o‘qituvchi va targ‘ibotchilar “Milliy tiklanish” DP tomonidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlashga doir imzo varaqasini uyma-uy yurib, to‘ldirishlari talab qilingani aytilgan xabar tarqalgandi. Alisher Qodirov bunga munosabat bildirib, Prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo yig‘ishda majburlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, yuqoridagi holat qaysi tumandagi qaysi maktabda sodir bo‘lgani aniqlanishi va bu tasdiqlansa, ushbu imzo varaqalari umumiy ro‘yxatdan chiqarib tashlanishini bildirdi.

    Ma’lumot uchun, Alisher Qodirov 1975-yilda tug‘ilgan. 1996-yilda Egey universitetini (Turkiya), 2009-yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan) va 2011-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

    2015-yildan beri deputatlik faoliyatini yuritayotgan Alisher Qodirov 2019-yilning may oyida partiya raisligiga saylangan. Unga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida mehnat qilgan.

    Mavzuga doir: “O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘olib bo‘lishni orzu qilyapman” — Alisher Qodirov

    26.08.2021, 13:16   Izoh (0)   19879
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 17 kunlik qizini 4 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

    26.08.2021, 13:12

    “O‘zgidromet” 27-avgustda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    26.08.2021, 12:48

    Surxondaryodagi maktabda o‘zaro janjallashgan o‘qituvchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    26.08.2021, 12:10

    “Hech qaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo‘qligi aniqlandi”. Toshkent shahar IIBB janjal ko‘targan qoidabuzar ayol videosiga munosabat bildirdi

    26.08.2021, 11:25

    Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlari 30-avgustdan boshlab soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi

    26.08.2021, 11:20

    Andijonda 2021-yilning o‘tgan 6 oyida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 49 kishi vafot etgani ma’lum qilindi

    26.08.2021, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.