• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tadbirkor dardi bilan yashamagan rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q” – Shavkat Mirziyoyev

    Tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan juda qattiq talab va choralar bo‘ladi. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida so‘z yuritildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bugun ilk bor mutlaqo yangicha formatda – ‘ochiq muloqot’ shaklida sizlar bilan yuzma-yuz uchrashib, biznes sohasidagi muammo va masalalar haqida, batafsil gaplashib olishga qaror qildik. Xabaringiz bor, kambag‘allikni qisqartirish, ‘mahallabay’ ishlab, joylarda o‘sish nuqtalarini aniqlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha, katta marralarni belgilab olganmiz.

    Bu borada, davlat idoralari va xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar, tadbirkorlar bilan har kuni yaqin hamkorlikda ishlashlari va ularga amaliy yordam ko‘rsatishlari shart. Bugungi muloqotga tayyorgarlik davrida, ko‘plab savol va takliflar tushgani sababli, murojaatlarning qabul muddatini 1-avgustdan 10-avgustga qadar, ya’ni 10 kunga uzaytirishga majbur bo‘ldik”, — deydi Prezident.

    Ta’kidlanishicha, tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq savol, taklif va tashabbuslar kelib tushgan, shu kungacha joylarda ularning ko‘pchiligi hal etilgan.

    “Ayniqsa, Andijon, Namangan va Surxondaryoda ishlar tizimli tashkil qilinib, tadbirkorlarimizning 90 foiz muammolari qisqa fursatlarda hal qilib berilgani, albatta, quvonarli hol. Qayerda muhit yaxshi bo‘lsa, hudud va tarmoq rahbarlari Prezident talabini to‘g‘ri tushungan bo‘lsa, o‘sha yerda ishlash uslubi, tadbirkorlarga munosabat o‘zgargan.

    Aksincha, tadbirkor dardi bilan yashamagan, ular ko‘targan muammolarning ichiga kirmasdan, ko‘mak bermagan rahbarlar faoliyatiga esa xalqimizning o‘zi baho beradi va bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin yo‘q va kelajakda ham shunday bo‘ladi.

    Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning ushbu murojaatlari, amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir. Shu bois, har bir vazirlik va idora rahbari, viloyat, tuman va shahar hokimlari kelib tushgan murojaatlarni o‘zlarining faoliyatiga baho deb bilishlari, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keskin o‘zgarishlar qilishlari zarur va shart.

    Tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan juda qattiq talab va choralar bo‘ladi”, deya ta’kidlagan davlat rahbari.

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani, O‘zbekiston Prezidenti bilan bo‘ladigan uchrashuvda tadbirkorlarning qaysi qatlami ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev nomidan yuzlab tadbirkorlarga minnatdorchilik xatlari topshirildi (foto)

    20.08.2021, 11:50   Izoh (0)   9506
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uch nafarining ahvoli o‘rta og‘ir”. Maktabgacha ta’lim vazirligi Oqqorg‘ondagi bog‘chada zaharlangan bolalar haqida ma’lumot berdi

    20.08.2021, 11:40

    “Keyingi 3-4 yilda ortiqcha tekshirishlar, to‘siq va g‘ovlarning ko‘piga barham berildi” – Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi

    20.08.2021, 11:31

    O‘zbek-afg‘on chegarasiga eltuvchi yo‘lda avtomobillar harakati yana jonlandi (video)

    20.08.2021, 11:15

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 8,8 mln kishidan oshdi

    20.08.2021, 10:45

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Ustyurtda uglevodorod qazib chiqarish borasidagi ishlar holatini o‘rgandi

    20.08.2021, 10:30

    O‘zbekistonda bir kunda 863 kishida koronavirus, 395 kishida pnevmoniya qayd etildi. To‘qqiz bemor vafot etdi

    20.08.2021, 10:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:45

    Tramp siyosati tufayli yil boshidan beri 1 millionga yaqin migrant AQShni tark etdi

    Dunyo | 19 iyun, 22:35

    Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:25

    Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:15

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    Dunyo | 19 iyun, 22:05

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.